#Xizmat_safari #Namangan
Vazir Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim va ilm-fan sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda talaba-yoshlarni zamonaviy kasb va kompetensiyalarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://namdu.uz/post=1388
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍8❤5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#giyohvandlikka_qarshi #targʻibot #yoshlar_munosabati
Guliston davlat universiteti talabalari giyohvandlikka qarshi faol kurash olib bormoqda
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q”, - deya giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni bu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonun qabul qilinishiga munosabat bildirdi.
Bu munosabatni Guliston davlat universiteti talabalari murojaat singari qabul qilib, shu kunning o'zida targ'ibot tadbirlarini boshlashdi. Faollar tomonidan targ'ibotlar qizg'in davom etmoqda. Zero, giyohvandlikka qarshi kurashish har birimizning eng oliy vazifamizga aylanishi shart.

❤9👍4🔥2🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BizBirgamiz
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti jamoasi bugun, 23-iyun soat 22.00da Portugaliyaga qarshi to’p suradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti jamoasi bugun, 23-iyun soat 22.00da Portugaliyaga qarshi to’p suradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi!
Siz ushbu tarixiy o’yinni qayerda va kim bilan tomosha qilasiz?
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍9😁2😱1
Prezident Namangan viloyatida sun’iy intellekt borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari ushbu tajribani kengaytirish, muhim sohalar rivojiga yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada keng jalb etish zarurligini ta’kidladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.
Laboratoriyada talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini real loyihalarda qo‘llash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Uning tarkibida tahlil, robototexnika va bionika markazlari, startap-akselerator, 9 ta “aqlli” xona, 2 ta sun’iy intellekt bo‘yicha tayyorgarlik xonasi tashkil etilgan.
Mazkur markaz sun’iy intellekt, robototexnika, “aqlli” transport, ekologiya va agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida innovatsion ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi.
Davlatimiz rahbari ushbu tajribani kengaytirish, muhim sohalar rivojiga yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada keng jalb etish zarurligini ta’kidladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12🤔5❤3
🎓 Oliygohni bitirgandan keyin nima qilaman, deb hali ham o‘ylanib yuribsizmi?
Unda Talaba Expo–2026 kasblar ko'rgazmasiga keling. Bu oddiy ko‘rgazma emas. Bu yerda siz haqiqiy ish beruvchilar bilan uchrashasiz, suhbatlashib ko'rasiz, amaliyot va bo‘sh ish o‘rinlarini topasiz, biznes va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma'lumot olasiz.
Bu ko'rgazmaga kelib, yaxshi ish topib, o'zingizni ish beruvchiga ko'rsatib qo'yishni uddalasangiz, ishga joylashdim deb hisoblayvering.
Ish bormi, deb murojaat qilish juda ham oson, aslida ish topish uchun mana shunday ko'rgazmalarda faol qatnashish kerak. Bir kun kelib ish qidirarman deyish o‘rniga, bugunoq shu imkoniyatdan foydalanib qoling.
📅 24–25-iyun
📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududi (Talabalar shaharchasi).

❤9😁1
#Muhandislik_tanlovi
🏆 "Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi natijalari e'lon qilindi!
✅ Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning "Eng yaxshi g'oya", "Eng yaxshi loyiha" va "Eng yaxshi ixtiro" yo‘nalishlarining talaba, amaliyotchi-muhandis hamda professor-o‘qituvchi kategoriyalarining har biridan 20 tadan, jami 180 ta ishtirokchi ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi.
🚀Endilikda saralangan 180 ta loyiha tanlovning ikkinchi bosqichi-akseleratsiya dasturi bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda loyihalarni texnik, ilmiy va iqtisodiy jihatdan takomillashtirish, ularning amaliy ahamiyati va joriy etish samaradorligini oshirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash bo‘yicha kompleks ekspertlik va mentorlik ko‘magi taqdim etiladi.
🎉 Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar oldida taqdimot ko‘rinishida himoya qiladilar. Himoya jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligi, loyiha taqdimoti hamda himoya qilish ko'nikmalari baholanadi.
Batafsil ikkichi bosqichga taklif etilgan arizalar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
Eng yaxshi g'oya;
Eng yaxshi loyiha;
Eng yaxshi ixtiro.

👍10❤3👏3😁2
#Qonunchilik_yangiliklari
❗ Kiberxavfsizlik sohasida yangi strategiya tasdiqlandi
📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-martdagi PF-38-son Farmoni bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi.
♻️ 2026-yil 1-apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamda budjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalariga yo‘naltiriladi.
📨 Unga ko‘ra, mamlakatda kiberjinoyatchilikning oldini olish, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi. Strategiya doirasida muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi hamda qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
📑 Shuningdek:
➖ davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash va bartaraf etish tizimlari yaratiladi;
➖ ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlik integratsiyasini kuchaytirish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish mexanizmlari ishlab chiqiladi;
➖ ilmiy va akademik muassasalar, kasbiy hamda jamoat birlashmalari bilan hamkorlik asosida qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi;
➖ davlat tashkilotlari xodimlari va aholi uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha muntazam treninglar hamda targ‘ibot ishlari tashkil etiladi;
➡️ Bundan tashqari, axborotlashtirish obyektlari va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalaridan kelib chiqib, kiberxavfsizlik talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.
📄 Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish ham rejalashtirilgan.
🖋 Mazkur strategiya mamlakatning raqamli xavfsizligini mustahkamlash va kiberxatarlarga qarshi samarali tizim yaratishga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
➖ davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash va bartaraf etish tizimlari yaratiladi;
➖ ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlik integratsiyasini kuchaytirish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish mexanizmlari ishlab chiqiladi;
➖ ilmiy va akademik muassasalar, kasbiy hamda jamoat birlashmalari bilan hamkorlik asosida qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi;
➖ davlat tashkilotlari xodimlari va aholi uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha muntazam treninglar hamda targ‘ibot ishlari tashkil etiladi;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN KATTA O‘YIN!
🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi 🇵🇹Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi!
Bugun maydonda 11 nafar futbolchi harakat qiladi, ammo ularning ortida butun bir O‘zbekiston xalqi turibdi! 💪
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi milliy terma jamoamizga omad va zafar tilaydi!
BIZ SIZ BILAN, OQ BO‘RILAR!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi 🇵🇹Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi!
Bugun maydonda 11 nafar futbolchi harakat qiladi, ammo ularning ortida butun bir O‘zbekiston xalqi turibdi! 💪
💙 Sizlar 11 kishi emassizlar...
🤍 Sizlar 38 million yuraksizlar!
💚Sizlar 38 million orzu, ishonch va duolarsizlar!
🏟 Har bir kurashda,
⚽️ Har bir pasda,
⚽️ Har bir gol uchun intilishda,
🇺🇿Butun O‘zbekiston sizlar bilan birga!
🔥 Bugun jasorat bilan o‘ynang!
🔥 Bugun yurak bilan kurashing!
🔥 Bugun O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiling!

🔥19❤12🎉6👍5🤔3