Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Texnologik metallar kombinatida oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi bosqichi muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligida vazirlik masʼullari hamda metallurgiya, materialshunoslik, kimyo-texnologiya va muhandislik yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari Chirchiq shahridagi Texnologik metallar kombinatiga tashrif buyurdi.
 
Vazirlik, kombinat va oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazilib, metallurgiya, materialshunoslik va kimyo-texnologiya yoʻnalishidagi kafedralarning filiallarini kombinat hududida tashkil etish, dual taʼlim dasturlarini kengaytirish, qoʻshma ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish, maqsadli qabul tizimini yoʻlga qoʻyish hamda kombinat xodimlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/202974

👉 На русском
👉
In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari | #Final

😅Kelajak muhandislari: Body Tester – 1,5 daqiqada sog‘liq haqida 6 ta ma’lumot!

Body Tester — O‘zbekistonda ishlab chiqilgan ilk robo-doktor bo‘lib, atigi 1,5 daqiqa ichida inson salomatligiga oid 6 ta muhim tibbiy ko‘rsatkichni aniqlaydi va ularning tahlili asosida 7-ko‘rsatkich sifatida shaxsiy sog‘lomlashtirish tavsiyalarini taqdim etadi.


Asadbek Urunov - Turin politexnika universiteti magistranti

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3🔥2👏2😁2
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi: Research Excellence Ecosystem (REE) boʻyicha ochiq onlayn vebinar

Mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, tadqiqotchilarning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirish hamda universitetlarda akademik potensialni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan Research Excellence Ecosystem (REE) mavzusida ochiq onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

Vebinar universitet rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi barcha uchun moʻljallangan.

Mavzu:
Research Excellence Ecosystem (REE): xalqaro ilmiy hamjamiyatni shakllantirish, yuqori sifatli tadqiqotlar va barqaror ilmiy faoliyat sari.

Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari oldida ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro reytinglardagi oʻrnini mustahkamlash va akademik salohiyatni yuksaltirish vazifalari turibdi. Bu esa ilmiy maqolalarni nufuzli xalqaro jurnallarda chop etish, grantlar jalb qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustaqil tadqiqotchilar maktabini shakllantirishni talab etadi.

Vebinar dasturidan oʻrin olgan mavzular:
• Research Excellence Ecosystem (REE) konsepsiyasi va uning universitetlar rivojidagi ahamiyati;
• Ilmiy rahbarga qaramlikdan mustaqil tadqiqotchiga aylanish yoʻli;
• Xalqaro mentorlik va tadqiqotchilarni rivojlantirish tizimi;
• Doctoral Research Accelerator – tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishning yangi modeli;
• Xalqaro ilmiy jurnallar, grantlar va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari;
• REE dasturining ilk ishtirokchilari safiga qoʻshilish imkoniyatlari.

Vebinar davomida ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar beriladi, REE metodologiyasi taqdim etiladi hamda mutaxassislar tomonidan savollarga javob beriladi.


Spiker:
Feruza Rashidova – pedagogika fanlari doktori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, Research Excellence Ecosystem (REE) tashabbuskori.

📅 Sana: 2026-yil 7-avgust
🕒 Vaqti:
• 13:00–14:30 — Minsk, Moskva
• 15:00–16:30 — Toshkent, Ashxobod, Dushanbe, Ostona
• 16:00–17:30 — Bishkek

📩 Qatnashish uchun Zoom havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/88296948579?pwd=YptjQhAyYm6XrTVFyKoi7hiZfznCH94.1

Universitetlarda ilmiy muhitni mustahkamlash, akademik salohiyatni oshirish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani kuchaytirishga qiziqqan barcha ishtirokchilarni vebinarga taklif etamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳Xitoyda grant asosida tahsil olish imkoniyati!

Toshkent davlat transport universiteti va Xitoyning Sian shahridagi nufuzli Changan universiteti qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat qabul qilmoqda.

🎓 Sizni kutayotgan imkoniyatlar:
Tajribali mahalliy ustozlar va xorijiy professorlardan ta’lim
Zamonaviy infratuzilma va ekologik muhit
Xalqaro darajadagi sertifikatlar va amaliyot dasturlari
Ishlash va xorijda tajriba orttirish imkoniyatlari (Work & Travel)


🔗Onlayn ariza topshirish: https://admission.tstu.uz/joint

👉 Batafsil

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998887334544
+998997430278
+998772836150
+998947036469

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3👍1
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ijrosi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish, takomillashtirish hamda byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzuridagi loyiha ofisining vakillari, shuningdek, vazirlik va uning tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/202909

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍3👏2🎉2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zJOKU faqat jurnalistlarni tayyorlamaydi!

