Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Texnika yoʻnalishidagi oliygohlarda “Oʻzmetkombinat” filiallari tashkil etiladi

25-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti namoyish etilgan edi. Unda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, oliy taʼlim muassasalari hamda sanoat korxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.


Ana shu vazifalar ijrosi doirasida 26-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda “Oʻzmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi — Bosh direktori Bahodir Abdullayev oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ilmiy ishlanmalarni sanoatga keng joriy etish hamda raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/170467

#memorandum

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥8🤔3👍2
Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

2026-yil 26-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Kasbiy ta’lim agentligining mas’ul mutaxassislari ham qatnashdi.

Muloqot davomida 2026-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/171467

#OchiqMuloqot

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍7
Prezident O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti chet ellarda tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizni ham samimiy tabriklab, ularning barchasiga ezgu tilaklarini izhor etdi.

El-yurtimizni shunday qutlug‘ ayyomga tinchlik-omonlikda va hamjihatlikda yetkazgani uchun Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!

Ilohim, Yaratgan parvardigor el-yurtimizni o‘z panohida asrasin!

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍15
#Qonunchilik_yangiliklari

2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.


Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari uchun ilgʻor yechimlarni yarata oladigan yangi avlod ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kengashlar faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, izlanuvchilarni tayyorlashda ustuvorlik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiniga qaratilgan.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi:
☑️ raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, maʼlumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish;
☑️ atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan, vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari;
☑️ agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urugʻchilik, seleksiya,
gen texnologiyalari;
☑️ tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan, biomeditsina, genetika, farmatsevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarning oldini olish;
 ☑️ suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni taʼminlash, jumladan, choʻllanishning oldini olish va iqlim oʻzgarishiga moslashish;
☑️ yangi materiallar va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalari,
shu jumladan, nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar;
☑️ seysmik xavfsizlikni taʼminlash.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤10🤔2🎉1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari

Farmonga koʻra:

☑️2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktorantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashda:


➡️    doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga ajratiladi;
➡️differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya toʻlanadi;
➡️ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur boʻladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ doktorant tahsil olayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotga yoʻnaltiriladi;
➡️tayanch doktorantura bosqichining birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili kabi fanlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
  
☑️Ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Bunda taqdimotga qoʻyiladigan talablar oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi.

☑️Ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmogʻida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega boʻlish talabi joriy etiladi.

☑️Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgorni mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi.

☑️ 2027-yil uchun qabuldan boshlab ilmiy rahbarlik (maslahatchilik) uchun oylik toʻlov oʻrniga tayanch doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va oʻz vaqtida himoya qilgan doktorant uchun
bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlov toʻlanadi. Bunda:
➡️   Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan kam boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining
40 baravarigacha miqdorida;
➡️   Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan yuqori boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha miqdorida toʻlanadi.

Bizni kuzatin

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤12🤔3
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari

Farmonga koʻra, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashda loyihaviy yondashuv joriy etiladi:


☑️ Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olishni nazarda tutuvchi “Loyiha doirasida ilmiy daraja” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

☑️Dastur doirasida ilmiy loyihalarni amalga oshirishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:
➡️    Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ustuvor ilmiy ixtisosliklar boʻyicha muddati uch yildan koʻp boʻlmagan tadqiqot loyihalari uchun har yili bir marta tanlov eʼlon qilinadi;
➡️   tadqiqot loyihasida ishtirok etuvchi doktorant loyiha rahbari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi hamda loyiha rahbari bir vaqtning oʻzida doktorantning ilmiy rahbari hisoblanadi;
➡️   doktorant tadqiqot loyihasi bajarilayotgan tashkilotning izlanuvchisi hisoblanadi va unga tayanch doktorantura uchun belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
➡️    tadqiqot loyihasi davrida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan tadqiqotchi loyihasining ilmiy hisoboti ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
➡️   Dastur ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
➡️   Dastur doirasida tayyorlanadigan doktorantlar soni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktoranturaga har yili ajratiladigan qabul kvotasini shakllantirishda hisobga olinmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤5🔥3🤔1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari

Farmonga muvofiq ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartiblar bekor qilinadi:

➡️  chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;
➡️   Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini roʻyxatdan oʻtkazish va dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berish;
➡️   dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan oʻtkazish;
➡️  ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilish;
➡️   dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
➡️   dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi toʻgʻrisida xulosa olish;
➡️  Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazish;
➡️   himoya qilingan dissertatsiya boʻyicha ilmiy kengash qarorini
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash
;
➡️  taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish. Bunda ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjat uning Oʻzbekistondagi faoliyati davomida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.

📱2027-yil 1-yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini oʻtkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤11🔥5👏4🤔1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari

2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy etiladi.

