Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🏅 “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” g‘oliblari taqdirlandi

Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, barcha toifadagi oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi umumjamoa hisobida Farg‘ona davlat universiteti 7 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza, jami 18 ta medal bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni Urganch davlat universiteti (7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medal), uchinchi o‘rinni esa Qoraqalpoq davlat universiteti (4 ta oltin va 3 ta kumush medal) egalladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/175715

👉На руcском
👉In English

#Talabalar_olimpiadasi #Taqdirlash

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥1
#TalabalarOlimpiadasi #Taqdirlash

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi va g‘oliblarni taqdirlash jarayonidan fotolavhalar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#10Savolga_10Javob

❓SAVOL: Prezident tomonidan imzolangan “Samarqand viloyatidagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq qayta tashkil etilgan oliygohlar talabalari o‘qishini qayerda davom ettiradi?

✅ JAVOB:


♻️ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining talabalari o‘qishini Samarqand davlat texnika universitetida;

♻️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakultetining talabalari o‘qishini Samarqand davlat universitetida;

♻️ Samarqand davlat universiteti Urgut filialining Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti talabalari o‘qishini Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakultetida;

♻️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining talabalari o‘qishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutida davom ettiradi hamda belgilangan tartibda o‘qish yakuni bo‘yicha ularga mazkur oliy ta’lim tashkilotlarining diplomi beriladi.

♻️ Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakultetining 2025/2026 o‘quv yilida tahsil olayotgan talabalariga o‘qishni tugatguniga qadar Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti binosida ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
10-iyun kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/175767

#Avtomobilsiz_kun

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤3🔥1😁1🤔1
#Barkamol_avlod #Taqdirlash

“Barkamol avlod” sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi


“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning yopilish marosimidan so‘ng akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2025-yil noyabr – 2026-yil may oylarida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalar dzyudo, badminton, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, belbog‘li kurash, shaxmat-shashka, voleybol, basketbol, stol tennisi, streetball, street workout, futbol va gandbol kabi jami 16 ta sport turi bo‘yicha tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent shahri, 2-o‘rinni Buxoro viloyati, 3-o‘rinni esa Xorazm viloyati jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5