Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#vazir_qabuli

Vazirning navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi

31-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan qabulda talabalar, ularning ota-onalari hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi kelishuvlar asosida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, kitob va adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, o‘quv jarayonini tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/200596

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube| Telegram
👍18❤8😁4
Oʻzbekiston temir yoʻl transporti sohasi xodimlariga tabrik

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍7
Xorijiy universitetlar bilan hamkorlik loyihalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan taʼlim loyihalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Oʻzbek-Fransuz universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali, shuningdek, Xitoy, Yaponiya va Germaniyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/200656

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2🔥1
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

❓Nima o‘zgardi?

Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!

Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.

Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤45👍9🎉7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟

🗣“TalabaExpo–2026”: yoshlar uchun imkoniyatlar, tashabbuslar va yangi marralar

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi yoshlar, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilarni bir maydonda birlashtirdi.

Ko‘rgazmada Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari ishtirok etib, 100 dan ortiq yirik tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan 1500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati va mavjud vakansiyalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, yoshlar bilan bevosita muloqot qildilar. Shuningdek, amaliyot va stajirovka dasturlari, kasbiy rivojlanish, tadbirkorlik hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlik asoslari, karyerani rejalashtirish, shaxsiy brendni shakllantirish va professional rivojlanishga bag‘ishlangan seminar-treninglar ham tashkil etildi.


Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi va istiqbolli loyihalari bilan ajralib turgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. O‘z biznes g‘oyalariga ega bo‘lgan talabalarga tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, vaucherlar topshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Oʻzbekiston Respublikasi Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi!

Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling

📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

📆 Ariza topshirish muddati
1-avgustdan 15-avgustga qadar.

🎥 Batafsil videoda bilib oling.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍1
#Rasmiy_munosabat

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi bitiruv tadbiri yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻtkazilgan bitiruv tadbiri yuzasidan tarqalgan xabarlar munosabati bilan vazirlik tomonidan dastlabki oʻrganish ishlari olib borildi.
 
Universitet tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, oliy taʼlim muassasasida katta sigʻimli konsert zali mavjud emasligi hamda yozgi issiq ob-havo sharoiti inobatga olinib, bitiruv tadbirini yopiq binoda oʻtkazish maqsadida Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyi tanlangan.
 
Maʼlum qilinishicha, tadbirni tashkiliy jihatdan oʻtkazish boʻyicha tashabbus talabalar tomonidan bildirilgan boʻlib, uni tayyorlash jarayonlarida bitiruvchilar ishtirok etgan.
 
Shuningdek, universitet maʼlumotiga koʻra, tadbir uchun oldindan ishtirokchilar roʻyxati shakllantirilgan. Biroq tadbir kuni roʻyxatda koʻrsatilganlardan tashqari qoʻshimcha fuqarolar ham kelgani sababli zalning sigʻimi belgilangan me’yordan oshib ketgan.
 
Shu munosabat bilan zal maʼmuriyati xavfsizlik talablariga muvofiq ishtirokchilar sonini cheklash choralarini koʻrgan. Shundan soʻng universitet rahbariyati bitiruvchilar uchun universitet hududida alohida tadbir tashkil etishga qaror qilgan. Viloyatlardan kelgan ota-onalarning joylashuvi ham taʼminlangani ma'lum qilindi.
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida talabalardan har qanday koʻrinishda majburiy mablagʻ yigʻishga yoʻl qoʻyilmasligini qatʼiy maʼlum qiladi. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, masʼullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan mazkur tadbirni tashkil etish va u bilan bogʻliq holatlar, jumladan bildirilgan eʼtirozlar xizmat tekshiruvi doirasida oʻrganilmoqda. Oʻrganish davomida barcha holatlarga, shu jumladan tashkiliy va moliyaviy jihatlarga huquqiy baho beriladi.
 
Vazirlik barcha oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga talabalar ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda xavfsizlik talablariga soʻzsiz rioya qilish, tashkiliy jarayonlarni puxta rejalashtirish, talabalar va ota-onalar uchun noqulayliklar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik hamda har qanday tashabbuslarni amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirish yuzasidan qatʼiy koʻrsatmalar berdi.
 
Mazkur holat vazirlik nazoratiga olingan. Xizmat tekshiruvi yakunlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
 
Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤31😁12👍5🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak kasbini bugun tanlang!

🏢 Samarqand davlat texnika universitetida zamonaviy ta’lim, 20 dan ortiq laboratoriya, amaliy darslar, xalqaro loyihalar va xorijda tajriba orttirish imkoniyatlari sizni kutmoqda.

✔️ Arxitektura, qurilish, IT, robototexnika, dizayn, iqtisodiyot, biznes, turizm va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda tahsil oling.

⚡️ 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Call-markaz raqamlari:
📞 +998 (66) 237-06-06
📞 +998 (66) 237-44-35

🌐 Rasmiy veb-sayt: www.sdtu.uz
📲 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: @sstueduuz

⏰️ Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10😁3😱3👍1