#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi
🏅 “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” Respublika final bosqichi bahslari qizg‘in tarzda davom etmoqda
Musobaqalar doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tgan futbol sport turi bo'yicha yarim final bahsida quyidagi natija qayd etildi:
⚽️ Jizzax davlat pedagogika universiteti — 4 : 2 — Buxoro davlat pedagogika instituti
Murosasiz kechgan uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
✅ “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi shiddatli musobaqalar jarayonlari, natijalar va yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏅 “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” Respublika final bosqichi bahslari qizg‘in tarzda davom etmoqda
Musobaqalar doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tgan futbol sport turi bo'yicha yarim final bahsida quyidagi natija qayd etildi:
Murosasiz kechgan uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi #Voleybol
“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”da hal qiluvchi bahslar boshlandi
8-iyun kuni “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqalarining hal qiluvchi uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan ayollar va erkaklar oʻrtasida uchinchi oʻrin hamda chempionlik uchun bahslar oʻrin olgan.
Ayni paytda ayollar oʻrtasida uchinchi oʻrin uchun bahs boʻlib oʻtmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida esa erkaklar jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi bahslar tashkil etiladi.
Mazkur sport uchrashuvlari poytaxtimizning Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtmoqda. Sport muxlislari va talabalar jamoalarni qoʻllab-quvvatlash uchun final bahslariga taklif etiladi.

Unda Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi Jizzax davlat pedagogika universiteti vakilalariga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, kunning birinchi yarmida ayollar oʻrtasidagi final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda Buxoro davlat universiteti hamda Urganch davlat universiteti jamoalari musobaqaning bosh sovrini uchun kurash olib boradi.
Kunning ikkinchi yarmida esa erkaklar jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi bahslar tashkil etiladi.
Uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat universiteti jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.
Musobaqaning eng kutilgan uchrashuvlaridan biri — erkaklar oʻrtasidagi final bahsi soat 17:30 da start oladi. Unda Namangan davlat universiteti hamda Samarqand davlat pedagogika instituti jamoalari chempionlik uchun maydonga chiqadi.
Mazkur sport uchrashuvlari poytaxtimizning Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtmoqda. Sport muxlislari va talabalar jamoalarni qoʻllab-quvvatlash uchun final bahslariga taklif etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥10❤7👏5🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (1-6-iyun)
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4❤1
#IjtimoiyLoyihaTanlovi
DIQQAT, TANLOV!
📨 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish yoʻnalishida mavjud dolzarb ijtimoiy muammolarni innovatsion usullarda hal qilishga qaratilgan loyihalar boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini eʼlon qiladi.
📢 Ijtimoiy loyiha Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani “Navkat”, shuningdek yondosh mahallalarning aholisini, jumladan ishsiz, kambagʻal, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholisini aʼzo sifatida qamrab oluvchi innovatsion kooperativni (kooperativ inkubator) tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-innovatsion loyihalar uchun beriladi.
☑️ Bunda, kooperativlar bir vaqtning o‘zida quyidagi talablarga javob berishi talab etiladi:
🟢 aʼzolariga oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishdan tortib muvaffaqiyatli tadbirkor darajasiga yetishishida moddiy, huquqiy, oʻquv-uslubiy va tashkiliy jihatdan koʻmaklashishi;
🟢 hudud aholisi va yoshlari uchun zamonaviy taʼlim imkoniyatlarini (oʻquv va kasbiy-hunar kurslarini) taqdim etishi;
🟢 hudud aholisining iqtisodiy, ijtimoiy faolligi va jamiyat hayotidagi ishtirokini oshirishishi hamda ular orasida jamoaviy biznes yuritish madaniyatini shakllantirishi;
🟢 yangi ish oʻrinlarini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish orqali aholining daromadlarini va farovonligini oshirishga xizmat qilishi.
‼️ Tanlovda ishtirok etish shartlari:
♻️ davlat roʻyxatidan oʻtgan NNT yoki fuqarolik jamiyati instituti maqomiga ega boʻlish;
♻️ taklif etilayotgan loyiha yoʻnalishi boʻyicha yetarli amaliy tajribaga va mutaxassislarga ega boʻlish;
♻️ soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorlik mavjud emasligi.
Taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar:
1. Tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
2. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
3. Loyihaning batafsil tavsifi (maqsadi, vazifalari, kutilayotgan aniq natijalar va xarajatlar smetasi);
4. Loyihani birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan hamkor tashkilotlar (davlat idoralari, tadbirkorlar) bilan tuzilgan memorandum yoki kafolat xatlari.
📆 Tanlov uchun loyihalar ariza namunasi asosida 2026-yil 23-iyunga qadar taqdim etiladi.
📝 Batafsil tanlov nizomida.
📥 Hujjatlar elektron (PDF) shaklda quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:
ijtimoiy-loyiha@edu.uz
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99855-520-08-08 (110)
Jamiyatdagi ogʻriqli muammolarga innovatsion va zamonaviy yechimlar izlayotgan barcha tashabbuskor tashkilotlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
DIQQAT, TANLOV!
❗ Ijtimoiy-innovatsion loyihalar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi eʼlon qilinadi!
Taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar:
1. Tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
2. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
3. Loyihaning batafsil tavsifi (maqsadi, vazifalari, kutilayotgan aniq natijalar va xarajatlar smetasi);
4. Loyihani birgalikda amalga oshirish rejalashtirilgan hamkor tashkilotlar (davlat idoralari, tadbirkorlar) bilan tuzilgan memorandum yoki kafolat xatlari.
ijtimoiy-loyiha@edu.uz
Jamiyatdagi ogʻriqli muammolarga innovatsion va zamonaviy yechimlar izlayotgan barcha tashabbuskor tashkilotlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍5
#soʻrovnoma
❔ Xorijiy top-500 universitet bitiruvchisimisiz va hozirda NNT sohasida faoliyat yuritayapsizmi?
☑️ O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarni tamomlab, mamlakatimiz nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlayotgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
➡️ Shu munosabat bilan Sizni qisqa (1 daqiqalik) so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.
♻️ Agar Siz mazkur toifaga kirsangiz, quyidagi havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring.
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScsKafYV6UrVajkXaau5XFCJvvLhqH5FL94gOr9tmyJOvOvZQ/viewform?usp=dialog
Sizning ishtirokingiz muhim tashabbuslarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Befarq bo‘lmang, fikringizni bildiring!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScsKafYV6UrVajkXaau5XFCJvvLhqH5FL94gOr9tmyJOvOvZQ/viewform?usp=dialog
Sizning ishtirokingiz muhim tashabbuslarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Befarq bo‘lmang, fikringizni bildiring!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍4🤔3🤩2
#tadqiqotdan_amaliyotga
Foydali hasharotlar hosilni himoya qilmoqda: BuxDU ishlanmasi amaliyotda
Buxoro davlat universiteti olimlari va iqtidorli yosh tadqiqotchilari tomonidan “Agrobiohimoya” laboratoriyasida yetishtirilgan foydali entomofaglar “Buxoro Varnet” MChJ korxonasi issiqxonalarida amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etildi.
Mazkur laboratoriya to‘liq universitetning innovatsion jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Yosh olimlar tomonidan ko‘paytirilgan foydali hasharotlar (entomofaglar) xo‘jalik shartnomasi asosida sanoat usulidagi issiqxonalarda qo‘llanila boshlandi. Bu texnologiya zaharli kimyoviy vositalardan foydalanishni qisqartirish, agroekotizimni asrash va eksportbop, ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonini beradi.
Batafsil
👉 На русском
👉 In English

❤20😁15👍13🎉11👏1