Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston taʼlim vakillari Xitoyda sunʼiy intellekt va raqamli taʼlim boʻyicha malaka oshirmoqda

Xitoyning Lanchjou shahrida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston taʼlim sohasi vakillari ishtirokida sunʼiy intellekt va raqamli taʼlim yoʻnalishlariga bagʻishlangan xalqaro malaka oshirish dasturi boshlandi.

Dasturda ikki davlat taʼlim boshqaruvi organlari va oliy taʼlim muassasalaridan jami 27 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Tashabbus Xitoyning Shimoli-gʻarbiy pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — taʼlimda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish boʻyicha tajriba almashish, taʼlim sohasidagi rahbarlik salohiyatini oshirish hamda raqamli taʼlim industriyasi bilan hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218807

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤13👍2
#Koreya #xalqaro_hamkorlik

Koreya – Markaziy Osiyo: sun’iy intellekt, fan va texnologiyalar sohasida yangi hamkorlik bosqichi


Bugun, 14-sentyabr kuni Seul shahrida “Korea–Central Asia Future AI, Science and Technology Partnership Ministerial Meeting” — Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining sun’iy intellekt, fan va texnologiyalar sohasidagi vazirlar darajasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar ofisi direktori Akbarxon Sobirxonov O‘zbekiston nomidan fan va texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi. Uchrashuvda Koreya Respublikasi hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/219092

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤8👍2
#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #hujjatlar

Muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤10👍1🔥1
#Xizmat_safari #Andijon

Andijondagi oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim jarayonlari o‘rganildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Andijon viloyatidagi “Chinobod Real Biznes” MChJ, “Andijon Jinlun” korxonasi va  “Cambel” elektrobus zavodida bo‘lib, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab, “Chinobod Real Biznes” korxonasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Ipakchilik va tutchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti Zooinjeneriya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilayotgan dual ta’lim jarayonlari bilan tanishildi.

So‘ng, “Andijon Jinlun” korxonasi va  “Cambel” elektrobus zavodida Andijon davlat texnika instituti talabalarining uchun tashkil etilgan dual ta’lim jarayonlari, ularning amaliy mashg‘ulotlarda ishtiroki, ishlab chiqarish jarayonining ta’lim bilan uyg‘unligi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/219133

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤13👍4
O‘zDJTU rektorining ilg‘or ta’lim borasidagi qarashlari xalqaro nashrda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning zamonaviy universitetni rivojlantirish, yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda O‘zbekiston oliy ta’limining xalqaro nufuzini oshirish borasidagi qarashlari Buyuk Britaniyaning London Post nashrida e’lon qilindi.

“Building the University of Tomorrow: Ilkhomjon Tukhtasinov’s Vision for a Global Uzbekistan” sarlavhali maqolada O‘zDJTU rektorining ta’lim kelajagi, talabalar salohiyati va global universitet modeli haqidagi fikrlari yoritilgan.

👉 Maqolani to‘liq o‘qish: London Post⁠

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏23❤15😁5😱5