Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #Bilimlar_kuni

🔔Yurtimizdagi umumtaʼlim muassasalarida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Tadbirlarda vazirlik rahbariyati vakillari hamda oliy taʼlim muassasalari masʼullari ishtirok etib, oʻquvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi. Shuningdek, Prezidentimizning maktab oʻquvchilari va ustoz-murabbiylarga yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.

➡️Qarshi davlat texnika universiteti;
➡️Urganch davlat universiteti;
➡️Jizzax politexnika instituti;
➡️Toshkent davlat agrar universiteti;
➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➡️Urganch davlat pedagogika instituti;
➡️OʻzMU Jizzax filiali;
➡️Termiz davlat universiteti;
➡️Navoiy davlat universiteti;
➡️Andijon davlat pedagogika instituti;
➡️Namangan davlat texnika universiteti;
➡️Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti;
➡️Urganch davlat tibbiyot instituti;
➡️Fargʻona davlat texnika universiteti;
➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;
➡️Buxoro davlat universiteti;
➡️Toshkent davlat texnika universiteti;
➡️Fargʻona davlat universiteti;
➡️Namangan davlat pedagogika instituti;
➡️Termiz davlat pedagogika instituti;
➡️Samarqand davlat pedagogika instituti.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁16❤11👍2
#mandat #magistratura #qabul2026

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍59❤39🔥8🤔7😁6
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

📣 DIQQAT! E'LON!


🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda

🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 17- sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 15- sentabr soat 9:00 ga qadar

📍 Imtihon : Toshkent shahrida

☎️ Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026

Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?


Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.

🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!

Bu yerda siz:
🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.


🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

📍27–29-oktabr | CAEx

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤7🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.

Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.

Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.

Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.

Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25🎉2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Study_In_Uzbekistan

Xorijiy talabalar diqqatiga!

📝 O‘zbekistonda ta’lim olish istagidagi xorijiy fuqarolar uchun “Study in Uzbekistan” platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha yangilangan videoqo‘llanma tayyorlandi.

📹Xorijiy talabalar mazkur bosqichda hujjat topshirish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari bilan batafsil tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

▶️Videoqo‘llanmani YouTube orqali ko‘rish (HD formatda)

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍1🔥1
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov

Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi


📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.

👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍1
🇺🇿🇯🇵 Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston–Yaponiya markazi tashkil etildi

Markazning tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata, Yaponiya elchixonasi maslahatchisi Kuria Tsutaki, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mamoru Sakai, JICA loyiha ishlab chiqish bo‘yicha konsultanti Naomi Abe, O‘zbekiston–Yaponiya Markazi hamdirektorlari Hiroo Iwazaki va Alisher Paygamov, markaz koordinatori va JICA vakili Heizo Nakamura, O‘zbekiston–Yaponiya Markazi milliy koordinatori Ulug‘bek Azamov, Tsukuba universiteti professori Wakana Yamaguchi, yapon tili professori Shoko Takada, O‘zbekiston–Yaponiya Markazining Buxoro shahar vakolatxonasi direktori Shaxruh Mahmudov hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.


Markaz faoliyati orqali yoshlarning yapon tilini o‘rganishi, Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishishi, xalqaro tajriba almashishi, ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtirok etishi, shuningdek, ta’lim va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Batafsil: https://bstu.uz/news/61

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤18👍7🤩4