Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Regbi-7 sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi”ning final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mezbonlik qilgan regbi-7 sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi, Talabalar sporti assosiatsiyasi hamda O‘zMU hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu nufuzli chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralanib olingan eng kuchli 24 ta jamoa (14 ta erkaklar va 10 ta ayollar jamoasi) bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Erkaklar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi
2-o‘rin: Namangan davlat pedagogika universiteti jamoasi
3-o‘rin: Urganch davlat pedagogika universiteti jamoasi

Ayollar jamoalari o‘rtasida:
1-o‘rin: Urganch davlat pedagogika universiteti jamoasi
2-o‘rin: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi
3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

#TalabalarLigasi #Final #Rugby7

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏1
Prezidentimiz yoshlarga katta ishonch bildirdi: Oʻzingizga ishonib, hamisha olgʻa boring!

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.


❗Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir.

Mamlakatimizda 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum sizlarga zamonaviy bilim, kasb va malaka berishga tayyor.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍6🔥2
⚡️ Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Abituriyentlar, ularning ota-onalari va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:

— bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
— o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.


Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 10-iyunga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati oliy ta’lim tashkilotlari rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉4❤2🔥2
❗❗❗❗
✴️Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi


📣 Test sinovlari test.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda (rasmda ro‘yxat👆) real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.

⏳ Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi:

1️⃣-smena — soat 08:30
2️⃣-smena — soat 10:30
3️⃣-smena — soat 12:30
4️⃣-smena — soat 14:30
5️⃣-smena — soat 16:30 boshlanadi.

📥 Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur:

🟢pasport yoki ID-karta;
🟢pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi).

💠Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

❗Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi.

⛳Test sinovlari oʻtkaziladigan joy 👉🏻 manzillari.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки научных кадров и повышению эффективности научной деятельности.

#Mirziyoyev #taqdimot #ilmfan #kadrlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍15❤11🤔1
TDTU va Zhejiang universiteti hamkorlikda sun’iy intellekt va raqamli muhandislik yo‘nalishlarida ilmiy loyihalarni amalga oshiradi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Zhejiang universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun, Zhejiang University Xitoyning TOP-3 universitetlari qatoriga kiradi hamda xalqaro reytinglarda dunyoning TOP-50 talik oliy ta’lim muassasalari safidan joy olgan.

Batafsil

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤3
#Talabalar_ligasi #Gandbol

“Talabalar ligasi” musobaqalarining gandbol bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi

21–24-may kunlari Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mamlakatning 14 ta hududidan jami 419 nafar sportchi-talaba va murabbiylar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
🥉 3-o‘rin — Urganch davlat universiteti

Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Urganch RANCH texnologiya universiteti
🥈 2-o‘rin — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
🥉 3-o‘rin — Termiz davlat universiteti


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👏3🎉1