Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda innovatsion dron interseptori — “Shunqor-88” yaratildi!

“Kelajak muhandislari” ko’rik-tanlovi doirasida Ismoilov Bilolxon va uning jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qurilma havo xavfsizligini taʼminlashda yangi bosqichni boshlab bermoqda.

Dron 450 km/soatgacha tezlikda harakatlana oladi va 8–10 km masofadagi xavfli dronlarni zararsizlantirishga moʻljallangan.

Anʼanaviy Havo mudofaasi (PVO) raketalarining narxi 2-5 million dollar boʻlsa, “Shunqor-88” dronini ishlab chiqarish atigi 20,000 – 50,000 dollar atrofida baholanmoqda.


#KelajakMuhandislari #ishlanmalar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤8🔥6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiyot sohasida yetakchi mutaxassis bo‘lishni istaysizmi?

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida sizni zamonaviy ta’lim texnologiyalari, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv jarayonlari hamda shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar kutmoqda.


Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha kunduzgi, kechki hamda masofaviy ta’lim shakllarida tahsil olish imkoniyati mavjud.

Ta‘lim yo‘nalishlari 👇
Bakalavriat:

Kunduzgi
Kechki
Masofaviy

Magistratura:
Kunduzgi
Masofaviy


📞 Qo‘shimcha ma‘lumot uchun:
+998 66 233-76-31 | +998 66 233-47-56
+998 66 233-62-56 | +998 66 233-73-68


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥2
#soʻragan_edingiz

❓Nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish qanday amalga oshiriladi?

1️⃣ transfer.edu.uz platformasi orqali:

🔹 bir nodavlat oliygohidan boshqa nodavlat oliygohiga;
🔹 davlat oliygohidan nodavlat oliygohiga;
🔹 bir nodavlat oliygohi doirasida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun arizalar qabul qilinadi.

Muhim: Yakuniy qaror tegishli nodavlat oliygohlari tomonidan qabul qilinadi.

2️⃣ my.uzbmb.uz platformasi orqali:

🔹 xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilinadi.

Muhim: O‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. O‘tish ballari nodavlat oliygohlar tomonidan minimal 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda belgilanadi.

⏳ Arizalar 2026-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1
Talabalar boshqarayotgan xostelni ko‘rganmisiz?

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida faoliyat yuritayotgan o‘quv-amaliyot xosteli turizm yo‘nalishidagi talabalar uchun haqiqiy amaliy maktabga aylandi.

Bu yerda talabalar mehmonlarni kutib olish, bron qilish, servis va mijozlar bilan ishlashni real ish jarayonida o‘rganmoqda. Nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashayotgani esa ularning kasbiy mahoratini mustahkamlamoqda.

Eng muhimi, xostel nafaqat mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda, balki turizm sohasi uchun tajribali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga ham xizmat qilmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍4🔥2😁2👏1
Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi davom etmoqda

Bugun tanlovning uchinchi kuni doirasida “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchi, amaliyotchi muhandis va talabalar o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Final bosqichida akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan va eng yuqori natijalarni qayd etgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun o‘z innovatsion g‘oyalari va ixtirolari bilan bellashmoqda.

Jarayon bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov yaqindan tanishib, ishtirokchilar hamda tashkiliy jamoa bilan muloqot qildi. U tanlovning shaffof va yuqori saviyada tashkil etilayotgani, yosh muhandislar hamda innovatorlarning ilmiy-texnik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMuhandislari #3_kun

🎥 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining uchinchi kuni “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishida o‘tkazilgan bahslarning eng yorqin lahzalari videolavhada.

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

👉 https://youtube.com/live/SIAPY8n3Nhc?feature=share

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026

📘Masofadan turib ta’lim olishni xohlaysizmi?

Kelajagingizni Buxoro davlat universiteti bilan quring! Endi ish va kundalik faoliyatingizni davom ettirgan holda, zamonaviy masofaviy ta’lim orqali nufuzli oliy ta’lim muassasasida tahsil olish imkoniyati sizni kutmoqda.

Masofaviy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
• Iqtisodiyot
• Moliya
• Bank ishi
• Buxgalteriya
• Menejment
• Marketing
• Dasturiy injiniring
• Axborot tizimlari
• Axborot xavfsizligi
• Amaliy matematika
• Yurisprudensiya
• Psixologiya
• Jurnalistika
• Tarix
• Falsafa
• Madaniyatshunoslik


💡 Nega aynan BuxDU?
✔️ Ishdan ajralmagan holda o‘qish imkoniyati
✔️ Dunyoning istalgan nuqtasidan tahsil olish
✔️ THE reytingidagi TOP-400 universitet
✔️ Xalqaro ACQUIN akkreditatsiyasiga ega ta’lim
✔️ Zamonaviy raqamli ta’lim platformalari

📲 Hoziroq BuxDUni tanlang!
🌐 my.edu.uz

📞 Qo‘shimcha ma’lumot:
+998 65 221 25 87
+998 65 221 26 85
+998 65 221 29 06
+998 65 221 30 46

🎯 Bugungi qaroringiz — ertangi muvaffaqiyatingiz!

Buxoro davlat universitetini tanlang va orzularingiz sari dadil qadam tashlang.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🤔3👍2😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari | #Final

😅Kelajak muhandislari: “Sizningcha, kim g‘olib bo‘ladi?” — Finalchilarning samimiy javoblari va unutilmas taassurotlari

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🥰3👍2🔥2