#xizmat_safari #Qoraqalpogʻiston
Vazir Qoʻngʻirot tumani 1-son texnikumi faoliyati bilan tanishdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Qoʻngʻirot tumani 1-son texnikumida boʻlib, muassasada taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv-amaliy jarayonlar va yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga tayyorlash ishlari bilan tanishdi.
Qoʻngʻirot tumani 1-son texnikumi tumanda tashkil etilgan ilk taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Tumanning sanoat zonasi sifatidagi oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, texnikum sanoat korxonalarining malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, ular uchun zarur mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215251
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

❤20👍14👏1
#Toshkent_yarim_marafoni
Toshkent xalqaro yarim marafonida 1 636 nafar talaba ishtirok etdi
6-sentabr kuni Toshkent shahrida ommaviy yugurish musobaqasi — Toshkent xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi. Nufuzli sport tadbirida oliy ta’lim tashkilotlaridan jami 1 636 nafar talaba qatnashdi.
Musobaqa doirasida beshta start tashkil etilib, ularda qariyb 24,5 ming nafar ishtirokchi qatnashdi. Qatnashchilarning 53 foizga yaqinini ayollar tashkil etdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215347
👉 На русско

❤30😁5🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.
Nima uchun yangi yo‘nalish tashkil etilmoqda?
Hozirda O‘zDJTU talabalarining katta qismi universitetga borishda “Chilonzor” metro bekatigacha yetib kelib, undan keyin avtobuslarga o‘tadi. Natijada ertalabki tig‘iz vaqtda ushbu yo‘nalishdagi jamoat transportlarida yo‘lovchilar oqimi ortishi sababli yuklama oshadi.
Yangi vaqtinchalik yo‘nalish orqali talabalar “Mirzo Ulug‘bek” metro bekatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetgacha avtobusda yetib borishlari mumkin bo‘ladi.
Bu talabalarning ertalabki tig‘iz vaqtda universitetga tezroq va qulayroq yetib borishiga, shu bilan birga “Chilonzor” metrosi va unga tutash jamoat transporti yo‘nalishlaridagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.
Eslatma: Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤19👏7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida Mirziyoyeva
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘ldi. Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.
Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.
Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, o‘zbekistonlik iste’dod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib e’tirof topishiga zamin yaratadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍84🔥32❤24