Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha chiqindi edi, bugun esa energiya manbai

Tasavvur qiling, chorvachilik yoki oziq-ovqat korxonalarida hosil bo‘layotgan organik chiqindilar endi muammo emas. Ular elektr energiyasi, issiqlik va tuproq unumdorligini oshiruvchi bioo‘g‘it manbaiga aylanishi mumkin.

Aynan shu g‘oya Namangan davlat texnika universiteti 1-bosqich magistranti Turaxanov Ilhomjon Raxmatillo o‘g‘li tomonidan ishlab chiqilgan BIOGROW innovatsion loyihasi asosini tashkil etadi.

BIOGROW organik chiqindilarni qayta ishlab, ulardan biogaz va bioo‘g‘it olish imkonini beradi. Natijada atrof-muhitga zarar kamayadi, energiya tejaladi va chiqindi foydali resursga aylanadi.

Ba'zan katta o‘zgarishlar murakkab texnologiyadan emas, oddiy muammoga topilgan to‘g‘ri yechimdan boshlanadi.

🌱 BIOGROW — Chiqindini resursga, resursni kelajakka aylantiramiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥10👍9😁1🤩1
Sizda TDAU talabasi bo‘lish imkoniyati mavjud!

🟢Davlat test sinovlarida ishtirok etdingizmi? Endi eng muhim bosqich — oliy ta’lim muassasasi va kelajak kasbingizni belgilaydigan yo‘nalishni tanlash vaqti keldi.

Toshkent davlat agrar universitetini tanlab, zamonaviy agrar ta’lim, professional malaka va xalqaro imkoniyatlarga ega bo‘ling!

Universitetimizda:
🔹30 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;
🔹Kunduzgi, kechki, masofaviy, dual va qo‘shma ta’lim shakllari;
🔹7 ta ta'lim yo‘nalishlarida yo‘nalishlarida 3 yilda oliy ma’lumotli diplom olish imkoniyati;
🔹Dual ta’lim asosida o‘qish bilan birga ishlab, daromad topish imkoniyati;
🔹Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlarida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olish;
🔹Qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish imkoniyati;
🔹Zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv xonalari, sport majmualari va ijodiy to‘garaklar mavjud.


🔺Zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yangi ta'lim yo‘nalishlar - sun’iy intellekt, veterinariya farmatsevtikasi, biologiya va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi yo'nalishlar hamda 900 ta qo‘shimcha kvota TDAU talabasi bo‘lish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

✅Toshkent davlat agrar universitetini tanlang va agrar sohaning bilimli, tashabbuskor hamda raqobatbardosh mutaxassisiga aylaning!

🔶 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotni olish uchun BOSING!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ +998 71 260 41 69
☎️ +998 71 260 46 80

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍7😁7😱2🤔1
“ToshTech” texnika universitetida zamonaviy muhandislik taʼlimi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov "ToshTech" texnika universitetiga tashrif buyurib, universitet faoliyati va yangi kampusni ishga tushirishga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida universitetda yaratilayotgan zamonaviy taʼlim muhiti, muhandislik laboratoriyalari va xalqaro standartlarga mos infratuzilma bilan tanishildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍10🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMuhandislari #1_kun

“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi: “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishi bo‘yicha 1-kun tafsilotlari

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
1👍9❤5🔥5
🟦🟦🟦 🟦🟦
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻqishga taklif etadi

Toshkent davlat texnika universitetida qoʻshma taʼlim dasturlari asosida quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari (kunduzgi, 2+2);
🔹Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kunduzgi, 2+2);
🔹Dizayn: sanoat dizayni (kunduzgi, 2+2);
🔹Mexanika muhandisligi (kunduzgi, 2+2);
🔹Biotibbiyot muhandisligi (kunduzgi, 2+2);
🔹Metallar texnologiyalari (kunduzgi, 2+2);
🔹Metrologiya va standartlashtirish (kunduzgi, 2+2);
🔹Energetika muhandisligi (kunduzgi, 2+2);
🔹Iqtisodiyot (masofaviy, 3+2);
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari (masofaviy, 3+2).


Maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling:
71 207-54-00;
88 730-49-94;
88 888-68-23.

❗️Batafsil maʼlumot uchun ushbu 👉https://t.me/tdtusop telegram guruhga aʼzo boʻling.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekistonda, ham jahondagi eng ilg‘or universitetda tahsil olishni istaysizmi?

🚀 Unda Buxoro davlat texnika universiteti sizni qo‘shma ta'lim dasturlariga taklif etadi!

👉 Batafsil:https://bstu.uz/page/qoshma-talim

📌 Yetarli ball to‘play olmagan bo‘lsangiz ham (56,7 ball), hech qanday testlarsiz, faqat suhbat asosida sizni qabul qilamiz!

🎯 Sizni nimalar kutmoqda?

✨ 20 dan ziyod 2+2 bakalavriat, ya'ni 2 yil BDTUda, 2 yil xorijiy universitetda o‘qish va 1+1 shaklida esa 22 ta yo'nalishda magistratura mutaxassisliklari;
✨ 4.0 ya'ni 4 yil davomida o‘qishni o‘zingizga qulay tarzda masofaviy shaklda ham davom ettirish imkoniyati;
✨ Xalqaro standartlar asosidagi zamonaviy ta'lim;
✨ O‘zbekiston va xorijda tan olinadigan 2 ta diplom;
✨ Malakali xorijiy professorlar va xalqaro tajriba.

🌎 Malayziya 🇲🇾 | Rossiya 🇷🇺 | Belarus 🇧🇾 | Xitoy 🇨🇳 | Ozarbayjon 🇦🇿 | Qozog‘iston 🇰🇿ning nufuzli universitetlarining 40 dan ziyod yo'nalishlarida qo‘shma ta'lim dasturlari sizni kutmoqda!

📢 Qabul boshlandi!

☎️ Murojaat uchun:
👤 @m_jon94 | +998 91 824 94 94
👤 @Fayoz_Khalilov | +998 97 280 02 25
📞 +998 (65) 223 28 83
📞 +998 (65) 223 86 84

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥2😱1
#LIVE

Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining ikkinchi kuni — “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishi bo‘yicha bahslar boshlandi.

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

👉https://youtube.com/live/k03SXAUxEpc?feature=share

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤2
#Konferensiya

“Oliy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish: taʼlim dasturlari sifatini oshirish, taʼlimda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Tadbirda oliy taʼlim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlar, raqamli transformatsiya, taʼlim va mehnat bozori integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

📍Manzil: Hilton Tashkent City, Toshkent shahri
📅 Sana: 2026-yil 14-avgust
⏰ Vaqt: 09:00

☎️Murojaat uchun: +998945881688

Sizni mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Xalqaro standartlar asosida ta'lim, ikki diplom va keng imkoniyatlar

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Xitoyning Shimoliy Xitoy energetika universiteti (North China Electric Power University) hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta'lim dasturi doirasida "Energetika muhandisligi" ta'lim yo‘nalishiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Mazkur dastur talabalarga xalqaro standartlar asosida ta'lim olish, o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagach esa O‘zbekiston va Xitoy oliy ta'lim muassasalarining diplomlariga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

✔️Ushbu ta'lim dastutiga roʻyxatdan oʻtish uchun👉 Havola
📌 Hujjatlar qabuli davom etmoqda.
🔔 Qabul o‘rinlari cheklangan.
📞 Batafsil ma'lumot: +998 91 586 88 55

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️#qabul2026

⭕️O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 2026/2027-o'quv yili uchun qabul boshlandi.

🫥 Abituriyentmisiz? Har tomonlama qulay va maqbul universitetni tanlashga qiynalyapsizmi? Unda hech ikkilanmay O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga hujjatlaringizni topshiring!

