Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri SamDTU bitiruvchilarini yangi hayot bosqichi bilan tabrikladi
 
Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitet bitiruvchilari va talabalari uchun “Bitiruvchilar oqshomi” tantanali bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov onlayn tarzda ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy qutladi. Vazir o‘z so‘zida universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro darajadagi ta’lim dasturlari, ilmiy hamkorlik loyihalari va yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar natijasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi nufuzi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ularning mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Batafsil: https://www.sammu.uz/uz/news/2580792

#Bitiruvchilar_oqshomi

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5🔥2😁1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob #BirinchiKun #Talaba_Expo_2026

“Talaba Expo–2026” kasb ko‘rgazmasining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi

Tadbirlar 24-iyun kuni ham davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤7😁1
#Qonunchilik_yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha Qonun qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 22-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonun imzolandi.

Mazkur Qonun bilan:

◾️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritilishi;

◾️ “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi qonunchilikda aniq belgilanishi;

◾️ davlat organlarida komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari joriy etilishi;

◾️komplaens bo‘linmalari faoliyatining mustaqilligi va xodimlar xavfsizligi kafolatlanishi;

◾️ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengillashtirish imkoniyatlari cheklanishi;

◾️korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim normalar belgilandi.


Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona va tizimli mexanizmini shakllantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7😱4
“Yangi O‘zbekiston” universiteti 5 yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qildi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti tashkil etilganining 5 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, Tadbirda davlat tashkilotlari vakillari, universitetning akademik va sanoat hamkorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilar ishtirok etdi.

Yubiley tadbiri davomida universitetning besh yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan muhim natijalar taqdim etildi.

Shuningdek, universitet taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi hamda universitetning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan strategik hamkor tashkilotlar e’tirof etildi.


2021-yilda tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti qisqa vaqt ichida xalqaro hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy ta’lim sohasida muhim natijalarga erishib, mamlakatning eng istiqbolli oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2❤9👍5🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026

Nufuzli xalqaro olimpiada — markaziy osiyoda ilk bor O‘zbekistonda!

Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi mamlakatimizda o‘tkaziladi.

2026-yil 10-19-iyul kunlari Toshkent shahri

Bu nafaqat yosh iqtidorlar uchun katta imkoniyat, balki O‘zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etuvchi muhim voqeadir.

❗️Mazkur olimpiada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlaydi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashib, ilmiy salohiyatlarini namoyish etadilar.


🇺🇿O‘zbekiston esa ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilish orqali nafaqat iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ilm-fan rivoji yo‘lida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.

www.icho2026.uz/

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤5
#Avtomobilsiz_kun

25-iyun kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi


Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍7🔥4👏3