Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Namanganda IELTS bo‘yicha yirik ta’lim marafoni o‘tkazildi

Namangan davlat texnika universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi, Edu-Action Exams Center hamda Ibrat Academy hamkorligida “IELTS marafon haftaligi” tashkil etildi.

Tadbir davomida xalqaro IELTS sertifikatidan yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar tomonidan imtihonga tayyorgarlik, yuqori ball olish strategiyalari hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilar speaking, “listening”, “reading” va “writing” ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar olib, mutaxassislar bilan ochiq muloqot qildilar. Marafon doirasida interaktiv mashg‘ulotlar va sovrinli tanlovlar ham tashkil etildi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥1😁1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻqon davlat universitetida yaratilgan sun’iy intellekt: enif.uz qanday imkoniyatlarni taqdim etmoqda?

Sun’iy intellekt bugun dunyoni o‘zgartirmoqda. Endi innovatsion texnologiyalar faqat yirik xalqaro kompaniyalar qo‘lida emas — ular O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ham yaratilmoqda.

Qo‘qon davlat universiteti IT-Parki mutaxassisi Yahyobek Adhamov tomonidan ishlab chiqilgan enif.uz sun’iy intellekt platformasi ta’lim, tadqiqot va startap loyihalarini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan. Ushbu loyiha yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤17🔥6😁3🎉1
Avtomobilsozlik sanoati uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlanmoqda

Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabida yoshlarni kasbga o‘rgatish, ularning zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turuvchi oilalar farzandlari uchun “Zamonaviy elektromobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” o‘quv dasturi asosida 2 oylik maxsus kurs tashkil etildi.

Shuningdek, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 1-son texnikumning 32 nafar o‘quvchisi uchun ham 1 oylik maxsus o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi. O‘quv dasturi doirasida tinglovchilarning “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasida dual ta’lim tizimi asosida amaliyot o‘tashi tashkil etildi.

Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/642/

👉На руcском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤13🤩4🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda muvaffaqiyatga erishishning eng muhim kaliti — bu bilim va kasbdir

Bugungi kunda zamonaviy kasb egallagan, o‘z ustida ishlaydigan va bilimini muntazam oshirib boradigan yoshlar jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchiga aylanmoqda. Kasb o‘rganish nafaqat daromad manbai, balki insonning jamiyatdagi o‘rnini topishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun ham muhimdir.

🎓 Eng muhimi, o‘qish va o‘rganish uchun hech qachon kech emas. Inson qaysi yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash orqali o‘z hayotini o‘zgartirishi, yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

✨ Bugun o‘rganilgan bir kasb ertangi kunning mustahkam poydevori, bugun olingan bir bilim esa kelajakdagi katta yutuqlarning boshlanishidir.

🔹 O‘qing.
🔹 Izlaning.
🔹 Kasb o‘rganing.
🔹 Kelajagingizni bugundan quring!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤21👍12👏6