Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🇰🇿 O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston oliygohlarida o’qishi uchun qabul boshlandi!

Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi 2026–2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston fuqarolarini oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga taklif qiladi.

📚 Ajratilgan o‘rinlar:
• Bakalavriat – 10 ta
• Magistratura – 10 ta

Nomzodlardan pasport nusxasi, ta’lim to‘g‘risidagi hujjat, tibbiy ma’lumotnomalar, motivatsion esse, tavsiyanoma va boshqa hujjatlar talab etiladi.

📅 Hujjatlar 2026-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi.

⚠️ Muhim: tanlangan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik hujjatlari rasmiy yuborilgandan so‘ng o‘zgartirilmaydi.

Hujjatlarning PDF shaklidagi elektron nusxalarini a.bulekbaeva@sci.gov.kz elektron manziliga yuborish mumkin.

Batafsil ma’lumot...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥1
Eng yaxshi startap g‘oyalari uchun 30 million so‘m: Nukusda Techstars Startup Weekend ideatoni o‘tkaziladi 🚀

26-28 iyun kunlari Nukus shahrida UzVC va Hackonnect hamkorligida birinchi flagman Techstars Startup Weekend Nukus ideatoni bo‘lib o‘tadi. O'z g'oyalaridan daromad olishni istovchilar uchun bu ajoyib imkoniyatdir.

Ishtirokchilar 54 soat ichida:

• Jamoalarni shakllantirib, MVP (tayyor prototip) ishga tushiradi;
• Techstars metodologiyasi asosida gipotezalarni tekshirish va biznes modelini yaratish bo‘yicha vorkshoplarda qatnashadi;
• Sun'iy intellekt, IT, biznes va marketing sohasidagi mutaxassislardan mentorlik ko‘magini oladi;
• Haqiqiy investorlar uchun loyihalar taqdimotini o'tkazadi;
• 30 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashadi.


*Boshqa viloyatlardan kelgan dastlabki 25 ta ishtirokchi uchun bepul yotoqxona taqdim etiladi!

*SWN26-JMCYWZ promokod bo'yicha ishtirokchilarga 30% chegirma taqdim etiladi

📍 Nukus
📅 26-28 iyun

🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola
🤝 Ma'lumot uchun: +998906390639

Ideal vaqt kelishini kutmang. Uni Techstars Startup Weekend’da yarating.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3🔥2
🗣Termizda “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida e’lon qilingan “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.

☑️Tadbirni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ochib berib, yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.

🏆Final dasturga muvofiq, respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 ta jamoa 4 ta shart: “Insho yozish”, “Rasm chizish”, “Qisqa videoroliklar” hamda “Sahna koʻrinishi” shartlari asosida bellashdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/181162

#Giyohvandlik_tanlov

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4
#xalqaro_hamkorlik

Yuta universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

 
18-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov AQShning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri boʻlgan Yuta universitetining Xalqaro hamkorlik boʻyicha katta masʼul xodimi Rendi Makkrilis boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 
Uchrashuvda taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, muhandislik, konchilik, materialshunoslik hamda zamonaviy texnologiyalar yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Delegatsiya tarkibida universitetning xalqaro hamkorlik, materialshunoslik va konchilik muhandisligi sohalaridagi rahbar va ekspertlari ishtirok etdi.

 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/180740

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026

Farg'onada o‘tkazilgan “Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasida 1800 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi


2026-yil 18-iyun kuni, Farg'ona shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ahmad al-Farg'oniy bog'ida tashkil etilgan ushbu tadbir “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Farg'ona viloyati hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.

Yarmarka doirasida ishtirokchilarga 200 ga yaqin korxona va tashkilotlar tomonidan  3000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3