Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

QarDUda taʼlim va amaliyotni birlashtirgan maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi

Qarshi davlat universiteti tasarrufida zamonaviy “UniKids” maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Qarshi shahrida joylashgan 240 o‘rinli ta’lim muassasasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” standarti hamda “Ilk qadam” davlat dasturi asosida zamonaviy o‘quv-metodik vositalar va axborot texnologiyalari bilan jihozlandi. Muassasada 3–7 yoshli bolalarga o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim-tarbiya beriladi.


Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17🔥9👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GiyohvandlikkaQarshi

Bir lahzalik huzur uchun butun umrni qurbon qilmang.

Bugun qayting, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

📸 Manba

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤6🔥3👏1
“TasIMO–2026” finalida O‘zbekistonning intellektual salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” majmuasida “TasIMO–2026” Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Xalqaro miqyosdagi mazkur nufuzli loyiha Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF, AQSHning Rowan University hamda Finlyandiyaning Karelia University hamkorligida amalga oshirildi.

📌 Batafsil — saytda...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5😁2
#Qonunchilik_yangiliklari

❗ Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

 
💠Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror (PQ–210-son, 01.06.2026-y.) imzolandi.
 
📝 Qarorga ko‘ra, “Aloqabank” AT tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmaganlarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz to‘lovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi:
 
☑️ sug‘urta polisi ta’minoti yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar bo‘yicha ajratish:
 
➡️ yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi bo‘yicha o‘qish xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mln so‘mgacha;
 
➡️ zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) do‘konlar tashkil etish va o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun – 50 mln so‘mgacha;
 
➡️ kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun – 50 mln so‘mgacha;
 
➡️ novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalariga – 100 mln so‘mgacha.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13
Linguaskill bo‘yicha vebinarda qatnashing!

2026-yil 3-iyun kuni soat 16:00 da Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tashkil etilayotgan Linguaskill vebinariga taklif etamiz.

Vebinar davomida Cambridge tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt asosidagi onlayn ingliz tili baholash tizimi – Linguaskill haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Mazkur tizim maktablar, oliy ta’lim tashkilotlari hamda ish beruvchilar uchun tezkor, moslashuvchan va ishonchli tilni bilish darajasini baholash imkoniyatlarini taqdim etadi.

Vebinar ishtirokchilari quyidagi masalalar bo‘yicha amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar:
✅ raqamli baholashning zamonaviy yondashuvlari;
✅CEFR xalqaro standartlariga mos natijalarni talqin qilish;
✅ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni saralash, bosqichma-bosqich rivojlantirish va sertifikatlash jarayonlarida samarali qarorlar qabul qilish imkoniyatlari.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://bit.ly/4wgvHbM

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegrame
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7