Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir Yangi Toshkentda barpo etilayotgan oliy ta’lim tashkilotlari kampuslari qurilishi bilan tanishdi

Bugun, 21-avgust kuni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Yangi Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Webster universiteti hamda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali uchun barpo etilayotgan yangi kampus va o‘quv binolari qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

↪️Dastlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining yangi kampusi qurilish maydonida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi. Hozirda 50 gektar maydonda 16 ta zamonaviy binodan iborat kampus qurilib, unda ta’lim va ilmiy-tadqiqot maskanlari, innovatsion texnopark, talabalar turar joylari, sport va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo etilishi rejalashtirilgan.


↪️Shuningdek, Webster universitetining yangi kampusi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Universitet ehtiyojlari uchun ajratilgan 20 gektar hududda 4 800 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi hamda 500 o‘rinli talabalar turar joyi bunyod etilmoqda.


↪️Shu bilan birga, N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali uchun qurilayotgan yangi o‘quv binosi ham o‘rganildi. Mazkur binoda zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalarni tashkil etish, shuningdek, talabalar uchun xalqaro talablar asosidagi zamonaviy ta’lim muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.


Tanishuv yakunida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash, yangi ta’lim maskanlarini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash hamda talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤42👍15🤩5😁1
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov

DIQQAT, E'LON!

Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi


Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤40👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

📝 Xorijda olingan ta’lim hujjatlari qachon sinovlarsiz tan olinadi?

Xorijiy davlatlarda olingan oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni qo‘shimcha sinovlarsiz tan olinadi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarori qabul qilingan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤12🔥5👍2🎉1
#Qutlov #xalqaro_musobaqa

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari Indoneziyaning Jakarta shahrida oʻtkazilgan “Festival Handai Indonesia” xalqaro indonez tili musobaqasida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

2-kurs indonez tili guruhi talabalari Abdumalikova Afroʻza musobaqaning “Berpantun” sheʼriy janri yoʻnalishida “Terbaik I” faxrli 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Odiljonova Sarvina “Berpuisi” sheʼr/monolog yoʻnalishida “Terbaik II” faxrli 2-oʻrinni egalladi.

Ushbu xalqaro musobaqada bu yil 79 ta davlatdan 542 ta ishtirokchi qatnashdi va yakunda 25 ta nomzod “Finalist” yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Talabalarni ushbu natija bilan tabriklaymiz va ulkan zafarlar bardavom boʻlishini tilab qolamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥7👍4👏2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov

Abituriyentlar diqqatiga!

🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi.

📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤11👍1🎉1
#Dayjest #YoshlarKuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazildi.

➖Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
➖Urganch davlat pedagogika instituti
➖ Toshkent davlat agrar universiteti
➖ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
➖Andijon davlat universiteti
➖ Andijon davlat chet tillari instituti
➖ Andijon davlat tibbiyot instituti
➖ Andijon davlat pedagogika instituti
➖Urganch davlat tibbiyot instituti
➖ Urganch davlat universiteti
➖ Urganch innovatsion universiteti
➖ Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6🔥4👏4😁1
#Eʼtibor #Eʼtirof

Ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan:
▪️Arabov Ilyos Ismatovich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:
▪️To‘xtasimov Shuhrat Mahmudovich — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori.

“Imom Buxoriy” ordeni bilan:
▪️Islomov Zohid Mahmudovich — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:
▪️To‘rayev Halim — Buxoro davlat universiteti professori.

“Do‘stlik” ordeni bilan:
▪️Gafurova Lazizaxon Akramovna — O‘zbekiston Milliy universiteti professori;
▪️Koroli Mexriya Anvarovna — Toshkent davlat texnika universiteti professori.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
▪️Piyazov Jenisbek Burkitovich — erkin ijodkor, opera xonandasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:
▪️Rahmanqulova Zuhra Jandarovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:
▪️Ergashev Sirojiddin Fayazovich — Farg‘ona davlat texnika universiteti professori.

“Sog‘lom turmush” medali bilan:
▪️ Abdurazoqov Doniyor Muhtor o‘g‘li — Shirin energetika texnikumi o‘quvchis;
▪️ Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li — Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi;
▪️ Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi.

“Shuhrat” medali bilan:
▪️Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna — Qo‘qon davlat universiteti fakultet dekani;
▪️Karshiyev Faxridin Umarovich — Termiz davlat universiteti professori;
▪️Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna — Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori;
▪️Nurmamatov Furqat Abdug‘aniyevich — Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti dotsenti;
▪️Rasulov Zokir Pardayevich — O‘zbekiston davlat sport akademiyasi prorektori;
▪️Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri;
▪️Yo‘ldoshev Elyor Turg‘unpo‘latovich — “Namangan International University and School” nodavlat ta’lim muassasasi direktori.


Yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍10🔥7
#eʼtirof #35Yillik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3
#eʼtirof #35Yillik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2