TESVOLT kompaniyasining dual taʼlim tajribasi oʻrganildi
Xizmat safari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Germaniyaning energiya saqlash tizimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TESVOLT kompaniyasining Vittenberg shahridagi ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi. Tashrifda kompaniyaning dual taʼlim sohasidagi muhim hamkori hisoblangan Anhalt University of Applied Sciences bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik modeli va kadrlar tayyorlash tajribasi oʻrganildi.
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178224
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Uchrashuvda TESVOLT kompaniyasi rahbariyati tomonidan mahalliy kasb-hunar maktablari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dual taʼlim dasturlari haqida maʼlumot berildi. Xususan, taʼlim jarayonida nazariy bilimlarni ishlab chiqarishdagi amaliy mashgʻulotlar bilan uygʻunlashtirish, talabalar uchun mentorlik tizimini yoʻlga qoʻyish, ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va korxona ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlash mexanizmlari taqdim etildi.Muzokaralar chogʻida TESVOLT kompaniyasi va Anhalt University of Applied Sciences oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik tajribasiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilganidek, mazkur hamkorlik doirasida talabalar universitetda nazariy bilimlarni oʻzlashtirish bilan bir vaqtning oʻzida kompaniyada amaliy faoliyat olib boradi. Bu esa bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, talabalar va oʻquvchilarning ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishi, kompaniya mutaxassislari rahbarligida amaliy koʻnikmalarni egallashi, taʼlim muassasalari va sanoat korxonalari oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yondashuv yoshlarning bandligini taʼminlash va zamonaviy iqtisodiyot uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178224
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤11😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak soati” loyihasida info-serial:
“Men abituriyentman”
Gulruxsor bu yil abituriyent. U akasi bilan birgalikda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari boʻylab sayohat qiladi.
Info-serialning birinchi qismida otaxon bilim yurtimiz – Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan tanishamiz.
Videoni abituriyent yaqinlaringizga ulashing.
Info-serialning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Men abituriyentman”
Gulruxsor bu yil abituriyent. U akasi bilan birgalikda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari boʻylab sayohat qiladi.
Info-serialning birinchi qismida otaxon bilim yurtimiz – Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan tanishamiz.
Videoni abituriyent yaqinlaringizga ulashing.
Info-serialning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍6👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi
Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi.
“Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍7🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz
🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini, murabbiylar shtabi hamda butun xalqimizni samimiy muborakbod etadi.
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Biz birgamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini, murabbiylar shtabi hamda butun xalqimizni samimiy muborakbod etadi.
Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamizga zafarlar yor bo‘lsin!
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Biz birgamiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤8🔥4
#Talaba_fest
🏛Buxoro davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida yilning eng kutilgan va yirik yoshlar forumi — “Talaba Fest – 2026” festivali o‘tkazildi
Batafsil...
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏛Buxoro davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida yilning eng kutilgan va yirik yoshlar forumi — “Talaba Fest – 2026” festivali o‘tkazildi
🎤 Tadbirning tantanali ochilish qismida yoshlarning ilm-fan, innovatsiya, madaniyat va sport sohasidagi intilishlarini e’tirof etilib, barcha ishtirokchilarni yoshlik va yoshlar birdamligi bayrami bilan tabriklar aytildi.
Batafsil...
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍5🤩2🔥1
O‘zbekistonda Erasmus+ hamjamiyati ishtirokida xalqaro tarmoq aloqalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Erasmus+ hamjamiyati uchun networking tadbirini tashkil etdi. Tadbir Erasmus Mundus stipendiatlari va bitiruvchilari, Erasmus+ dasturi ishtirokchilari, oliy ta’lim muassasalari, davlat organlari hamda diplomatik korpus vakillarini bir maydonga jamladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Erasmus+ doirasidagi kelgusi imkoniyatlar, xalqaro akademik hamkorlik va talabalar almashinuvi istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar hamda O‘zbekistonda Erasmus+ hamjamiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Erasmus+ hamjamiyati uchun networking tadbirini tashkil etdi. Tadbir Erasmus Mundus stipendiatlari va bitiruvchilari, Erasmus+ dasturi ishtirokchilari, oliy ta’lim muassasalari, davlat organlari hamda diplomatik korpus vakillarini bir maydonga jamladi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish, professional va akademik tarmoqlarni kengaytirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, yangi tanlangan Erasmus Mundus talabalari ham rasmiy tarzda kutib olindi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Erasmus+ dasturining ta’lim, akademik mobillik va insonlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish orqali O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini alohida ta’kidladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Erasmus+ doirasidagi kelgusi imkoniyatlar, xalqaro akademik hamkorlik va talabalar almashinuvi istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar hamda O‘zbekistonda Erasmus+ hamjamiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🥰4🎉2👍1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (8-13-iyun)
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤1
Barselonada O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Ispaniyaning Barselona shahrida O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida Barselona universitetida yalpi majlis va qator panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda ikki mamlakat oliy ta’lim tizimlari, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda universitetlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178224
#XalqaroForum #Ispaniya
👉На руcском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ispaniyaning Barselona shahrida O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida Barselona universitetida yalpi majlis va qator panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda ikki mamlakat oliy ta’lim tizimlari, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda universitetlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yalpi majlisda Barselona universiteti, Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti, Ispaniya Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) va Kataloniya hukumati vakillari ishtirok etib, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, internatsionallashuv va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro reytinglar bilan ishlash tajribasi hamda universitetlarning global maydondagi faolligiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Forum doirasida pedagogik innovatsiyalar, xalqaro tarmoqlar va hamkorlikning yangi strategiyalariga oid panel sessiyalar tashkil etildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178224
#XalqaroForum #Ispaniya
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏12🔥4😱2😁1🤔1