Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir yoshlarning tashabbuslari, taklif va g‘oyalarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.

Muloqot davomida oliy ta’lim tizimida yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini rag‘batlantirish, ularning innovatsion g‘oyalari va takliflarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Talaba-yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, IT yo‘nalishidagi innovatsion loyihalari hamda raqamli texnologiyalar asosidagi tashabbuslarini taqdim etdilar. Ularning amaliy ahamiyati, rivojlantirish istiqbollari, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5975

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥4👏4🥰3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oq_borilar #Biz_Siz_bilan

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!


Futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi samimiy muborakbod etadi va ularga yuksak faxr hamda g‘urur bilan omad tilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥9👏6😁4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatida faoliyat yuritish — yuksak ishonch va ulkan mas’uliyatdir.

Bu nafaqat kasbiy faoliyat, balki xalq manfaatlariga sidqidildan xizmat qilish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish demakdir. Halollik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilik esa har bir davlat xizmatchisining asosiy mezonlaridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1🔥10❤3👍2😁1
O‘zbekiston – Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi muhim bahs boshlandi

Milliy terma jamoamizning Jahon chempionati doirasidagi navbatdagi muhim uchrashuvini birgalikda tomosha qilish hamda futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari xodimlari, shuningdek, talaba-yoshlar vazirlik binosida jam bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yig‘ilganlar milliy jamoamizning har bir harakatini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib, ularni qizg‘in olqishlar bilan ruhlantirmoqda.

Barchamiz birgalikda milliy terma jamoamizga omad tilaymiz va ularning munosib natija qayd etishiga ishonamiz.

Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽️

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3❤20👏17😁6👍2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Talaba Expo–2026 kasblar ko‘rgazmasi boshlanish arafasida!

Yaqin daqiqalarda talabalar, bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadigan Talaba Expo–2026 o‘z ishini boshlaydi.

Ko‘rgazma davomida siz yetakchi ish beruvchilar bilan uchrashish, amaliyot va bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish, tadbirkorlik hamda moliyaviy imkoniyatlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

Kelajakdagi kasbiy faoliyatingiz uchun muhim bo‘lgan uchrashuvlarni qo‘ldan boy bermang. Bugun yaratilayotgan imkoniyatlar ertangi muvaffaqiyatingizning boshlanishidir.

📍 Talaba Expo–2026’da ko‘rishguncha!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍10
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

ONLAYN RO‘YXATDAN O‘TISHNING YAKUNLANISHIGA 2 KUN QOLDI!

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi

24-iyun kuni soat 08:03 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 616 415 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩

❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi


☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.

➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

📝 Bunda:

🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;

🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;

🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;

🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;

🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;

🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤48👍12😱8😁5🤔2
Edu.uz pinned a photo
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi


Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 24-iyun soat 10:02 holatiga ko‘ra jami 27 801 ta ariza kelib tushdi.


📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😱15❤10👍6🤩2