Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir FISU va AUSF rahbariyati vakillari bilan uchrashdi

2026-yil 29-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) va Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF) rahbariyati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda FISU prezidenti Leonz Eder, Xalqaro universitet sporti federatsiyasi bosh kotibi oʻrinbosari Fernando Silva Parente, Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi prezidenti Qayrat Qayrullinovich, Moʻgʻuliston talabalar sporti federatsiyasi bosh kotibi Jargalsayxan Dorjsuren hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumini yuqori saviyada tashkil etish, Oʻzbekistonda talabalar sportini rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish hamda universitetlar sporti sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/226056

👉 На руском
👉 In English

#Forum #Talabalar_sporti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb havas qilardim"

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqib, farzandi va yosh shaxmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

"Prezidentimiz bolalar bilan suhbat qurganlarini televizorda ko‘rib, “Mening bolamning orqasida ham Prezidentimiz turarmikan, yonida bolam turarmikan”, deb juda havas qilardim. Allohga behisob shukr, shu kunlarga yetkazganiga. Men baxtli onaman", — dedi Iroda Isroilova.


U farzandi shaxmatdagi ilk qadamlarini qo‘yayotgan paytlarda xorijga chiqish vizasi va aviachiptalar xarajatlarini qoplash, chet ellik murabbiylarni jalb qilish kabi masalalar ota-onalar uchun katta muammo bo‘lganini esladi.

"Bularning hammasini qilib berganingiz uchun, bolalarimiz shu darajaga tezlikda yetib chiqqanlari uchun sizga alohida minnatdorlik bildiraman. Hozirgi kunda bir ona uchun bizga boshqa nima kerak? Faqat Sizni, bolalarimizni duo qilamiz", — dedi shaxmatchining onasi.


Yillar avval televizor qarshisida turib, farzandini ham Prezident yonida ko‘rishni orzu qilgan ona bugun o‘sha orzusi ro‘yobga chiqqanini ta’kidladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤30👍9👏4
#Eʼtirof #Taqdirlash

Tadbir davomida bir qator oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari ham “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥12❤7👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q"

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba butun xalqimizning yutug‘i ekanini ta’kidladi.

U O‘zbekiston Hindiston, Xitoy va AQSh kabi kuchli terma jamoalarni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritganini qayd etdi.

"Bizda javob har doim bitta: biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q!"


Abdusattorov, shuningdek, jahonning eng katta sahnalarida O‘zbekiston sharafi va bayrog‘ini munosib himoya qilishga va’da berdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉19❤12👍10😁7🤩2
#xalqaro_hamkorlik #ilm_fan #konferensiya

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi

26-sentyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya - ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda 16 mamlakatdan 150 nafar delegat ishtirok etdi.

Konferensiyada sun’iy intellekt, zamonaviy til texnologiyalari, madaniyatlararo muloqot hamda tarjimonlik kasbining kelajagiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👏3🥰2👍1🔥1