Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.
🔗 Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari
📝 Ariza topshirish — https://t.me/cbu_official_bot
🗓 Hujjatlarni topshirish 11-sentabrga qadar davom etadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.
Talabgorlar uchun asosiy talablari
- Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari;
- Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar;
- Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
Kelajak soati 1-mavzu Taqdimot.pdf
6.1 MB
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti
Hurmatli ustozlar!
Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi.
Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Dars ssenariysi
1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz!
2-kontent: Mustaqillik va biz!
3-kontent: Talabalik maktublari
4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz

👍28❤19😁5🔥4🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalik maktublari
Ajdodlarimiz qanday davrda va qanday sharoitda yashamasin, ilm izlashdan va yangilikka intilishdan to‘xtamagan. Biz turli davrda yashagan talabalarning maktublarini bir videoga jamladik. Maktublarga real yozishmalar asos qilib olingan.
Endi esa siz o‘zingizni 35 yildan keyin yashayotgan tengdoshingizga maktub yozayotgan inson sifatida tasavvur qiling. Unga bugungi hayotingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Bugungi dunyo, orzu va intilishlaringiz, sizni o‘ylantirayotgan masalalar, kelajakdan kutayotgan umidlaringiz haqida nimalarni aytmoqchisiz? Eng muhimi, undan qanday javob eshitishni istaysiz?
Maktubingizni 20-sentyabrga qadar ushbu bot orqali yuboring. Maktub hajmi 250 so‘zdan oshmasligi kerak.
Eng yaxshi deb topilgan 35 nafar ishtirokchi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan tashakkurnoma hamda maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

❤24👍7🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik
O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
📍 Yo‘nalish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:
🗓 Qatnov boshlanishi: 7-sentabrdan
⏰ Harakat vaqti: 07:00 dan 08:00 gacha (ertalabki tig‘iz vaqtda)
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus
🎓 Manzil: avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulug'bek" metrosi oldidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosiga yetkazadi.
📍 Yo‘nalish:
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215578
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215578
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍11👏1
📢 HEMIS tizimning navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi!
HEMIS tizimining 1.9.53 (05.09.2026 y.) versiyasida OTTlarda ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish va talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
1. Ikkinchi oliy ta’lim talabalarini kiritish
Ikkinchi oliy ta’limga qabul qilingan hamda texnikumni bitirib, suhbat asosida qabul qilingan talabalarni verifikatsiya orqali tizimga kiritish anketasi ishlab chiqildi.
📍 Talabalar bazasi → Ikkinchi ta’lim talabani kiritish
2. Ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish
“Ta’lim buyruqlari” modulida ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish uchun “Darslarga ruxsat berish (ikkinchi ta’lim)” farmoyishi va uning shabloni ishlab chiqildi.
3. Ikkinchi ta’lim uchun o‘quv rejasi
Ikkinchi ta’lim talabalari uchun alohida o‘quv rejasi yaratiladigan holatlarda funksional takomillashtirildi.
Agar ta’lim shaklida “Ikkinchi oliy” tanlansa, o‘quv reja semestrlari 3-semestrdan boshlab yaratiladi.
4. O‘qishga tiklash funksionali
“Ta’lim buyruqlari → O‘qishga tiklash buyrug‘i” funksionali takomillashtirildi. Buyruqqa talaba qo‘shishda hujjat parametri hisobga olinadi va talabalar ajratiladi. Shuningdek, chetlashtirilgan talabalarni verifikatsiya orqali tiklash imkoniyati joriy etildi.
5. Xorijiy talabalarni kiritish
“Talabalar bazasi → Talaba yaratish” funksiyasidan xorijiy talabalarni kiritish olib tashlandi.
Endilikda xorijiy talabalar faqat:
📍 Talabalar bazasi → Xorijiy talabani kiritish menyusi orqali verifikatsiya bilan tizimga kiritiladi.
6. Talaba anketasi takomillashtirildi
Yangi talaba qo‘shishda anketadagi “Farmoyish/Buyruq” maydonida hech qanday hujjat tanlanmaydi.
Ushbu maydonda hujjatlar faqat buyruqlar rasmiylashtirilgandan so‘ng ko‘rinadi.
7. Talaba qo‘shish parametrlari
Quyidagi farmoyish va buyruqlarda talabalarni qo‘shish parametrlari takomillashtirildi:
▪️ Darslarga ruxsat berish turidagi barcha farmoyishlar;
▪️ O‘qishni bekor qilish farmoyishi;
▪️ O‘qishga qabul qilish buyrug‘i;
▪️ Akademik mobillikka qabul qilish buyrug‘i.

