Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

📝 Magistraturaga qabul qilingan talabgordan qanday hujjatlar talab qilinadi?

Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan.

Batafsil videoda 👆

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤21👍4🔥4🥰4
#BuxDPI #Hamkorlik

Buxoroda Koreys tili ta’lim va malaka oshirish markazi o‘z faoliyatini boshladi

Buxoro shahrida Koreys tili ta’lim va malaka oshirish markazining ochilish marosimi hamda Buxoro davlat pedagogika institutida Koreys tili yo‘nalishining tashkil etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasidagi Koreya Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Toshkent Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong, Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati, Buxoro davlat pedagogika instituti rektor Bahodir Maʼmurov, umumta’lim maktablari direktorlari va o‘qituvchilari, shuningdek, koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchi va talabalar ishtirok etdilar.

Buxoroda Koreys tili ta’lim va malaka oshirish markazining tashkil etilishi hamda Buxoro davlat pedagogika institutida Koreys tili yo‘nalishining ochilishi — yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlari, pedagoglar uchun kasbiy rivojlanish va ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona ta’lim-madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.

Batafsil:
https://buxdpi.uz/

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤15👏3🔥2
#Hemis #yangi_versiya

❗️ HEMIS tizimining navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi!


HEMIS tizimining 1.9.57 (09.09.2026.y.) versiyasida oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.

➖ Buyruq va farmoyishlarga talabalarni qo‘shish nazorati kuchaytirildi

Endilikda, agar talaba avval mos turdagi buyruq yoki farmoyishga qo‘shilgan va mazkur hujjat hali imzolanmagan bo‘lsa, uni boshqa shu turdagi buyruq yoki farmoyishga qo‘shish mumkin bo‘lmaydi.

➖ “Boshqa” statusidagi talabalar anketalarini o‘chirish funksiyasi takomillashtirildi

Agar talaba biror buyruq yoki farmoyishga qo‘shilgan va mazkur hujjat hali to‘liq imzolanmagan bo‘lsa, uning anketasini o‘chirish mumkin. Bunda talaba qo‘shilgan buyruq yoki farmoyishdagi shu vaqtgacha qo‘yilgan imzolar bekor qilinadi va hujjat qayta tahrirlash holatiga o‘tkaziladi.

➖my.edu.uz va HEMIS o‘rtasida yangi xizmat yaratildi

🌐 my.edu.uz va HEMIS tizimlari o‘rtasida talabalarni tegishli bo‘lmagan OTT tizimidan chiqarish bo‘yicha yangi xizmat joriy etildi. Talabaning murojaatiga asosan uning anketasi OTT bazasidan avtomatik tarzda o‘chiriladi yoki o‘chirish uchun tegishli murojaat yuboriladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤16👍4🔥4😁1
Oliy taʼlim tizimida yaratilgan 400 dan ortiq nashr Milliy kutubxonaga topshirildi

Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarida so‘nggi o‘n yil davomida nashr etilgan adabiyotlarni jamlash va ularni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondini boyitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Mazkur ishlar doirasida 400 dan ortiq nashr nusxasi — monografiyalar, ilmiy to‘plamlar, dissertatsiyalar, o‘quv va badiiy adabiyotlar, ma’lumotnomalar, ilmiy-ommabop nashrlar, albomlar, jurnallar hamda boshqa adabiyotlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216758

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6👏2
#Avtomobilsiz_kun

10-sentyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🥰1