Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tadqiqotdan_amaliyotga

Orolning qurigan tubidagi oʻsimliklarning yashovchanligini oshiruvchi biopreparatlar yaratildi


OʻzMU Jizzax filiali professori Sayyora Murodova rahbarligida Orol dengizining qurigan tubidagi oʻta shoʻr tuproqlarda oʻsimliklar hayotchanligini oshirishga qaratilgan amaliy loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyihada professor-oʻqituvchilar bilan bir qatorda iqtidorli talabalar ham faol ishtirok etmoqda.

Tadqiqot davomida hududning shoʻr tuproqlaridan 1000 dan ortiq mikroorganizm namunalari ajratib olinib, eng samarali 100 tasi asosida maxsus mikrobiologik kolleksiya yaratildi.

Ular negizida ishlab chiqilgan “Zamin-M” va “Rizotoʻplam” biopreparatlari Orolboʻyi sharoitida oʻsimlik urugʻlarining unuvchanligi va chidamliligini oshirishda yuqori samara koʻrsatmoqda.


Mazkur ilmiy ishlanma Orolboʻyida ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilish bilan birga, talabalarning ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishi va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash uchun ham muhim maydon vazifasini oʻtamoqda.
 
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7🔥1👏1🎉1
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariya hunarmandchilik palatasi faoliyatini oʻrgandi

Oʻzbekiston Respublikasi texnika oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Myunxen va Yuqori Bavariya Hunarmandchilik palatasining (Handwerkskammer für München und Oberbayern) Oʻquv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Myunxen va Yuqori Bavariya Hunarmandchilik palatasi (Handwerkskammer für München und Oberbayern) Germaniyadagi eng yirik hunarmandchilik palatalaridan biri hisoblanadi. Palata tarkibiga 80 mingdan ortiq hunarmandchilik va kichik biznes subyektlari aʼzo boʻlib, ularning faoliyatida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi.


Palata tomonidan har yili 30 mingdan ortiq oʻquvchi va mutaxassislar uchun kasbiy taʼlim hamda malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi. Oʻquv markazi avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish, yogʻochga ishlov berish, metallga ishlov berish, sanitariya va energiya texnologiyalari kabi 30 dan ortiq yoʻnalishlarda amaliy mashgʻulotlar olib borish imkoniyatiga ega.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176826

#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤6👏3🎉1
Jizzax politexnika institutida ta’lim, innovatsiya va yoshlar masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirokida ta’lim, innovatsiyalar va yoshlar salohiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi va Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishilib, talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, dual ta’lim tizimining afzalliklari hamda yoshlarning ilmiy va innovatsion loyihalari namoyish etildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan startap tashabbuslar, yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi va muhandislik maktabining iqtidorli talabalari rag‘batlantirildi.


Shuningdek, mahallalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish hamda oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish masalalariga yuzasidan o‘quv-seminar ham tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176597

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4🔥1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“TalabaExpo–2026”: Namanganda 10 mingga yaqin bitiruvchini jamlagan yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda


Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

Turon xalqaro universitetida o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining 10 mingga yaqin bitiruvchi-talabalari qatnashmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 2000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar taqdimotlari taklif etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/176833

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2026 #Namangan #Bandlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1