Bunda:


☑️ ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan dissertatsiyalar tanlov asosida mustaqil, jumladan xorijiy mutaxassislarning ekspertizasidan oʻtkazilib, reyting natijalarida aks ettiriladi;

☑️ reyting Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yagona avtomatlashtirilgan elektron axborot portalida reyting mezonlari va baholash natijalarini aks ettirgan holda internet tarmogʻi orqali barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq holda yuritiladi;

☑️ reyting natijalariga koʻra samaradorligi past boʻlgan ilmiy kengashlarga nisbatan Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi choralar qoʻllanadi:
➡️ ilmiy kengashning raisi va kotibini muayyan muddatga ilmiy kengashlar faoliyatidan chetlashtirish;
➡️ ilmiy kengash faoliyatini tugatish;
➡️ oliy taʼlim va ilmiy tashkilotda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy kengash tashkil etishni muayyan muddatga cheklash;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan ilmiy ishlarni tanlov asosida tekshirish
va asoslarni koʻrsatgan holda ularning qarorini bekor qilish vakolati beriladi.

📱 Ilmiy kengashlar dissertatsiyalar ekspertizasining xolis va sifatli oʻtkazilishi, ilmiy ishlarda koʻchirmachilikni aniqlash hamda qabul qilgan qarorlarining asosliligiga masʼul etib belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤6🔥3🤔2👏1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari

⭐️Tadqiqot jarayonlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish tartibi oʻrnatiladi.

 
Unga koʻra:

☑️ oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda ilmiy darajali kadrlarni sanoat hamkorlari bilan birgalikda tayyorlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturi amalga oshiriladi, bunda:
   ➡️ dissertatsiya mavzusi sanoat hamkorining talabidan kelib chiqib belgilanadi hamda doktorantga tadqiqot mavzusiga mos boʻlgan ilmiy va amaliy rahbarlar biriktiriladi;
   ➡️“Amaliy doktorantura (PhD)” dasturiga izlanuvchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan unga ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tayanch doktorantura qabul kvotasini mustaqil qayta yoʻnaltirish orqali qabul qilinadi;
   ➡️doktoranturaga kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi sanoat hamkori bilan kelishilgan holda oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan belgilanadi;
   ➡️tadqiqot loyihasi sanoat hamkori bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi. Bunda oliy taʼlim va ilmiy tashkilotning majburiyatlari Davlat byudjetidan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;

☑️ yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik subyektlarining foyda soligʻi bazasi ularning ilmiy loyihalarni sanoat hamkori sifatida moliyalashtirishga sarflagan mablagʻlarini 150 foiz miqdorda chegirgan holda aniqlanadi;

☑️ ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida yaratilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foyda ushbu realizatsiya boshlangan kundan boshlab uch yil davomida foyda soligʻidan ozod etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥5
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari

Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridan Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkaziladi.

Endilikda:


☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi oliy malakali ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organ hisoblanadi;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlaydi;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasiga faqat tashkiliy-boshqaruv jihatidan boʻysunadi, oʻziga yuklangan vazifalarni kollegiallik asosida Fanlar akademiyasidan toʻliq mustaqil holda amalga oshiradi;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasining tuzilmasi Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Fanlar akademiyasi prezidenti tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga belgilangan tartibda tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:
  ➡️ Oliy attestatsiya komissiyasi raisi 5 yil muddatga tayinlanadi;
  ➡️ ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq raislik lavozimiga tayinlanishi mumkin emas;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, bunda har 2 yilda Rayosat aʼzolarining uchdan bir qismi va 6 yilda Rayosat tarkibi toʻliq yangilanadi, Rayosatga rahbarlik qiluvchi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bundan mustasno;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglashtiriladi;

☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga tenglashtiriladi.

📱 2026-yil 1-avgustga qadar barcha dissertatsiya himoyasi jarayonlari, jumladan, ilmiy ish va avtoreferatni taqdim etish, retsenzent va opponentlar fikrlarini yuborish, himoya jarayonlarini rejalashtirish va ilmiy ishni baholash jarayonlari yagona onlayn tizim orqali amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍5🤔2😁1😱1
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ilm-fan sohasi vakillari va aziz yoshlar!

Sizlarni mo‘tabar bayram — Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Bu muqaddas ayyom har bir yurtdoshimizning qalbida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlab, jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlaydi.

Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, ilm-fan va innovatsion taraqqiyotga qaratilgan yuksak e’tibor, ayniqsa, yosh avlodga yaratib berilayotgan imkoniyatlar yurtimiz kelajagi porloq bo‘lishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Ushbu ezgu jarayonda siz, aziz ustozlar, olimlar va talaba-yoshlarning hissasi beqiyosdir.

Qurbon hayiti barchamizning xonadonimizga tinchlik, fayz-u baraka, sog‘lik-salomatlik va baxt-saodat olib kirsin.

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤38🔥12🥰6👍3😁2