Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#mandat #akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1❤61😱19🤔8👍7👏6
#TalabaExpo_2026 #Xorazm

🏦 Talaba Expo–2026 Xorazm — katta imkoniyatlar maydoni

🗓 31 - iyul
📍 Urganch shahridagi "Yoshlik sport" majmuasi "TalabaExpo–2026” doirasida yirik kasb yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

⚫️ Bo’sh ish o‘rinlari va amaliyotlar
⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv
⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat Palatasi.

Ko’rgazmaning maqsadi — bitiruvchilarni bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Sizni "TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#30_iyul_Xalqlar_doʻstlik_kuni #Hududlarda_bayram_shukuhi

30-iyul - Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Do‘stlik” festivalidan videorolik.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤12👍6🤔4😁2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026

Kelajak kasbingiz sari ishonchli yo‘lni Urganch davlat pedagogika instituti bilan tanlang!


Bakalavriat:
Kunduzgi ta’lim shakli —
21 ta ta’lim yo‘nalishi
Kechki ta’lim shakli —
9 ta ta’lim yo‘nalishi

Magistratura:
Kunduzgi ta’lim shakli —
16 ta magistratura mutaxassisligi


Urganch davlat pedagogika instituti sizga zamonaviy bilim, malakali professor-o‘qituvchilar, qulay ta’lim muhiti hamda kelajakka ishonch bilan qadam tashlash imkoniyatini taqdim etadi.

📞“Call centr” raqamlari:
62-226-18-30                         
62-226-18-31                             
62-226-18-32                     
62-226-18-33        
62-226-18-34     

Ertangi muvaffaqiyatingiz poydevorini mustahkam yarating!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25😱3👏2🥰1
Buxoro davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston–Xitoy qoʻshma tibbiy skrining dasturi va Buyrak intervension taʼlim markazi faoliyati boshlandi
 
Buxoro davlat tibbiyot instituti va Xitoyning Xiʼan Jiaotong University oʻrtasidagi hamkorlik soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi. Hamkorlik doirasida tibbiy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, klinik amaliyot hamda akademik almashinuv yoʻnalishlarida qator qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ana shu hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida institutda Oʻzbekiston–Xitoy qoʻshma tibbiy skrining dasturi va Buyrak intervension taʼlim markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institut rektori, professor Shuhrat Teshayev, professor-oʻqituvchilar, talabalar, magistrantlar, klinik ordinatorlar hamda Xitoyning yetakchi tibbiyot muassasalari vakillari ishtirok etdi. Xitoy delegatsiyasiga Xiʼan Jiaotong Universityning Ikkinchi affillangan shifoxonasi professori Chang Lyu boshchilik qildi.

Yangi markaz talabalar, magistrantlar, klinik ordinatorlar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyotchi shifokorlar uchun intervension nefrologiya sohasidagi zamonaviy usullarni oʻrganish, xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi amaliy mashgʻulotlarda qatnashish hamda ilgʻor klinik tajribani oʻzlashtirish imkonini beradi.


Shuningdek, 27–29-iyul kunlari Oʻzbekiston va Xitoy mutaxassislari ishtirokida bachadon boʻyni saratoni, sut bezi saratoni hamda gemodializdagi bemorlar uchun nefrologik yoʻnalishlarda bepul skrining tekshiruvlari tashkil etildi. Dastur doirasida mahalliy shifokorlar uchun master-klasslar, klinik muhokamalar va amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazildi.

Batafsil: https://new.bsmi.uz/uz/news/buxoroda-ozbekistonxitoy-qoshma-tibbiy-skrining-da

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25🤔2
Yosh innovatorlar maydoni: NamDTUda “Innovatsiya va startaplar festivali” o‘tkazildi

Namangan davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturi doirasida mahalla yoshlari va talaba-yoshlar ishtirokida “Innovatsiya va startaplar festivali” o‘tkazildi.

Festivalda Innovatsion rivojlanish agentligining Namangan viloyati bo‘linmasi, Namangan yoshlar texnoparki va IT Park Namangan vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda startap ekotizimi, texnologik tadbirkorlik, grant va investitsiya imkoniyatlari hamda innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, eng faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤16👍4👏1