Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#rektorlar_forumi

Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari forumi doirasida parallel seksiyalar boʻlib oʻtdi


Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari forumi doirasida Buxoro davlat texnika universitetida oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan parallel seksiyalar boʻlib oʻtdi.

Ularda muhandislik ta’limini rivojlantirish, universitet va sanoat integratsiyasini mustahkamlash, ta’lim sifati hamda boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tibbiy ta’lim, sport va pedagogikada innovatsion hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥3👏2
JDPU Xitoyning nufuzli universitet va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi

21-may kuni Sian shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi doirasida Jizzax davlat pedogogika universiteti, Xi’an International Studies University hamda Beijing Financial Street Education Investment o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik doirasida universitetda xitoy tili va madaniyati markazini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda Xitoy korxonalari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4
#munozara2026 #final

🗣Namanganda “Munozara” turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi!

🔹Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida o‘tkazilgan “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi final bosqichi ochilish marosimi tashkil etildi.

🏛 Marosimda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, NamDTU birinchi prorektori Ma’rufjon Qayumov hamda hamkor tashkilot mas’ullari so‘zga chiqib, ishtirokchi jamoalarga omad tiladilar.

Finalda ishtirok etgan jamoalar:
➡️Andijon davlat pedagogika institutining “Intellekt” jamoasi
➡️Buxoro davlat tibbiyot institutining “Genius” jamoasi
➡️O‘zbekiston milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi
➡️Guliston davlat universitetining “Aysberg” jamoasi
➡️Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi
➡️Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi
➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “Med-Lider” jamoasi
➡️Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi
➡️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi
➡️Namangan davlat universitetining “Namdu liderlari” jamoasi
➡️Qarshi davlat universitetining “Yuksalish” jamoasi
➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi
➡️Samarqand davlat universitetining “Tafakkur” jamoasi
➡️Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi
➡️Urganch davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi
➡️Fargʻona davlat universitetining “Everest” jamoasi
➡️Toshkent davlat agrar universitetining “Taraqqiyot” jamoasi
➡️Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi


Turnirning final bosqichida 18 ta jamoa qur’a tashlash orqali guruhlarga bo‘lindi va guruhda 1-2-o‘rinlarni egallaganlar chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Shu tariqa turnir olimpiada tizimi (yutgan davom ettiradi, yutkazgan turnirni tark etadi) bo‘yicha davom ettirilib, g‘oliblar aniqlandi.

☑️Turnirning yarim final bellashuvlarida “Taraqqiyot yoshlari” (O‘zMU) hamda “Elita” (TIQXMMI MTU) jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, finalda ishtirok etgan bo‘lsa, 3-o‘rin uchun bahs “Yuristlar” (TDYU) hamda “Pedagoglar” (UrDPI) jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bugun soat 11:30 da Namangan viloyatidagi Ma’naviyat maskanida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2
Toshkent davlat transport universiteti magistranti innovatsion loyihasini Prezidentga taqdim etdi

Toshkent davlat transport universiteti magistranti, Yoshlar akademiyasi a’zosi Oyshaxon Qodirova poytaxtimizda o‘tkazilgan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi doirasida o‘zining innovatsion loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bevosita taqdim etdi.

🌱 “Bionik ko‘chat ekish” nomli ushbu loyiha qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish va inson omiliga bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirishga xizmat qiladi. 🚜 Loyiha doirasida ishlab chiqilgan mini-traktor avtomatik rejimda yer tekislash, chuqur qazish, o‘g‘it solish, sug‘orish hamda ko‘chat ekish kabi bir nechta jarayonlarni bir vaqtning o‘zida bajaradi.

Qurilma xorijiy analoglarga nisbatan bir necha barobar arzon, ko‘chatlarning nobud bo‘lish xavfini kamaytiradi, ish samaradorligini 4–5 barobarga oshiradi, vaqt va mehnat resurslarini sezilarli tejaydi.

Prezidentga taqdimotdan so‘ng loyiha amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Umumiy qiymati 500 million so‘m bo‘lgan mazkur tashabbus tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazilib, kelgusida tijoratlashtirilishi rejalashtirilgan.

#TDTU #IlmFan #YoshlarYutuqlari

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏5👍3