Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🔹🔹🔹🔹

🇺🇿Milliy liboslar – milliy faxrimiz.

👩O‘zbek milliy liboslari bu nafaqat tashqi nafislik, balki xalqimizning boy tarixi, asriy an’analari va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Har bir atlas, adras, do‘ppi va zardo‘z liboslarda ajdodlarimizning didi, hayot tarzi hamda milliy o‘zligi aks etadi.
➖ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

➖ O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti⁠

➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti⁠

➖ Xalqaro innovatsion universiteti⁠

➖ Urganch davlat pedagogika instituti⁠

➖ O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali⁠

➖Samarqand davlat universiteti⁠

➖ Jizzax politexnika instituti⁠

➖ Buxoro davlat universiteti⁠

➖Navoiy davlat universiteti⁠

➖ Alfraganus universiteti⁠

➖ Urganch davlat tibbiyot instituti⁠


Facebook | Instagram | YouTube |Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍4
#Qovun_sayli

🍈 Qovun sayli – 2026: UrDU pavilyoni festival mehmonlari e’tiborida

Bugun qadimiy Xivaning Ichan qal’a majmuasida an’anaviy “Qovun sayli – 2026” festivali boshlandi. Ushbu yirik madaniy tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan o‘z pavilyoni bilan faol ishtirok etmoqda.

Universitet pavilyonida olimlarning ilmiy izlanishlari va amaliy tadqiqotlari asosida qovunni qayta ishlash orqali yaratilgan 100 dan ortiq turdagi noyob va innovatsion mahsulotlar, ijodiy ishlanmalar hamda turli ko‘rgazma ekspozitsiyalari namoyish etilmoqda. Mazkur ishlanmalar festival mehmonlari va tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Festival doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida universitet pavilyoniga tashrif buyurib, namoyish etilayotgan mahsulotlar va ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida qovunni qayta ishlash asosida yaratilgan mahsulotlar, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, mahalliy xomashyo imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan izlanishlar e’tirof etildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👏5👍3🔥1
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin.

Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.

Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida
ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish

➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍3