Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #marosim

Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3🔥1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdi.

Prezidentlar muzokaralar davomida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berdilar.

Oʻzbekistonda Janubiy Koreya universitetlarining toʻrtta filiali faoliyat yuritib, pedagogika, AT, muhandislik, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy iqtisodiyotning boshqa ustuvor yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda KOICA koʻmagida tashkil etilgan 5 ta kasb-hunarga oʻqitish markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlar yoshlarimizga kelgusida qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishiga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Kadrlar tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba almashishda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.


#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #muzokaralar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥1
🌱 Fermerlar va agro-tadbirkorlar uchun akselerator dasturi yakunlandi

International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) tashabbusi asosida, Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) moliyaviy ko‘magida hamda Innovatsion rivojlanish agentligi va Nukus Yoshlar texnoparki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan fermerlar va agro-tadbirkorlar uchun Akselerator dasturining yakuniy “Demo Day” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida dastur ishtirokchilari tomonidan bozor talablari asosida tayyorlangan loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ekspertlar va hamkor tashkilotlar vakillari natijalar bilan yaqindan tanishdilar.


Yakuniy taqdimotlarda esa loyihalar dolzarbligi, amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi va rivojlanish istiqbollari asosida baholandi. Eng yaxshi va istiqbolli deb topilgan 10 ta loyiha pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
❤11👍2🔥1