Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.72K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#live #TalabaExpo_2026 #Buxoro

Buxoroda “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi – kelajak sari muhim qadam!

Ayni damda Buxoro shahrida yoshlarning kasb tanlashi, zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari va kelajak imkoniyatlarini namoyon etuvchi “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi qizgʻin ruhda davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Adilov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda “Kelajakka qadam” loyihasi rahbari Elmurod Hoshimov soʻzga chiqib, yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/195875

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi: Huawei ICT Academy kurslarini bepul o‘rganing!

🏷 Dunyo bo‘ylab 1.8 milliondan ortiq yoshlar Huawei ICT Academy onlayn kurslarida tahsil olmoqda.

❗️Endi sizda ham jahon darajasidagi ushbu nufuzli kurslarni aileaders.uz platformasida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati bor!

🔗Platformamizda quyidagi top yo‘nalishlarni o‘zlashtiring:

➡️ HCIP-Big Data V2.0: Katta maʼlumotlarni qayta ishlash (oflayn/real-time) va amaliy loyihalar;
➡️ HCIP-openEuler V1.0: Senior Linux muhandisi darajasiga yetish va tizimni avtomatlashtirish;
➡️ HCIA-AI V4.0: Sunʼiy intellekt, Machine Learning va yirik AI modellari amaliyoti.


➡️Kurslarni o‘qish va bepul taʼlimni boshlash uchun: aileaders.uz saytiga o‘ting!

⚜️Do‘stlaringizga ham ulashing, kelajak yetakchilari safini kengaytiramiz!

#AILeaders #5MillionAI #HuaweiICT #BepulTaLim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍3👏1😁1
#TalabaExpo_2026 #Buxoro

“TalabaExpo–2026”: Imkoniyatlar maydoni sizni chorlaydi


Buxoro shahrida davom etayotgan "Talaba Expo–2026" kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi yoshlar uchun ta’lim, tadbirkorlik hamda bandlik yo‘nalishlarida yangi ufqlarni ochmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilar "Kelajakka qadam" dasturi asosida imtiyozli kredit olish imkoniyatlari bilan tanishmoqda. Shuningdek, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy treninglar, istiqbolli startap loyihalar taqdimoti hamda "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotida faol ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/195897

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3🔥3😁1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026

🇧🇾🇺🇿 Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Nima uchun bizni tanlaydilar? Xalqaro diplom (BNTU). Kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari. Magistratura - til sertifikatisiz qabul.

Zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari:
➖ Iqtisodiyot va pedagogika;
➖ Robototexnika va AT;
➖ Biotexnologiya va mashinasozlik;
➖ Logistika, elektromobillar va metrologiya.

✔️Bakalavriat fakultetlari (kunduzgi bo‘lim)
✔️Bakalavriat fakultetlari (masofaviy bo‘lim)
✔️Magistratura fakultetlari

Bakalavriatga 2️⃣0️⃣0️⃣ ta grant o‘rni
Magistraturaga 4️⃣0️⃣ ta grant o‘rni
Kontrakt narxi 10 750 000 so‘mdan boshlanadi

Kirish imtihonlari:
📆 25.07 – sanada
📆 29.07 – sanada (magistratura)
📆 01.08 – sanada
📆 08.08 – sanada

📝Ariza qoldiring, biz siz bilan bog‘lanamiz

📍Manzil.

O‘rinlar soni cheklangan. Hujjatlaringizni bugunoq topshirishga shoshiling!

Batafsil: +998555009977

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍4🔥2👏1
#soʻragan_edingiz #10Savolga_10Javob

❓ Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT sertifikati inobatga olinadi?


2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati qo‘llaniladi.

📐 Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:

▪️ Matematika;
▪️ Matematik iqtisodiyot;
▪️ Aktuar va moliyaviy matematika;
▪️ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika).

🇬🇧 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi:

▪️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

📚 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:

▪️ Lingvistika: ingliz tili;
▪️ Adabiyotshunoslik: ingliz tili.

🗣 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:

▪️ Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili;
▪️ Sinxron tarjima: ingliz tili.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍3😱2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Future100 #Harvard #Boston

“Future 100” dasturi: Harvard universitetida startup ekotizimi va innovatsion laboratoriyalar tajribasi o‘rganildi

“Future 100” dasturi doirasida AQSHda stajirovka o‘tayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari hamda yosh muhandis olimlar QS World University Rankings reytingida dunyoning yetakchi universitetlari qatoridan joy olgan Harvard Universityga tashrif buyurdilar.


Dastur doirasida ishtirokchilar Harvard Innovation Labs (i-lab) faoliyati bilan tanishib, universitetda g‘oyalarni global startaplarga aylantirish mexanizmlari, innovatsion ekotizimni rivojlantirish, venchur kapital, mentorlik dasturlari hamda talabalar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot oldilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/196033

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤2