Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi

Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining Kongress zalida “Oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish: ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ta’limda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Maykl Xoulgeyt hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi mintaqaviy ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Salim Salamah ochib berdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/206197

👉 На русском
👉 In English

#Xalqaro_anjuman

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👏4👍2😱2
#Xizmat_safari #Namangan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat universitetining Davlatobod tumani Yuksalish mavzesida bunyod etilgan zamonaviy kampusi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev tomonidan yangi kampus hududida amalga oshirilgan qurilish ishlari, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan qulayliklar hamda istiqboldagi rivojlantirish rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://namdu.uz/post=1482

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍8🔥2🥰1👏1
Bosh prokuror TDMAUda energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi bilan tanishdi

​O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurib, energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi bilan tanishdi.

​Universitet rahbariyati va sohaga mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi muloqotda dual ta’lim tizimini kengaytirish, talabalarning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliy tayyorgarligini kuchaytirish hamda soha korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

#Dual_talim #Energiya_samaradorligi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍7🔥1
📣Eʼlon!

🎓 Professor-o‘qituvchilik faoliyatiga qiziquvchi talabgorlar diqqatiga!


Bank-moliya akademiyasi 2026/2027 o‘quv yilida ilmiy-pedagogik jamoasini yuqori malakali mutaxassislar bilan kengaytirmoqda.

🔹 Yo‘nalishlar: iqtisodiyot, moliya, bank ishi, investitsiyalar, raqamli iqtisodiyot va islom moliyasi.

❗️Asosiy talablar:

➖PhD yoki DSc ilmiy darajasi;
➖mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik ish staji;
➖tegishli fan bo‘yicha bilim, malaka va amaliy tajriba.

Qo‘shimcha afzalliklar:

▪️Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro bazalardagi ilmiy maqolalar;
▪️ilmiy loyihalar va grantlarda ishtirok;
▪️xorijiy OTTlarda ta’lim yoki ilmiy tadqiqot tajribasi;
▪️xorijiy tillarni bilish;
▪️ACCA, CFA, CIMA, FRM, AAOIFI kabi xalqaro sertifikatlar;
▪️LMS va raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi.

📖 Ilm, ta’lim va professional rivojlanish yo‘lida Bank-moliya akademiyasi jamoasiga qo‘shiling!

📩 Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotlaringizni https://t.me/hr_bfa_bot. orqali yuboring.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍3🔥1👏1