Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Oʻzbekiston2030_strategiyasi

Yosh olimlar-Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining tayanchi

“O‘zbekiston — 2030”
strategiyasining 11-maqsadi yosh tadqiqotchilar ulushini oshirish hamda ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mazkur maqsad mamlakatimizda ilm-fan sohasiga iste'dodli yoshlarni keng jalb etish, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

2030-yilgacha erishilishi rejalashtirilgan asosiy ko‘rsatkichlar:
• Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar soni — 12 ming nafarga yetkaziladi.
• Umumiy tadqiqotchilar tarkibida 39 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ulushi 61 foizga oshiriladi.


Natijada, har 10 nafar tadqiqotchidan 6 nafari yosh olimlardan iborat bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8😁2
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Adliya vazirligi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3872, 29.06.2026 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.


🔰 Unga ko‘ra:

🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi;

🔹 xavf darajasini aniqlashda davlat organlari axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi;

🔹 xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 xavf darajasini baholash ichki nazorat faoliyatini tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish hamda terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohalari bo‘yicha alohida mezonlar asosida amalga oshiriladi;

🔹 huquqbuzarlik xavfi darajasi yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi;

🔹 yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi;

🔹 past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi;

🔹 elektron tizimda aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralari qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Yurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshirish tartibi belgilandi


Vazirlar Mahkamasi qarori (350-son, 30.06.2026-y.) bilan, Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga IQ test o‘tkazish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📝 Bunda, IQ test yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi.

📥 Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida huquq sohasida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari TDYU tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida har yili 10-iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

📝 IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi.

📌Faqatgina, IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

🗒 Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱4❤3
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ TDYUda “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha 2- va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (350-son, 30.06.2026-y.) bilan “Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📌Mazkur nizomga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar TDYUning maxsus 3 yillik ta’lim dasturi doirasida test sinovlari asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga qabul qilinadi.

📥Abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

‼️Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishining faqat mutaxassislik fanlari va chet tili doirasida test jarayonlariga qatnashadi.

⛔️ Bunda umumiy tartibdagi kirish imtihonlarida qo‘llaniladigan imtiyozlar (xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno) maxsus 3 yillik ta’lim dasturiga tatbiq etilmaydi.

📍Ma’lumot uchun: qabul TDYUning mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, qabul parametrlaridan tashqari kvota doirasida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi va o‘qitishning kunduzgi, kechki, masofaviy ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

⏳ Shuningdek, TDYUning magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlar uchun 1 yilni, turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlaganlar uchun esa 2 yilni tashkil etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MyEdu Agent — sun’iy intellekt asosidagi raqamli yordamchi ishga tushdi!

Endi my.edu.uz platformasida akademik litseylarga hujjat topshirish yanada oson, tez va qulay!

Foydalanuvchilar uchun yaratilgan MyEdu Agent sun’iy intellekt asosida ishlaydi va hujjat topshirish jarayonini oddiy chat orqali amalga oshirish imkonini beradi.

MyEdu Agent imkoniyatlari:

▪️Chat orqali hujjat topshirish;
▪️Arizani tez va oson rasmiylashtirish;
▪️Hujjat topshirish jarayonida foydalanuvchiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

MyEdu Agent orqali akademik litseylarga hujjat topshirishni bugunoq sinab ko‘ring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍4🔥3👏2
🇺🇿 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi — Davlat gerbi tasdiqlanganligiga 34 yil toʻldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉18❤5😁3👍2
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi


📝Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 2-iyul soat 10:20 holatiga ko‘ra jami 39 009 ta ariza kelib tushdi.

⏳Arizalar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

‼️Eslatma: 10-iyulga qadar (shu kuni ham) qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni tahrirlash imkoniyati mavjud.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4😱4🎉3👏2
#Talaba_Expo_2026 #samarqand

Samarqand shahrida “Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi


Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari hamda oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur yirik loyiha Milliy bank, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

“Talaba Expo–2026” yoshlarning ilmiy, ijodiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, ularni yangi g‘oyalar, ta’lim imkoniyatlari hamda kelajak kasblari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan loyihalar, ta’lim dasturlari va innovatsion tashabbuslar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6
#Eʼtibor #Eʼtirof

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida soha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik bilan samarali hamkorlik olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda axborot targ‘ibotchilari qatnashdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirokchilarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, soha fidoyilarining vazirlik faoliyatini keng jamoatchilikka ochiq va tezkor yetkazish, tizimdagi islohotlarni haqqoniy yoritish hamda ijobiy ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishdagi munosib xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv yakunida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar vazirlikning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍3😁2🔥1