Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Future100 #MIT #Boston

“Future 100” dasturi: Dunyoning №1 universiteti — MIT’da innovatsion ekotizim tajribasi o‘rganildi

“Future 100” dasturi doirasida AQSHda stajirovka o‘tayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari hamda yosh muhandis olimlar QS World University Rankings reytingida dunyoning №1 universiteti deya e’tirof etilgan "Massachusetts Institute of Technology (MIT)"ga tashrif buyurdilar.

Dastlab MIT Kuo Sharper Center for Prosperity and Entrepreneurship markazida Fellowships direktori Dr. Haitham Khoury bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda markaz faoliyati, “New Calculus for Prosperity” tashabbusi, MIT Fellowship dasturlari hamda tadbirkorlar va davlat siyosatini ishlab chiquvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/195393

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24🎉2
#Qabul2026 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma

⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:

1️⃣ my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;

2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik tooʻgʻrisida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda 👈
📋 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati 👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤28👏6🔥3😱3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun maqsadli magistraturaga qabul boshlandi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistratura uchun ariza topshirishlari mumkin.

📆Arizalar 30-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali qabul qilinadi.

📎Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
🔆 Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritilayotgan bo‘lishi;
🔆 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi.

⚠️ O‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tizimida oliy malaka toifasini olib, keyinchalik maktabga ishga o‘tgan pedagoglar ushbu maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26👍5😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kvota #Qabul2026

2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha muhim yangilik


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bakalavriat (kunduzgi): qabul kvotalari

Bakalavriat (kechki): qabul kvotalari

Bakalavriat (masofaviy): qabul kvotalari

Magistratura (kunduzgi): qabul kvotalari

Magistratura (kechki): qabul kvotalari

Magistratura (masofaviy): qabul kvotalari

Davlat granti ulushi (chegarasi)

Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul taqsimoti

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2% grant kvotasi

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar uchun 1% grant kvotasi

Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun 5% grant kvotasi

Harbiy xizmatchilar farzandlari uchun grant kvotalari

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (kunduzgi)

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (kechki)

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar (masofaviy)

Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun kvota

“Ijtimoiy reyestr” oilalari farzandlari uchun kvota

O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun kvota

Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun kvota

5 yillik ish stajiga ega fuqarolar uchun tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar

Maktab ta’limi uchun maqsadli qabul

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul

San’at sohasi uchun maqsadli qabul

Dual ta’lim: pedagog kadrlar qabuli

Maktab o‘qituvchilari uchun magistratura (masofaviy)

5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun qabul

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat grantlari

Green University grant kvotalari

Qirg‘iziston fuqarolari uchun grant kvotalari

Qozog‘iston fuqarolari uchun grant kvotalari

Tojikiston fuqarolari uchun grant kvotalari

Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun grant kvotalari

IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun grantlar 35% oshirilgan qabul ko‘rsatkichlari


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤30👏8😁5👍4🔥2
#TalabaExpo2026 #Buxoro

Talaba Expo–2026 Buxoro — katta imkoniyatlar maydoni


📆 21 - Iyul
⛳ Buxoro shahridagi Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasida “TalabaExpo–2026” doirasida yirik kasb yarmarkasi boʻlib oʻtadi

⚫️ Boʻsh ish oʻrinlari va amaliyotlar
⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv
⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar

Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Milliy banki, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat Palatasi.

Koʻrgazmaning maqsadi — bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, ularning kasbiy yoʻnalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdir.

Sizni ”TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasida kutib qolamiz!

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👏3🔥2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari


📊 Test sinovlarining ettinchi kuni (20-iyul)da respublika boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida rejadagi 68336 nafar abituriyentdan 61 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Shulardan 5 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

Abituriyentlardan oʻzlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini soʻraymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, oʻzgartirish imkoniyati mavjud emas.

📣 Eslatma, test sinovi topshiriladigan kuni belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin yetib borish lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning asli talab etilishini unutmang.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FikrLab

Otangizning qaysi o‘gitlari hali ham qulog‘ingizda jaranglaydi?

“Rostgo‘y bo‘l”, “Kattani hurmat qil”, “Halol mehnat qil”, “Orqangdan yaxshi nom qoldir”… Ehtimol, har birimiz bolaligimizda otamizdan shu kabi so‘zlarni eshitganmiz. O‘sha paytda oddiy tuyulgan bu o‘gitlar yillar o‘tib hayotimizning eng mustahkam tayanchiga aylandi.

Bugun hayot shiddati boshqacha. Ayrim hollarda telefon, ijtimoiy tarmoqlar, turli axborot oqimlari bir uyda yashaydigan insonlarning ham qalban uzoqlashishiga sabab bo‘lmoqda. Bir dasturxon atrofida yig‘ilib, kun qanday o‘tgani haqida suhbatlashishning o‘zi tobora kamyob holatga aylanyapti.

