#e’tirof #sport
Prezident Urganch davlat universiteti talabasi Quvonchbek Ismoilovni jahon chempionligi bilan tabrikladi
Slovakiyaning Bratislava shahrida sport kurashlari bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslari davom etmoqda.
Quvonarlisi, -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Urganch davlat universiteti talabasi Quvonchbek Ismoilov final bahsida rossiyalik Salim Karmaxovga qarshi gilamga chiqdi.
Muhtaram Prezidentimiz yosh jahon chempionini ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy muborakbod etdi.
Quvonchbek Ismoilovni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Murosasiz va keskin kechgan bellashuvda hamyurtimiz 9:7 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempioni degan sharafli unvonga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa davomida Quvonchbek Ismoilov finalga qadar xitoylik Jaojian Vangni 14:5, finlyandiyalik Matias Arpyanenni 9:8, ozarbayjonlik Tural Ahmadovni 3:2 hamda ekvadorlik Veliz Karrasedoni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu yuksak natija mamlakatimizda sport va yoshlar ta’limiga qaratilayotgan e’tibor, shuningdek, iqtidorli yoshlarimizning xalqaro maydondagi salohiyati yana bir bor yuksak ekanini namoyon etadi.
Muhtaram Prezidentimiz yosh jahon chempionini ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy muborakbod etdi.
Quvonchbek Ismoilovni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob #soʻragan_edingiz
Ta’lim krediti ololasizmi yoki yo‘q?
Ta’lim krediti olmoqchisiz, lekin shartlarga mos kelamanmi-yo‘qmi deb ikkilanayapsizmi?
Endi buni my.edu.uz platformasi orqali bir necha soniyada aniqlash imkoni bor!
Jarayon juda oddiy:
🔆 my.edu.uz saytiga kirasiz;
🔆 JSHSHIR (PINFL) raqamingizni kiritasiz;
🔆 Tizim ma’lumotlaringizni avtomatik tahlil qilib, ta’lim krediti talablariga qanchalik mosligingizni ko‘rsatib beradi.
🔗 Imkoniyatingizni hoziroq my.edu.uz dan tekshiring
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Ta’lim krediti ololasizmi yoki yo‘q?
Ta’lim krediti olmoqchisiz, lekin shartlarga mos kelamanmi-yo‘qmi deb ikkilanayapsizmi?
Endi buni my.edu.uz platformasi orqali bir necha soniyada aniqlash imkoni bor!
Jarayon juda oddiy:
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi
Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yili oldidan munosib tuhfa bo‘ldi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/209898

❤12👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Imkoniyat #Tanlov
“Bunker”, “paravoz”, “X variant”dan adolatli tanlovgacha: abituriyentlar unutgan azob
Oliy ta‘limga qabul, yoshlar uchun tubdan o‘zgargan sharoit va imkoniyatlar tahlili "O‘zbekiston 24" telekanalida
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Bunker”, “paravoz”, “X variant”dan adolatli tanlovgacha: abituriyentlar unutgan azob
Oliy ta‘limga qabul, yoshlar uchun tubdan o‘zgargan sharoit va imkoniyatlar tahlili "O‘zbekiston 24" telekanalida
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24🔥1
#Mustaqillik_tuhfasi #Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik
Urganch davlat universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi ishga tushirildi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy tipda barpo etilgan 5 qavatli, 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Eng muhimi, ushbu yangi maskanning foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida talaba-yoshlarimizga munosib va ajoyib tuhfa bo‘ldi.
Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6052

❤7👏7🔥1
#2026_2027OʻquvYili
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
📌 “Dolzarb qirq kunlik”
Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.
📖 2026/2027-o‘quv yili:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔹 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.
💳 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
Talabalikka tavsiya etilgan shaxslarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lagunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat beriladi.
👩🎓 1-bosqich talabalari uchun
Yangi o‘quv yili doirasida:
▪️ talabalarni tantanali kutib olish;
▪️ “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi;
▪️ “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini samarali tashkil etiladi.
🇺🇿 “Mustaqillik darslari”
Sentyabr oyida ta’lim tashkilotlarida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tadi.
Darslar doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina va ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.
🗓 Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari oldiga o‘quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔹 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.
💳 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
Talabalikka tavsiya etilgan shaxslarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lagunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat beriladi.
Yangi o‘quv yili doirasida:
▪️ talabalarni tantanali kutib olish;
▪️ “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi;
▪️ “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini samarali tashkil etiladi.
Sentyabr oyida ta’lim tashkilotlarida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tadi.
Darslar doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina va ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤43🔥10👍1
#Magistratura2026 #Tahrirlash
⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.
❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.
❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
☝️ Muhim eslatma!
❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi.
🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.

❤47👏9🔥6😁2🤔2