KVOTA_2026_IM.pdf
373.2 KB
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotalari
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida.
Unga ko‘ra, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktabga jami 200 ta kvota ajratildi.
Hujjatlarni qabul qilish muddatlari va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
#Qabul2026 #IxtisoslashtirilganMaktab
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4🔥1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot hamkori “O‘zbekiston talabasi” jurnalining aprel sonini mutolaa uchun taqdim etamiz.
Batafsil...
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mazkur sondan:
— "Kelajak muhandislari": Festivalda nimalarni ko‘rdik?
— Ko‘rinmaydigan yolg‘izlik
— Yangi olamni kashf etib
— Yashirin tahdid: "Sizga pul kerakmi?"
— Iskandar Soliyev: "Shahar odamlar uchun quriladi!"
— Mudroq va uyg‘oq zamonlar
— Toshkent davlat agrar universiteti: Mutaxassislarning yangi avlodini qarshi oling!
— Ayol rangi
— Hissiyotlar laboratoriyasi
— "Barcha tentaklar unga qarshi kurashadi..."
— Koinot eshiklari ochilgan kun
— Muhammad Sharif: Jazo
— Трагедия духа в мещанском болоте: одиночество творца перед лицом системы
— Tinch yashasak bo‘lmaydimi?
va boshqa maqolalar o‘rin olgan.
Batafsil...
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍4👏2🔥1🎉1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy va kasbiy taʼlim hamda ilm-fan sohasida korrupsiyaning oldini olish: ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati” mavzusida jamoatchilik eshituvi va ochiq muloqot tashkil etiladi.
Ochiq muloqot davomida oliy va kasbiy ta’lim hamda ilm-fan sohasida korrupsiyaning oldini olish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, davlat buyurtmasi asosida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda vazirlik tizimidagi mas’ul rahbar va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.
Jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
#Qonunchilik_yangiliklari
Prezident tomonidan “Samarqand viloyatidagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 26-maydagi PQ-209-son qaror imzolandi. Unga ko‘ra:
♻️ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universiteti tashkil etiladi;
♻️ Samarqand davlat universitetiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qo‘shib olinadi;
♻️ Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filiali qo‘shib olinadi hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
♻️ Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali qo‘shib olinadi.
❔ Talabalar o‘qishini qayerda davom ettiradi?
⚫️ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining talabalari o‘qishini Samarqand davlat texnika universitetida;
⚫️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakultetining talabalari o‘qishini Samarqand davlat universitetida;
⚫️ Samarqand davlat universiteti Urgut filialining Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti talabalari o‘qishini Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakultetida;
⚫️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining talabalari o‘qishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutida davom ettiradi hamda belgilangan tartibda o‘qish yakuni bo‘yicha ularga mazkur oliy ta’lim tashkilotlarining diplomi beriladi.
⚫️ Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakultetining 2025/2026 o‘quv yilida tahsil olayotgan talabalariga o‘qishni tugatguniga qadar Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti binosida ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗ Samarqanddagi bir nechta oliygohlar qayta tashkil etiladi
Prezident tomonidan “Samarqand viloyatidagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 26-maydagi PQ-209-son qaror imzolandi. Unga ko‘ra:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍3🤔1
Bokuda “Study in Uzbekistan” ko‘rgazmasi: O‘zbekiston oliy ta’limining imkoniyatlari keng namoyish etildi
Mazkur xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi O‘zbekiston oliygohlarining xorijdagi targ‘ibot faoliyatini kuchaytirish, Ozarbayjon yoshlari orasida mamlakatimiz oliy talim tizimiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida o‘tkazildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/171341
#xalqaro_hamkorlik
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2026-yil 23–24-may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlar markazi tomonidan “Study in Uzbekistan” loyihasi doirasida “O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarining III ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Mazkur xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi O‘zbekiston oliygohlarining xorijdagi targ‘ibot faoliyatini kuchaytirish, Ozarbayjon yoshlari orasida mamlakatimiz oliy talim tizimiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida o‘tkazildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/171341
#xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Time.gif
2.6 MB
🥇 1-o‘rin – Noutbuk
🥈 2-o‘rin – Planshet
🥉 3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi
Tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida 3 tadan g‘olib aniqlanadi.
Tanlovning birinchi bosqichi uchun tadqiqot ishlarini qabul qilish 2026-yil 1-iyulgacha davom etadi.
🔗 Manba: https://socialpolicylab.uz/uz/news/41
Tanlov haqida bu yerda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4
#Xorijiy_amaliyot
O‘zbekiston talabalari Belarusdagi yirik sanoat korxonasida amaliyot o‘tamoqda
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Belarus Respublikasining Minsk traktor zavodi (MTZ) o‘rtasida imzolangan memorandum hamda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 20 nafar talabasi 3 oylik ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun Belarus Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/171343

