Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#fotojamlanma #YoshlarKuni #Innovatsiya #Yoshlar #IlmFan #KelajakMuhandislari #BolajakOlim

“30-iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimidan fotojamlanma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2🔥2
Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Buxoro davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbus, taklif va g‘oyalar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish, ta’lim sifati, ilm-fan, innovatsiyalar, raqamlashtirish, bandlik hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Takliflar orasida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’limni raqamlashtirish, talabalar bandligini oshirish va akademik mobillikni rivojlantirish masalalari ilgari surildi.

Xususan, talabalar startaplari uchun milliy platforma yaratish, yagona elektron kutubxona tizimini joriy etish, “Talaba-frilanser” dasturini yo‘lga qo‘yish, ichki akademik mobillikni kengaytirish, amaliy loyihalarni diplom ishi sifatida tan olish hamda kutubxonalarni kreativ kovorking markazlariga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.


Uchrashuv yoshlarning faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish hamda istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Batafsil:
https://surl.li/zjljts

👉 На Русском
👉 In  English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍3🔥3👏2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Innovatsion_g‘oyalar_yetakchisi

🏆Iqtidorlilar e’tirof etildi: g‘olib yoshlarning taassurotlari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥5😁5❤3🤔1
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, hamkor davlat tashkilotlari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

“Yoshlar o‘rtasida narkotiklarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida 2026-yil 12-iyun holatiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, huquq-tartibot organlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va narkolog mutaxassislar ishtirokida 1 417 ta profilaktik tadbir hamda 578 ta davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yorituvchi ta’sirchan videoroliklar namoyish qilinib, jami 265 098 nafar talaba-yoshlar qamrab olindi.

Oylik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar 1 345 marotaba respublika va hududiy telekanallar, gazeta-jurnallar, internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.


Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/184289

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍1🎉1
#Matbuot_anjumani

Urganch davlat universitetida qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

25-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda universitet rektori Feruza Madrahimova hamda Qabul komissiyasi mas'ul kotibi O'tkir Matyoqubov ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni universitetning bugungi salohiyati, erishilgan yutuqlari hamda 2026/2027-o‘quv yili uchun rejalashtirilgan qabul jarayonlari bilan tanishtirdilar hamda ularning savollariga batafsil javob berdi.

Matbuot anjumanida 40 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari, televideniye xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5976

👉На руcском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥3🥰1