Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Fotojamlanma #Xalqaro_anjuman

“Oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish: ta’lim dasturlari sifatini oshirish, ta’limda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya jarayonlaridan fotojamlanma.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7👏4😱3😁2🤔2
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum

❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun!

🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Sizni nimalar kutmoqda?
• Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot.
• Stipendiya olish imkoniyati.
• Trening, seminar va uchrashuvlar.
• Kasbiy va shaxsiy rivojlanish.
• Kuchli jamoa va professional aloqalar.
• Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash.

Amaliyot vaqti:
Dushanba–juma.
Kuniga 6 soat.

📌 Ariza topshirish bosqichlari:
1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring.
2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring.
3️⃣ CV'ingizni yuklang.
4️⃣ IQ testdan o‘ting.
5️⃣ Arizani yuboring.

☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur.

⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust!

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍5😁1
#xizmat_safari
#Namangan

Vazirning birinchi o‘rinbosari Namangandagi oliygohlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov xizmat safari doirasida Namangan davlat pedagogika instituti hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bo‘ldi.

O‘rganish davomida oliy ta’lim tashkilotlarida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, yangilanayotgan o‘quv binolari, zamonaviy auditoriya va laboratoriyalar, ilmiy-innovatsion markazlar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: Namangan davlat pedagogika instituti / Namangan davlat chet tillari instituti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍9👏2🔥1
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija

DIQQAT, E'LON!

YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI


📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

test natijalari qaydnomasi
oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36👍7🎉5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda?

Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan.


Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda.

So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi.

Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring!

English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi


📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.


📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_tengdoshim

Mustaqillik bilan tengdosh, yurtimiz taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘lib voyaga yetayotgan yoshlarimiz — bugungi islohotlarning munosib davomchilaridir

Urganch davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, mustaqil tadqiqotchi G‘ulomjon Otajonov hamda Biologiya kafedrasi o‘qituvchisi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umida Avezovaning “O‘zbekiston24” telekanalidagi “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvida ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqishdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍3🔥2