Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Jizzax politexnika instituti Xitoy bilan ta’lim, sun’iy intellekt va muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirmoqda

Institut rektori Alisher Usmonqulov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga tashrifi doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy almashinuv va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Institutning Sujou texnologiyalar universiteti bilan “2+2” qo‘shma ta’lim dasturining ilk talabalari Xitoyda tahsil olishni boshladi, shuningdek, sun’iy intellekt, elektromobillar va avtonom transport vositalari bo‘yicha qo‘shma loyihalar hamda laboratoriyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya JAC Motors kompaniyasiga tashrif buyurib, zamonaviy ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishdi hamda muhandislik ta’limi, amaliy tayyorgarlik, ta’lim va sanoat integratsiyasi hamda istiqboldagi investitsiyaviy loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishdi.


Batafsil:
https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/728/

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5🥰3🔥1
#Tanlov

“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining
Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

3-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda oliygoh bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, mexatronika va robototexnika, aqlli qurilmalar hamda IoT yechimlari yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini taqdim etdi.

Taqdirlash marosimida universitet rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, tanlovda faol qatnashgan talaba-qizlarning tashabbuskorligi va intilishini alohida e’tirof etdi.

Tanlov yakuniga ko'ra, birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Batafsil...

👉На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25🔥4👍2
#Tanlov2026

ENG FAOLLAR ANIQLANADI! TANLOVGA MARHAMAT!


✏️Sizning tashkilotingiz milliy malaka tizimini rivojlantirish, zamonaviy kasbiy standartlarni joriy etish yoki malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shyaptimi? Unda bu tanlov — SIZ UCHUN!

🇺🇿 Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti “Milliy malaka tizimi ishtirokchilari Respublika tanlovi”ni e’lon qiladi!

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔹 “Eng faol kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi”
🔹 “Eng faol ish beruvchi tashkilot”

👍 Tanlov — ilg‘or tajribangizni namoyish etish, samarali tashabbuslaringizni ommalashtirish va faoliyatingizni respublika miqyosida e’tirof ettirish uchun imkoniyat!

⏰ Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va tegishli hujjatlar 2026-yil 12-oktyabrdan 28-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirishni so‘nggi kunga qoldirmang! Tanlov g‘oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📌 Tanlov nizomi

👍 Tanlovda g‘oliblik uchun o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring!

➡️Batafsil

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥3
ПФ-213.pdf
661.8 KB
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni

Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:
✅ maktabgacha taʼlim va tarbiya;
✅ umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
✅ kasbiy taʼlim;
✅ oliy taʼlim;
✅ oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
✅ kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
✅qoʻshimcha va norasmiy taʼlim.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari
va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha
huquqiy vorisi hisoblanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤42👍20😱8👏4🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orzular yo‘lidagi 8 talaba

Bu kontentda “Ko‘mak” fondi orqali Germaniyada tahsil olgan 8 nafar o‘zbek talabasi, ularning ilm-fan, millat va istiqlol yo‘lidagi orzulari hamda bugungi avlodga qoldirgan buyuk maqsadlari haqida hikoya qilinadi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Eslatma: Video kasbiy ta‘lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤15🔥4👏2😱2
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi

“O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–359-son, 02.10.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi.

🏫 Ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi.

🌐 Ta’lim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.

📚 O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

🎓 2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

💰 2030/2031-o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

🤝 Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍3🤩1
#Nobel

2026-yilgi Nobel mukofoti: optogenetika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun

2026-yilgi Nobel mukofoti fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishida Karl Deysserot, Peter Hegemann va Georg Nagelga berildi. Olimlar yorug‘lik yordamida boshqariladigan ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlari uchun taqdirlandi.

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi. Bu usul miya faoliyati, xotira, harakat va turli nevrologik jarayonlarni o‘rganishda muhim ilmiy vositaga aylandi.

Optogenetika — hujayralar, xususan, neyronlar faoliyatini yorug‘lik yordamida boshqarish imkonini beruvchi usul. Texnologiya asab tizimining qanday ishlashini chuqurroq o‘rganish va ayrim kasalliklarning mexanizmlarini tadqiq etishda qo‘llanadi.

Nobel mukofotining rasmiy sayti: Nobel Prize

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤7🔥5👏2
#KuzQishMavsumi

Talabalar xavfsizligi: profilaktikadan doimiy nazoratgacha
 
2026/2027-oʻquv yilining kuz-qish mavsumida taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilishga qaratilgan profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda 5-oktyabr kuni oʻtkazilgan profilaktik uchrashuvda oliy taʼlim tizimi masʼullari, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, oliy taʼlim tashkilotlarining 1 600 nafardan ortiq yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari, masʼul dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, profilaktika inspektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

  
Joriy yilning 29 sentyabr — 4 oktyabr kunlari 48 ta oliy taʼlim tashkiloti tomonidan 1 983 ta ijara xonadon oʻrganilib, 3 250 nafar talaba bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Yigʻilishda oʻrganishlar natijasi, berilgan tavsiyalarning bajarilishi va talabalar xavfsizligining keyingi holati doimiy nazoratda boʻlishiga eʼtibor qaratildi.
  
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/228272

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👏2