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida nafaqat jurnalistlar, balki yana 20 ga yaqin mutaxassisliklar bo'yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.

O'zJOKUda bakalavriat uchun 20 ta:

➡️Xalqaro munosabatlar
➡️Siyosatshunoslik
➡️Iqtisod
➡️Jurnalistika
➡️Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
➡️Psixologiya
➡️Sotsiologiya
➡️Ijtimoiy ish
➡️O'zbek tili va adabiyoti
➡️Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: turk tili
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: arab tili
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: xitoy tili
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: koreys tili
➡️Filologiya va tillarni o'qitish: yapon tili
➡️Marketing
➡️Menejment
➡️Dizayn kabi yo'nalishlar.


Magistratura bosqichi uchun esa 15 ta:
⚫️
Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
⚫️
Amaliy siyosatshunoslik

⚫️
O'zbek tili va adabiyoti
⚫️
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
⚫️
Noshirlik ishi va muharrirlik
⚫️
Psixologiya
⚫️
Sotsiologiya
⚫️
Jurnalistika
⚫️
Televideniye va radioeshittirish
⚫️
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
⚫️
Dizayn
⚫️
Menejment
⚫️
PR menejment va PR tahlil
⚫️
Marketing kabi mutaxassisliklar mavjud.


Agar siz hali ham yo'nalish tanlashga ikkalanayotgan bo'lsangiz, O'zJOKU sizlarga o'z yo'nalishlarini taklif qiladi!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍4🔥3
Davlat xizmatlarini yanada qulay qilish bo‘yicha taklifingizni bildiring!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha fuqarolar, talabalar, professor-o‘qituvchilar va jamoatchilik vakillaridan takliflar qabul qiladi.

Agar Siz davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida quyidagi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz:

▪️ortiqcha hujjat yoki ma’lumot talab qilinishi;
▪️murakkab va takrorlanuvchi tartib-taomillar mavjudligi;
▪️xizmat ko‘rsatish muddatining asossiz cho‘zilishi;
▪️bir xil ma’lumotlarni turli platformalarda qayta-qayta kiritish zarurati;
▪️fuqarolarning ortiqcha vaqt, mablag‘ yoki kuch sarflashiga sabab bo‘layotgan byurokratik to‘siqlar,

ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan o‘z taklif va tashabbuslaringizni yuborishingizni so‘raymiz.

Taklifingizda quyidagilarni ko‘rsatishingiz tavsiya etiladi:

➖ mavjud muammo;
➖ uni bartaraf etish yoki soddalashtirish bo‘yicha aniq yechim;
➖ taklif amalga oshirilganda kutilayotgan ijobiy natija.

Sizning har bir taklifingiz davlat xizmatlarini yanada ochiq, shaffof, tezkor va fuqarolar uchun qulay tashkil etishga, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirishga xizmat qiladi.

📝 Taklifingizni qoldiring: @strategik_tashabbus_bot

👉🏻 Vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishi bahslari doirasida ishtirokchilarning sahna ortidagi samimiy tuyg‘ulari va hayajoniga guvoh bo‘ling.

#KelajakMuhandislari #2_kun

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026

Namangan davlat chet tillari instituti – yangi imkoniyatlar eshigi!


Xorijiy tillarni mukammal o‘rganish, xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lish hamda zamonaviy kasblarni egallashni istasangiz, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tanlang.

2026/2027-o‘quv yili uchun institutda an’anaviy xorijiy til yo‘nalishlari bilan bir qatorda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan quyidagi yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ham ochildi:

✅ 60220300 – Tarix
✅ 60410100 – Iqtisodiyot
✅ 60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari


👍 Namangan davlat chet tillari instituti – bilim, malaka va muvaffaqqiyat sari!

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️
69-239-50-51 | @NamDCHTI_qabul

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5😁2👍1
#LIVE

Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining uchinchi kuni — “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha bahslar boshlandi.

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

👉 https://youtube.com/live/hrj-b05owJs?feature=share

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2026

Kelajakning eng talabgir mutaxassisi bo‘lishni istaysizmi?

Unda sizni Andijon davlat texnika institutiga o‘qishga taklif etamiz.

2026/2027-o‘quv yilidan institutda Axborot xavfsizligi va Kompyuter injiniringi kabi yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi.

Kelajakni texnologiyalar bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, tanlovingizni bugundan boshlang.

📞 Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998 74 223 42 12
📞 +998 74 224 08 08

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤12👍2🥰1