Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Samarqandda “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti o‘tkazildi

Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ta’lim, davlat siyosati, ilmiy tadqiqotlar va shaxmat sohasidagi mutaxassislarni bir joyga jamladi hamda shaxmatning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan FIDE Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev va boshqa mutaxassislar shaxmatni ta’lim tizimiga keng integratsiya qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda shaxmat vositasida yosh avlodda XXI asr uchun zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224640

#Xalqaro_anjuman #FIDE

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🔥2👍1
Buxoroda ilk marotaba: halol gastronomiya va turizm bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslari yakunlandi

Buxoro davlat texnika universitetidagi Halol gastronomiya va turizm mukammallik markazida Malayziyaning UTHM universiteti bilan hamkorlikda gastronomiya va turizm bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslari o‘tkazilib, ishtirokchilarga MS 1500:2019 standarti asosida nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Kurslarda restoran va mehmonxona rahbarlari, ma’murlar, oshpazlar, ofitsiantlar, gastronomik gidlar hamda dietologlar ishtirok etib, zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar va halol xizmat ko‘rsatish talablari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.


Mashg‘ulotlarni Malayziyaning UTHM universiteti mutaxassislari Dr. Muhammad Suhaimi bin Sulon va Dr. Wan Ainaa Mardhiah binti Wan Zahari olib bordi. Ishtirokchilarga Malayziyaning halol industriyasidagi ilg‘or tajribalar taqdim etildi.

Batafsil...

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreya tajribasi: mikroelektronikadan raqamli taʼlimgacha

Cyber University mutaxassislari Janubiy Koreyaning mikroelektronika, kiberxavfsizlik va raqamli taʼlim texnologiyalari boʻyicha ilgʻor tajribasini oʻrganmoqda.

Malaka oshirish dasturlari doirasida integral mikrosxemalarni loyihalash, yarimoʻtkazgich mahsulotlarini yigʻish va sinovdan oʻtkazish, shuningdek, taʼlim jarayonini raqamlashtirish masalalariga eʼtibor qaratilmoqda.

Xorijiy tajriba universitet taʼlim dasturlarini takomillashtirish va talabalarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishda qoʻllaniladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍3😁1