Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazirlik tizimida iqtisodiy oʻqish tashkil etildi
 
8-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida iqtisodiy oʻqish boʻlib oʻtdi. Seminarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov olib bordi.
 
Tadbirda 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarini rivojlantirish boʻyicha belgilangan tizimli vazifalar hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish masalalari muhokama qilindi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216552

👉 На русском
👉 In English

#iqtisodiy_oʻqish

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🎉1
#BuxDU #Talabaga_qulaylik

Buxoro davlat universitetida 2700 o‘rinli o‘quv binosi, Quyosh fizikasi laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi va talabalar turar joyi ochildi

Buxoro davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi va “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri doirasida 2700 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi, Quyosh fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi hamda 400 o‘rinli talabalar turar joyidan iborat yangi majmuaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator Abdusaid Ko‘chimov, “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Doniyorov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda yangi o‘quv yili munosabati bilan talaba-yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Universitetning o‘z mablag‘lari hisobidan 86,5 milliard so‘m evaziga barpo etilgan yangi majmua zamonaviy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va talabalar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Marosimda ramziy qizil lenta kesilib, yangi bino foydalanishga topshirildi va uning ramziy kaliti universitet jamoasiga taqdim etildi.

Batafsil: https://surl.li/uocpdt

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤19😁2