Zamon o‘zgarishi, texnologiyalar almashishi mumkin. Qadriyatlarga turlicha qarashlar paydo bo‘lar... Ammo bir haqiqat o‘zgarmaydi: ota farzandi uchun maʼnaviy ustun bo‘lib qolaveradi. Otalar hamisha va har vaqt farzandlari tarbiyasiga masʼuldirlar.

Ota — farzand uchun faqat rizq topib keladigan inson emas. U ishonch, himoya, iroda va hayot maktabidir. Uning bir og‘iz nasihati baʼzan yuzlab kitoblar berolmaydigan saboqni beradi, - Innovatsion rivojlanish agentligi Axborot xizmati rahbari Muqaddas Fayozova.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
❤15👍7👏3
#Qabul2026

❗️ Davlat oliygohlarining 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi roʻyxati va ularga mos test sinovi fanlari majmuasi tasdiqlandi

 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari roʻyxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi.
 
Ta’lim yo‘nalishlari:

▪️ Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili;
▪️ Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili;
▪️ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili;
▪️ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili;
▪️ Davlat auditi;
▪️ Islomiy moliya;
▪️ Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
▪️ Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
▪️ Raqamli huquq;
▪️ Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik;
▪️ Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish.
 
🔖Mazkur ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul amalga oshirilishi, ularga ajratilgan qabul kvotalari orqali bilib olishingiz mumkin.

📎Qabul kvotalari: https://t.me/eduuz/49441
 
☝️Eslatib o‘tamiz, test sinovlari yakunlangach, abituriyentlar o‘zlari topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaydilar.

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍2
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

OLTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI


📆 2026-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik memorandumi va xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Hamkorlik doirasida Double Degree va Foundation dasturlarini rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda abituriyentlarni xalqaro ta’lim dasturlariga sifatli tayorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil...

#Xalqaro_hamkorlik

👉На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | TelegramТайёр
❤20👍5🔥1👏1
⚡️ Eldor Shomurodov urgan gol Jahon chempionatining eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin! 

FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi. 

Mundialda Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lionel Messi, Jyud Bellingem va Vinisius Junior kabi jahon futboli yulduzlari tomonidan kiritilgan 12 ta eng chiroyli gol ovozga qo‘yilgan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan. Hamyurtimizga ovoz berish orqali uning goli futbol tarixida qolishiga sababchi bo‘lishimiz mumkin! 

📆Ovoz berish jarayoni 27-iyulgacha davom etadi.

📲 Ovoz berish tartibi:

1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: https://play.fifa.com/gott/en/
2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍91❤48🔥17😁17🎉6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #BuxoroTalabaExpo_2026

Ayni damda qadimiy va navqiron Buxoro shahri yurtimizning eng yirik kasb va taʼlim koʻrgazmalaridan biri — “Talaba Expo–2026”ni yuksak saviyada kutib olishga shay!

Bu nafaqat koʻrgazma, balki minglab yoshlarning orzulari, maqsadlari va kelajak kasbi sari tashlaydigan muhim qadami boʻladi.

Bugun Buxoro bilim va kelajak sari intilayotgan yoshlarni kutmoqda. Har bir tashrif buyuruvchi oʻz salohiyatini namoyon etish, yangi yoʻnalishlarni kashf etish va ertangi muvaffaqiyatga yoʻl ochish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20🔥4👍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 “Inno lab” akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda


Sizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi?
Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat!

📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:

🔬 Biotexnologiya
🧬 Biomuhandislik
💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar
⚗️Kimyo va yangi materiallar
💊 Tibbiyot va farmatsevtika
🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari
🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari

✔️Ishtirok etish mutlaqo bepul
✔️ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi
✔️ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati
✔️ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati
✔️ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash
✔️ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar

📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
Magistratura turdosh 2026-2027.pdf
830.9 KB
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi.

Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍5😁1
#Vazir_maqolasi

Oliy ta’lim tizimida tyutorlik instituti samaradorligini oshirish

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 1-sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ushbu mavzudagi maqolasi e’lon qilindi.

📘 To‘liq maqolani jurnalning 6-sahifasida o‘qing

🔗 https://online.pubhtml5.com/hrcop/rhkm/

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabaning innovatsion g‘oyasi — ta’limdagi yangi yechim

Namangan davlat texnika universiteti Muhandislik-axborot texnologiyalari fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Zayniddin Mamadaliyev tomonidan ishlab chiqilgan “Zuild Lab” loyihasi fizika va matematika fanlaridagi murakkab mavzularni interaktiv simulyatsiyalar hamda virtual tajribalar orqali o‘rganish imkonini beruvchi zamonaviy “EdTech” platformasidir.

Mazkur platforma nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, foydalanuvchilarga raqamli laboratoriya muhitida erkin tajribalar o‘tkazish, ilmiy qonuniyatlarni vizual tarzda kuzatish va tahlil qilish imkonini yaratadi.


Ushbu videoda loyiha muallifi “Zuild Lab” platformasining yaratilish g‘oyasi, imkoniyatlari va ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida so‘z yuritadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👏5👍2