Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.64K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/231315

👉 На руском
👉 In English

#VazirUchrashuvi #Natijadorlik #AmaliyYechim

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍72❤13🔥10👏3
Yangi Toshkentda yangi inshootlar ishga tushirilib, yirik loyihalarning qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda bunyod etilgan inshootlarni ishga tushirish va yangi obyektlarning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

Oʻtgan davrda Yangi Toshkentda 2 milliard dollarlik ishlar bajarildi. Turar joylar, universitetlar, kutubxona va amfiteatr qurildi. Bugungi marosimda umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan yettita obyekt ishga tushirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍6🔥2
❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi prezident.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍114🔥21❤19😁3🎉1
#Tanlov #Natija

🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 304 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

📝 Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Shuningdek, sinov tariqasida ommaviy diktant olindi. Test natijalari teng bo‘lib qolgan taqdirda, yuqori o‘rinlar aynan shu diktant natijasiga ko‘ra aniqlandi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

➡️G‘oliblar ro‘yxatini ko‘rish

🏆Tanlov nizomiga muvofiq, hududiy bosqich g‘oliblari o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍11🔥5🥰1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Amazon Web Services {
👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida!

🔊 AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri — Amazon Web Services bilan olib borilgan muzokaralar natijasida sun'iy intellekt va AT kurslari ishga tushirildi. Ushbu kurslar shunchaki nazariya emas, balki bevosita amaliyotga asoslangan:

➡️ AWS Certified xodimlari bor tashkilotlarning 91% innovatsiya oshganini, IT rahbarlarining 90% esa unumdorlik yaxshilanganini bildirgan.

🔴 aileaders.uz sahifasida ushbu kurslarni bepul o'qishingiz mumkin:

✅Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers;
✅ Planning a Generative AI Project;
✅Security, Compliance, and Governance for AI Solutions;
✅Essentials of Prompt Engineering;
✅Job Roles in the Cloud va boshqalar.


➡️ O‘z sohangizning yetakchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiriting, it-istedod.uz orqali xarajatlaringizni 100% gacha qaytarib oling!

📃 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: 🌟 aileaders.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3