Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.

Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.


❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
Fraunhofer jamiyati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha yetakchi tashkilotlaridan biri Fraunhofer jamiyati vakillari — Germaniyaning Fraunhofer ishlab chiqarish tizimlari va konstruksiyalash texnologiyalari instituti (Fraunhofer IPK) direktori Xolger Kol hamda "PROJECHT M" Foundation Germany raisi Mayk de Vris bilan uchrashdi.
 
Muloqot davomida oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy ishlanmalarni amaliyot va sanoatga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216453

#Xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Fraunhofer jamiyati oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi jarayonidan video lavha

#Xalqaro_hamkorlik

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👏1
Vazirlik tizimida iqtisodiy oʻqish tashkil etildi
 
8-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida iqtisodiy oʻqish boʻlib oʻtdi. Seminarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov olib bordi.
 
Tadbirda 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarini rivojlantirish boʻyicha belgilangan tizimli vazifalar hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish masalalari muhokama qilindi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216552

👉 На русском
👉 In English

#iqtisodiy_oʻqish

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🎉1
#BuxDU #Talabaga_qulaylik

Buxoro davlat universitetida 2700 o‘rinli o‘quv binosi, Quyosh fizikasi laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi va talabalar turar joyi ochildi

Buxoro davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi va “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri doirasida 2700 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi, Quyosh fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi hamda 400 o‘rinli talabalar turar joyidan iborat yangi majmuaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator Abdusaid Ko‘chimov, “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Doniyorov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda yangi o‘quv yili munosabati bilan talaba-yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Universitetning o‘z mablag‘lari hisobidan 86,5 milliard so‘m evaziga barpo etilgan yangi majmua zamonaviy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va talabalar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Marosimda ramziy qizil lenta kesilib, yangi bino foydalanishga topshirildi va uning ramziy kaliti universitet jamoasiga taqdim etildi.

Batafsil: https://surl.li/uocpdt

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤19😁2