Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Nukusda “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi

Nukus shahrida talaba-yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida 3 kilometr masofaga mo‘ljallangan “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari hamda sportsevar yoshlar faol ishtirok etdi. 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan marafonda yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va irodasini namoyon etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Esengeldi Tleuimbetov;
🥈 2-o‘rin — Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Azamat Orazbayev;
🥉 3-o‘rin — Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Yoldoshboy Satimbayev.


Qizlar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin — Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Aysha Jumambetova;
🥈 2-o‘rin — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Diana Daulbayeva;
🥉 3-o‘rin — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Sevinch Xudaybergenova.


G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍1
11-sentyabr soat 17:00 da "Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?" mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq suhbat tashkil etiladi.


🧑🏻‍🎓Suhbat davomida yaqinda OTMga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:

🔹Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;

🔹Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;

🔹Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.

🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxanov

Ovozli chatda ishtirok etish uchun havola:
👉 https://t.me/huquqplus?livestream

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🔥6👍3🥰1
Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.

Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.

Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.

Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23😁9😱8👍6👏5
✅✅✅✅

I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi oʻtkaziladi


Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Ederning Oʻzbekistonga tashrifi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekistonning talabalar sporti sohasidagi ilgʻor tajribasini butunjahon sport hamjamiyatiga tanitish va boshqa davlatlarda qoʻllash maqsadida 2026-yil 29-sentabrdan 2-oktabrgacha
I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi boʻlib oʻtadi.

Forum doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda xalqaro universitet sporti tashkilotlari vakillari ishtirokida talabalar sportini rivojlantirish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va oʻzaro hamkorlik istiqbollarini belgilashga qaratilgan uchrashuv hamda tadbirlar tashkil etiladi.

Tadbirda Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) rahbariyati, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va Turkmaniston talabalar sporti federatsiyalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

👉 На русском
👉 In English

#MarkaziyOsiyo #TalabalarSporti #Forum #FISU

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥5👍1😁1
Navoiyda Koreys tili va Koreya madaniyati markazi ochildi

Navoiy davlat universitetida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan Koreys tili markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Markazning tantanali ochilish marosimida Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov, Koreyaning Bucheon University rektori Jan Chun Su hamda ikki oliygoh vakillari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Yangi markaz Navoiy davlat universiteti talabalari uchun koreys tilini o‘rganish, Koreya oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍4🤩3
O‘zbek-Fransuz universitetida yangi ta’lim imkoniyati

O‘zbek-Fransuz universitetida «Biznesni boshqarish» bakalavriat ta’lim dasturi bo‘yicha qabul davom etmoqda.

Ta’lim dasturi doirasida talabalarga:

• zamonaviy va xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlari asosida tahsil olish;
• xalqaro professor-o‘qituvchilardan bilim olish;
• xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish;
• nufuzli xalqaro tashkilotlar va yirik korxonalarda amaliyot hamda stajirovka o‘tash;
• ingliz tilidan tashqari qo‘shimcha xorijiy tillarni o‘rganish;
• talabalar uchun mavjud imtiyoz va chegirmalardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

«Biznesni boshqarish» bakalavriat ta’lim dasturiga hujjat topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar onlayn shaklda ariza yuborishlari mumkin.

Hujjat topshirish: Onlayn ariza shakli

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Barcha talabalar diqqatiga!

📲 To‘lov shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan onlayn ariza yuboring.

➡️ Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
✅ Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.

📌“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16😱2