❤18👍9
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.
Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi taʼkidlandi.

❤10🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari
Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi.
🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi.
✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi.
🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.
⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:
➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha;
➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha;
➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.
💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:
▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m;
▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m;
▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m.
✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:
▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m;
▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi.
✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi.
🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.
➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha;
➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha;
➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.
💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:
▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m;
▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m;
▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m.
✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:
▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m;
▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍7
#YangiOʻquvYili #Jarayon
Oliygohlarda 1-bosqich talabalari uchun yangi oʻquv yili boshlandi
Bugun, 7-sentyabr kuni Oʻzbekistondagi oliy taʼlim tashkilotlarida 2026/2027 oʻquv yilining birinchi bosqich talabalari uchun dars mashgʻulotlari boshlandi.
Joriy oʻquv yilida oliygohlarning 209,1 ming nafar 1-bosqich talabasi ilk bor talabalik hayotiga qadam qoʻydi.
Yangi oʻquv yilining ilk kunida oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Kelajak soati” maʼrifiy darslari oʻtkazilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215640

❤12👍3🔥1😁1
DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi startaplar uchun “SGP Life Sciences” ikki oylik akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda. Dastur Biotech, Healthtech va Pharmatech yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi startaplar uchun mo‘ljallangan.
Ishtirokchilar:
Dastur O‘zbekistonda ikki kunlik oflayn Bootcamp-o’quv mashg’ulotlari va Demo Day- loyihalar taqdimoti bilan yakunlanadi. Tadbirda investorlar, korporatsiyalar va startap ekotizimi vakillari ishtirok etadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_anjuman
🤎 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Ma'rifat fidoyisi” hamda “Islohotlar bilimdoni” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda!
🌐 Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, bo‘lajak stipendiantlar hamda turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.
✔️ Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, turk va nemis tillarda qabul qilinadi.
✔️ Konferensiyaning afzalliklari:
📚 Konferensiya doirasida chop etilgan ilmiy maqolalar:
💙 Shvetsariyaning Zenodo;
💙 Yevropa ittifoqining OpenAIRE;
💙 AQShning Academia.edu xalqaro ilmiy bazalarida indekslanadi.
🎁 Har bir ishtirokchiga esdalik ko‘krak nishoni, konferensiya to‘plami, maxsus guvohnoma va sertifikat taqdim etiladi.
📎 Konferensiyada ishtirok etish uchun @bunyodkor_avlod profiliga murojaat qiling.
📞 +998880097229
📞 +998771117276
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
💬 Ilmiy faoliyatingiz uchun xalqaro e’tirof;✍️ Ilmiy portfoliongizni boyitish imkoniyati;💬 Magistratura, doktorantura va turli grant dasturlarida qo‘shimcha ustunlik;💬 “Yil talabasi” va “Islohotlar bilimdoni” tanlovlariga hujjat topshirishda qo‘shimcha ball berilishi hamda ilmiy faoliyat ko‘rsatkichi;✍️ Davlat va nomli stipendiyalar uchun ilmiy portfolioni mustahkamlash imkoniyati.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍2🔥1😱1
#INNOLAB_akseleratsiya
“INNO LAB” akseleratsiya dasturining rasmiy starti!
150 dan ortiq arizalar orasidan saralangan 30 ta jamoa allaqachon akseleratsiya dasturini boshladi.
🧬 Biotexnologiya
💊 Farmatsevtika
🩺 Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
🌱 Qishloq xo‘jaligi
🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari
🌍 Ekologiya
va boshqa innovatsion yo‘nalishlardagi loyihalar endi yangi bosqichga chiqmoqda.
Jamoalarni mentorlar, ekspertlar va soha mutaxassislari bilan birgalikdagi intensiv dastur kutmoqda.
🔥 8-sentyabr kuni “INNO LAB” akseleratsiya dasturining tantanali ochilish marosimida ushbu yangi bosqichga rasman start beriladi!
📍 INNO Technopark.
📅 8-sentyabr.
⏰ 14:00.

❤5👍2