Forwarded from Innovatsion rivojlaniş agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FikrLab
Otangizning qaysi o‘gitlari hali ham qulog‘ingizda jaranglaydi?
“Rostgo‘y bo‘l”, “Kattani hurmat qil”, “Halol mehnat qil”, “Orqangdan yaxshi nom qoldir”… Ehtimol, har birimiz bolaligimizda otamizdan shu kabi so‘zlarni eshitganmiz. O‘sha paytda oddiy tuyulgan bu o‘gitlar yillar o‘tib hayotimizning eng mustahkam tayanchiga aylandi.
Bugun hayot shiddati boshqacha. Ayrim hollarda telefon, ijtimoiy tarmoqlar, turli axborot oqimlari bir uyda yashaydigan insonlarning ham qalban uzoqlashishiga sabab bo‘lmoqda. Bir dasturxon atrofida yig‘ilib, kun qanday o‘tgani haqida suhbatlashishning o‘zi tobora kamyob holatga aylanyapti.
Zamon o‘zgarishi, texnologiyalar almashishi mumkin. Qadriyatlarga turlicha qarashlar paydo bo‘lar... Ammo bir haqiqat o‘zgarmaydi: ota farzandi uchun maʼnaviy ustun bo‘lib qolaveradi. Otalar hamisha va har vaqt farzandlari tarbiyasiga masʼuldirlar.
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Ota — farzand uchun faqat rizq topib keladigan inson emas. U ishonch, himoya, iroda va hayot maktabidir. Uning bir og‘iz nasihati baʼzan yuzlab kitoblar berolmaydigan saboqni beradi, - Innovatsion rivojlanish agentligi Axborot xizmati rahbari Muqaddas Fayozova.
Bizni kuzating

❤15👍7👏3