Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live

Urganchda “TalabaExpo — 2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlanish arafasida

Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo-2026” kasbiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Hozirgi vaqtda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar koʻrgazma boʻlib oʻtadigan hududga kelib, oʻz oʻrinlarini egallamoqda.

Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:

📌 Qirg‘izistonda iqtisodiyot barqaror o‘sib, aholi farovonligi ta’minlanmoqda;

📌 Qirg‘izistonning 2027–2028-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanishi mamlakatning xalqaro nufuzi va Markaziy Osiyo ovozi tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatdi;

📌 O‘zbekiston Qirg‘izistondagi islohotlar dasturini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor;

📌 Bizning yagona ezgu maqsadimiz – ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtirish;

📌 Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnomaning imzolangani tashrifning muhim natijasi bo‘ldi;

📌 Prezidentlar raisligida Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi;

📌 So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash deyarli 10 barobarga oshdi, uni 3 milliard dollarga yetkazish ko‘zlanmoqda;

📌 Energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sohasida yangi loyihalar kelishib olindi;

📌 “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab birgalikda savdo-logistika infratuzilmasini rivojlantiramiz;

📌 Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni imzolash jarayoni tezlashtiriladi;

📌 Yil yakuniga qadar O‘zbekistonda yangi formatda birinchi Hududlar forumi bo‘lib o‘tadi;

📌 2028-yilda Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini keng nishonlaymiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍1😱1
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live

Urganchda️ “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlandi


Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Aziz bitiruvchilar, keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!


Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤13👍1🔥1
Oʻzbekiston–Qirgʻiziston rektorlari forumi: amaliy hamkorlik boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi

Oʻzbekiston–Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi muhim amaliy natijalar bilan yakunlandi.

Forum doirasida ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 40 ga yaqin memorandum, hamkorlik bitimi va yoʻl xaritalari imzolandi.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq:
🔹 3 ta yoʻnalishda qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etiladi va kreditlarni oʻzaro tan olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
🔹 2026–2028-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” asosida kamida 100 nafar talaba va 80 nafar professor-oʻqituvchining akademik almashinuvi tashkil etiladi;
🔹 qoʻshma ilmiy loyihalar va tadqiqot guruhlari shakllantirilib, doktorantlar uchun qoʻshma ilmiy rahbarlik mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi;
🔹 professor-oʻqituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, ilmiy seminarlar hamda «StudExpo–2026» xalqaro koʻrgazma-tanlovini oʻtkazish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤13👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash barchamizning vazifamiz

◀️Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida maxsus videorolik tayyorlandi. Ushbu rolik orqali jamiyatimizda halollik, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim g‘oyalar yoritilgan.

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥1
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #Live

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev hamda "O‘zmilliybank" AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar haqida fikr bildirdilar.


Ko‘rgazma doirasida talaba-yoshlar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes seminarlari hamda seminar-treninglar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tadbirkorlik asoslari, karyerani rejalashtirish, shaxsiy brendni shakllantirish va professional tarmoqlarda samarali faoliyat yuritish bo‘yicha tajribali tadbirkorlar hamda soha mutaxassislaridan amaliy tavsiyalar oldilar.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11👏4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Orzular sari muhim qadamni tashlash vaqti keldi!

Qo‘qon davlat universiteti — bilim, imkoniyat, iste’dod va katta orzular uchrashadigan maskan!

Bu yerda siz zamonaviy bilimlarni egallaysiz, yangi g‘oyalar va innovatsiyalar sari intilasiz, xalqaro tajriba va imkoniyatlarga ega bo‘lasiz, o‘z iste’dodingizni namoyon etasiz, yangi do‘stlar va hamfikrlar orttirasiz, eng muhimi — kelajakdagi kasbingiz sari dadil qadam tashlaysiz!

Murojaat uchun telefon: +998732493838

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤18👏2