📆 Hozirgi kunda 12 ta bakalavriat, 9 ta magistratura 5 ta masofaviy ta'lim shakli bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda.

⭕️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar:

🟢Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
🟢Psixologiya
🟢Iqtisodiyot
🟢Mexanika va matematik modellashtirish
🟢Amaliy matematika
🟢Axborot tizimlari va texnologiyalari
🟢Axborot xavfsizligi
🟢Sun'iy intellekt
🟢Dasturiy injiniring
🟢Biotexnologiya
🟢Barqaror transport
🟢Turizm va mehmondo‘stlik

⭕️Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari:

🟢Psixologiya
🟢Iqtisodiyot
🟢Axborot tizimlari va texnologiyalari
🟢Axborot xavfsizligi
🟢Dasturiy injiniring

⭕️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari:

🟢Lingvistika: ingliz tili
🟢Psixologiva
🟢Iqtisodiyot
🟢Amaliy matematika
🟢Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti
🟢Axborot xavfsizligi
🟢Sun'iy intellekt
🟢Dasturiy injiniring
🟢Biotexnologiya


☎️ Murojaat uchun telefon raqamlari:

✔️+998(72) 226-04-87
✔️+998(72) 226-04-92
✔️+998(72) 226-05-16
✔️+998(97) 439-19-12

⭕️Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13😁2
Nodavlat oliygohlarga oʻqishini koʻchirish istagidagi talabalar diqqatiga!
 
Respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar oʻqishini koʻchirish (boshqa sabablarga koʻra ham), shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida oʻqishni koʻchirish hamda oʻqishni qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi.
 
Eslatib oʻtamiz, respublikadagi davlat va nodavlat oliygohlaridan oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash  transfer.edu.uz platformasi orqali;

Xorijiy oliygohlardan oʻqishni koʻchirish my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
 
🗓 2026/2027 oʻquv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
 
❗️Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13😱4🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor

Ixtiyor Sadullayev boshchiligidagi Armor Dengjen Viks jamoasi “Kelajak muhandislari” tanlovida maxsus xavfli hududlarda razvedka olib borish va xavfli moddalarni zararsizlantirishga mo‘ljallangan uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor loyihasini taqdim etdi.

Qurilma Si Uni7 Pro pulti orqali boshqariladi. Issiqlikka bardoshli alyuminiy korpus va 35–50 darajagacha bo‘lgan balandlik hamda qiyaliklarda harakatlana oladigan zanjirli harakatlanish tizimi uni murakkab sharoitlarda ham samarali ishlashini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, mini sapyor 4–5 soat davomida uzluksiz ishlay oladi. Ushbu loyiha xavfli hududlarda inson hayotini asrash, razvedka ishlarini olib borish va zararsizlantirish jarayonlarini xavfsiz tashkil etishga xizmat qiladi.


#KelajakMuhandislar #Ishlanmalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍3🔥1
Diqqat e’lon!

Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi sababli joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz tizimi orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun onlayn ariza yuborishdaimtiyozlarni aniqlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimi to‘liq ishga tushgach, arizalardagi imtiyozli toifalar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayta aniqlanadi. Shu sababli, foydalanuvchilardan xavotir olmasliklarini so‘raymiz.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤8🤩2🎉1
Andijon davlat texnika instituti va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Andijon davlat texnika instituti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum va hamkorlik hujjatlari imzolandi.

Hamkorlik doirasida Foundation (tayyorlov) dasturlari yo‘lga qo‘yilib, talabgorlarni institutning 2+2, 1+1 va boshqa xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari uchun puxta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Dastur davomida xorijiy tillar hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi.


Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
✅ Foundation (tayyorlov) dasturlarini tashkil etish;
✅ 2+2, 1+1 va boshqa xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga tayyorlash;
✅ xorijiy tillar va mutaxassislik fanlari bo‘yicha tayyorgarlikni kuchaytirish;
✅ xalqaro ta’lim dasturlariga saralash va yo‘naltirish tizimini takomillashtirish.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2