Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Turkiyaning Nejmiddin Erbakan universiteti, Bursa texnika universiteti, Vatan universiteti kabi 10 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlaridan 40 dan ziyod professor-o‘qituvchi, shuningdek, mamlakatimiz OTMlari vakillari, olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanda raqamli transformatsiya, barqaror rivojlanish, madaniy meros va ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

#Jizzax #JDPU #IpakYoli #XalqaroHamkorlik

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6
Buxoro davlat texnika universitetida 4 yillik bakalavriat dual ta’limi yo'lga qo'yildi

Buxoro viloyatidagi korxonalarning 4 yillik dual ta’lim bakalavriati bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji 1 500 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa talabalar uchun amaliy ta’lim va kelgusida bandlik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga imkon bermoqda.

Dual ta’limni rivojlantirish va universitet–ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish maqsadida rektor Sadoqat Siddiqovaning taklifiga binoan Germaniyaning Kassel universiteti professori Michael Albert Zöbisch universitetga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida rektor bilan uchrashuv o‘tkazilib, dual ta’limni rivojlantirish, Germaniya tajribasini joriy etish va ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda professor Michael Albert Zöbisch tomonidan bir hafta davomida universitet jamoasi va ishlab chiqarish korxonalari vakillari uchun dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarda dual ta’limning samarali modellari, universitet–korxona hamkorligi, talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga integratsiya qilish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha Germaniya tajribasi taqdim etilmoqda.


Batafsil...

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏7❤6🔥3
#Olimlar_minbari
#14.09–20.09.2026

“Yoshlik shaharchasi — oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;
 
“Milliy yuksalish tayanchi” — Fazliddin MOʻMINOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi;
 
“Texnikumlarda zamonaviy kasblar. Janubiy Koreya bilan aloqalar yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi” — Azimjon HUSANOV, Kasbiy taʼlim agentligi direktori;
 
“Inson kapitali va yuqori texnologiyalarga asoslangan strategik sheriklik” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;
 
“O‘zbekiston–Janubiy Koreya aloqalari: agrar sohada innovatsion texnologiyalar zamonaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori;

“
Yangi O‘zbekiston universitetlarining taraqqiyot yo‘li” — Akmal ALLAKULIYEV, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori;
 
“Til va texnologiya” — Qudratulla OMONOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti birinchi prorektori, professor;

«Атомная энергетика Узбекистана: базовая мощность для устойчивого будущего» — Кахраман АЛЛАЕВ и Икромжон РАХМОНОВ, профессоры Ташкентского государственного технического университета;
 
“Ezgu  fikr,  ezgu  soʻz  va  ezgu  amallar  mamlakati” — Qiyomiddin NAZAROV, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori;
 
«Международный финансовый центр в Узбекистане: правовая природа, значение и перспективы развития» — Дилором КАРАХОДЖАЕВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;
 
“Tarixiy  quvvat  kelajakka zamin hozirlamoqda” — Darmonoy OʻRAYEVA, Buxoro davlat universiteti professori;

«От нормы закона – к удобной услуге» — Дилдора БАЗАРОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;
 
“O‘zbek alifbosi islohoti” — Saodat MUHAMEDOVA, Toshkent  davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori;
 
“Kreditdan – bilimlar sari yohud qishloq xo‘jaligi moliviy barkarorligining zamonaviy formulasi” — Saidasror GʻULOMOV, Toshkent davlat agrar universiteti professori, akademik, Saidaʼlo SAIDNABIYEV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi mutaxassisi;
 
“Kelajak uzoqda emas, u bugundan boshlanadi” — Oybek OSTONOV, Toshkent davlat agrar universiteti kafedra mudiri, dotsent;
 
“Fikrlash madaniyati” — Jasurbek ASLONOV, Oʻzbekiston milliy universiteti dotsenti.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥8👍2
#KelajakTadbirkori2026 #Toshkent

“Kelajak tadbirkori – 2026” — katta imkoniyatlar maydoni


Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Ko‘rgazmada ishtirokchilar uchun:

⚫️ Bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyotlar
⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv
⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar


Ko‘rgazmaning maqsadi — talaba-yoshlar va ishsiz fuqorolar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Tashkilotchilar: Markaziy bank, Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi.

🗓 24-sentyabr.
📍Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari saylgohida.

Sizni “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥1