Edu.uz
✔
144K subscribers
39.9K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur

“Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari g‘olib va sovrindor bo‘ldi

Samarqand shahridagi Turizm markazida 3 kilometr masofada “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

🏆 “Talaba-yugur” musobaqasi natijalari:
Yigitlar o‘rtasida:
🥇 Azizbek Boshmonov — Samarqand davlat pedagogika instituti;
🥈 Quvonchbek Xalimov — Samarqand davlat pedagogika instituti;
🥉 Ziyodulla Sag‘dullayev — Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

Qizlar o‘rtasida:
🥇 Shaxnoza Ziyodullayeva — Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
🥈 Gulsevar Bolg‘ayeva — Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
🥉 Tiniqoy Ochilova — Samarqand davlat pedagogika instituti.


G‘olib va sovrindorlar medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15🔥3🥰1🎉1🤩1
#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤41🔥17👍5🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til bilimdonlari” hamda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9🔥5
#Tanlovlar #Final

🇺🇿O‘zbek tiliga mehr va ehtirom, bilim va ijodkorlik birlashgan tanlovlar: final bosqichlari bo‘lib o‘tdi

🏛 15-oktyabr kuni vazirlik Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til bilimdonlari” hamda xorijlik talabalar o‘rtasidagi “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovlarining final bosqichlari tashkil etildi.

🔹102 ming nafardan ortiq talaba-yoshni qamrab olgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining hal qiluvchi bosqichi Toshkent davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tkazildi. Unda hududiy hududiy bosqishlarda saralashlangan 45 nafar eng bilimdon ishtirokchi diktant, test sinovlari va insho yozish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/233686

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13😁5👍3
#sarhisob_murojaat
#infografika

2026-yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/233565

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3