#KelajakTadbirkori_2026 #live
Jizzaxda “Kelajak tadbirkori–2026” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 10-sentyabr kuni Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion loyihalari, startaplari va boshqa imkoniyatlarini ko‘rgazma orqali namoyish etmoqda.
Yarmarka doirasida yoshlarga kasb va tadbirkorlik bo‘yicha amaliy imkoniyatlar, bandlik masalalari hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

👍7❤5
Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.
🤝 Tadbir davomida:
✅ SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari;
✅ xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
✅ ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.
📅 Sana: 12-oktyabr, 2026-yil
🕘 Vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent
📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting: https://shorturl.at/MFfKM
💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.
📅 Sana: 12-oktyabr, 2026-yil
🕘 Vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent
📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting: https://shorturl.at/MFfKM
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
Nukusda “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
Nukus shahrida talaba-yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida 3 kilometr masofaga mo‘ljallangan “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari hamda sportsevar yoshlar faol ishtirok etdi. 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan marafonda yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va irodasini namoyon etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👉 На русском
👉 In English

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Esengeldi Tleuimbetov;
🥈 2-o‘rin — Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Azamat Orazbayev;
🥉 3-o‘rin — Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Yoldoshboy Satimbayev.
Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Aysha Jumambetova;
🥈 2-o‘rin — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Diana Daulbayeva;
🥉 3-o‘rin — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Sevinch Xudaybergenova.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍1
11-sentyabr soat 17:00 da "Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?" mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq suhbat tashkil etiladi.
🧑🏻🎓Suhbat davomida yaqinda OTMga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:
🔹Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;
🔹Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;
🔹Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.
Ovozli chatda ishtirok etish uchun havola:
👉 https://t.me/huquqplus?livestream
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥6👍3🥰1
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

❤23😁9😱8👍6👏5
I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi oʻtkaziladi
Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Ederning Oʻzbekistonga tashrifi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekistonning talabalar sporti sohasidagi ilgʻor tajribasini butunjahon sport hamjamiyatiga tanitish va boshqa davlatlarda qoʻllash maqsadida 2026-yil 29-sentabrdan 2-oktabrgacha
I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi boʻlib oʻtadi.
Forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda xalqaro universitet sporti tashkilotlari vakillari ishtirokida talabalar sportini rivojlantirish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va oʻzaro hamkorlik istiqbollarini belgilashga qaratilgan uchrashuv hamda tadbirlar tashkil etiladi.
Tadbirda Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) rahbariyati, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston talabalar sporti federatsiyalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
👉 На русском
👉 In English
#MarkaziyOsiyo #TalabalarSporti #Forum #FISU

❤13🔥5👍1😁1