Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Buxoro davlat texnika universitetida dual ta’limdagi talabalar safi yana kengaymoqda

Buxoro shahrida o‘z faoliyatini boshlagan zamonaviy “Poykent Bukhara old city” mehmonxonasida Buxoro davlat texnika universiteti Turizm va mehmondo'stlik yo'nalishining 87 nafar talabasi dual ta’lim asosida ish faoliyatini boshladi.

Talabalar o‘qish bilan bir qatorda amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lib, ular 3 mahal bepul ovqat, bepul yotoqxona hamda oyiga 2–3 million so‘m miqdoridagi maosh bilan ta’minlanmoqda.

Ta’kidlash joizki, Buxoro davlat texnika universiteti dual ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish borasida respublikamizdagi eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet tomonidan ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasida talabalar o‘qish davridayoq ish tajribasiga ega bo‘lib, munosib daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.


Dual ta’lim tizimi talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassis sifatida shakllanish imkonini bermoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤10👍4🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🏆Jahon chempionati sari olg‘a, O‘zbekiston!

⭕️Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini katta ishonch va g‘urur bilan qo‘llab-quvvatlashmoqda.

🇺🇿 “Biz siz bilanmiz!” — degan shior ostida o‘tkazilgan qo‘llab-quvvatlash aksiyasi barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.

⭕️ Oldinda katta sinovlar, ammo ishonamiz — g‘alaba biz tomonda!


🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz siz bilan faxrlanamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3🥰3👍2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_muvaffaqiyati

Farg‘onalik talaba yaratgan platforma dunyoning 226 mamlakatiga yetib bordi

Farg‘ona davlat texnika universiteti
4-bosqich talabasi Qobiljon Boltaboyev akasining oddiy bir taklifini global loyihaga aylantirdi. Bugun uning EduGames.uz platformasidan nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning 226 ta nuqtasida ham foydalanilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏21❤6🔥6👍5
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

“Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichi musobaqalariga start berildi

Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi boshlandi.

Musobaqalarning dastlabki bosqichlarida respublika bo‘ylab 170 ta oliy ta’lim muassasasidan 154 ming nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Hududiy bosqichlarda qariyb 10 ming nafar talaba qatnashgan bo‘lsa, final bahslarida mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan 2 ming nafardan ortiq eng kuchli sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/173956

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍6😁1
🇺🇿 Juma — milliy liboslar kuni

Bu an‘ana respublikamizdagi barcha oliy ta‘lim muassasalarini qamrab olgan. Professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar milliy qadriyatlar va liboslarimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromlarini namoyon etib kelmoqdalar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🥰2👍1