👍11❤8😁3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi 10 ta oliygoh rektori har bir talaba bilan ishlab, ularning shaxsiy brendini yaratish, ijodiy mahsulotini sotish, hamkor topishga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir talabaga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda ustoz ijodkorlar yoshlarni o‘zining konsert, teatr va tomoshalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratib, ularni katta sahnada tayyorlab boradi.
Buning uchun ushbu ustozlarga oliygoh professor-o‘qituvchisiga teng miqdorda haq to‘lanadi. Taniqli ijodkorlar oliygohda dars beradigan bo‘lsa, oyligiga 50 foiz ustama to‘lanadi.
Yangi o‘quv yilidan ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya”, “Loyihalarni tijoratlashtirish” singari zamonaviy mavzular kiritiladi. Kinoindustriya, moda va dizayn, madaniyat menejmenti kabi yo‘nalishlarda xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis-o‘qituvchi olib kelinadi.
Talabalarning startap loyihalari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m beriladi.
Hozir madaniyat va san’at sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha yaxlit tizim yo‘qligi bois, Konservatoriya huzuridagi markaz hamda San’at va madaniyat institutidagi markaz negizida Madaniyat vazirligida soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil qilinadi.
Ayni paytda davlatimiz rahbari uchrashuvda ishtirok etayotgan soha namoyandalari bilan muloqot qilmoqda.

❤21🔥5👍3🤔2
#Olimlar_minbari
#11-17.05.2026
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Intellektual salohiyat va global integratsiya uyg‘unligi” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;
“Farg‘ona – iqtisodiy va ma’naviy yuksalish namunasi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“Innovatsion ishlanmalar yoxud Xorazmning barqaror energetik mustaqilligiga erishishiga yo‘naltirilgan loyiha” — Feruza MADRAHIMOVA, Urganch davlat universiteti rektori;
“Ta’lim sifati va qamrovini oshirish inson kapitalini rivojlantirishning strategik asosi” — Qahramon SOBIROV, Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori;
“Mardlik, mukofot, e’tirof” — Diyorjon ABDULLAYEV, Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor;
«Вернулись с войны и посвятили жизнь науке» — Гульнора МАНСУРОВА, профессор Ташкентского университета информационных технологий;
“Biz yo‘lga chiqdik” — Abduxalil MAVRULOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;
“Kelajak bunyodkorlari uchun yangi imkoniyatlar” — Eldor TANGIROV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori;
«Эра ИИ: почему узкой специализации уже недостаточно» — Нозлия НОРМУРОДОВА, проректор Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы, профессор;
“Yangi investitsiyalarning muhim mezoni” — Go‘zal XONKELDIYEVA, Farg‘ona davlat universiteti dekani;
«История, которая объединяет поколения» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Ташкентского государственного экономического университета;
«Молодежь меняет будущее» — Малика КАМАЛОВА, заведующий кафедрой Ташкентского государственного экономического университета, кандидат педагогических наук;

❤6👍1