Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi

Bugun poytaxtda talaba-yoshlar va bitiruvchilar uchun yirik kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi — “TalabaExpo – 2026” o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova hamda “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunar va innovatsion yo‘nalishlarga yo‘naltirish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlashda bunday platformalarning ahamiyati yuqori ekani qayd etildi.


“TalabaExpo – 2026” yoshlarning kasbiy rivojlanishi, munosib ish topishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini egallashiga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida tashkil etilmoqda.

#TalabaExpo2026

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6🔥1
👨‍🎓 Hurmatli bitiruvchi talabalar, ilmiy ishingiz himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tyapsiz deb umid qilamiz.

🏆 Ilmiy ishingizni “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga yuborishni unutmang.

❗️ Eslatib o‘tamiz, mukofotlar quyidagicha:

🥇 1-o‘rin – Noutbuk
🥈 2-o‘rin – Planshet
🥉 3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi

🏆 Bundan tashqari, xalqaro hamkorlarimiz ham g‘oliblarni munosib rag‘batlantirishadi.

🔷GIZ g‘oliblarga 3 - 6 oylik haq to‘lanadigan amaliyot taklif etadi.
🔷OTB esa $500 va $1000 miqdoridagi moddiy rag‘batlantirish e’lon qilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👏3😁1
📝 ERASMUS+: “Oliy taʼlim taraqqiyoti istiqbollari” jurnalining 19-soni e’lon qilindi

Erasmus+ Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasining (Higher Education Reform Experts - HEREs) homiylar kengashi tomonidan tayyorlangan ilmiy-uslubiy “Oliy taʼlim taraqqiyoti istiqbollari” jurnalining navbatdagi 19-soni chop etildi!

📖 Ushbu rasmiy va ilmiy tahlillarga boy sonni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:

👉 https://erasmus.uz/page/89-88-heres

➡️ English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim

Talaba-yoshlar va bitiruvchilar uchun yirik kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi — “TalabaExpo – 2026”
jarayonlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
“TalabaExpo — 2026”: Talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan katta maydon!

Ko‘rgazma doirasida:

✔️ 700 dan ortiq ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etmoqda;
✔️ 10 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni va amaliyot dasturlari taqdim etilmoqda;
✔️ Talaba va bitiruvchilar real ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda;
✔️ Tadbirkorlik, startaplar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda.


Ko‘rgazmada sanoat, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari, bank-moliya, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yuzlab tashkilot va korxonalar o‘z vakansiyalari hamda hamkorlik imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

#TalabaExpo2026 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3