Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy ta’lim vakillari — Para Osiyo öyinlari sovrindorlari!

Yaponiyaning Aiçi prefekturasi va Nagoya şahrida ötkazilayotgan Aiçi–Nagoya–2026 Para Osiyo öyinlarida Özbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlari va öqituvçilari muvaffaqiyatli iştirok etib, medallarni qölga kiritmoqda.

🥇🥇 Qarşi davlat universiteti talabasi Navröza Axmatova F41 klassida disk uloqtiriş bahsida 30,11 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilab, oltin medalni qölga kiritdi. Avval yadro uloqtiriş bahslarida ham rekord örnatib, çempionlikka erişgan sportçimiz musobaqalarda ikkita oltin medalni qölga kiritdi.

🥈 Andijon davlat pedagogika instituti talabasi Muhammadabdulloh Tursunjonov T47 klassida balandlikka sakraş bahsida 1,94 metr natija bilan kumuş medalni qölga kiritdi.

🥈 Qarşi davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi öqituvçisi Sevinçbek Husanov T12 klassida uzunlikka sakraş bahsida 6,54 metr natija körsatib, kumuş medalga sazovor böldi.

🥉 Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Urgançbek Egamnazarov gid-yuguruvçi Sardor Baxtiyorov bilan birgalikda T11 klassida 400 metrga yuguriş bahsida 52,99 soniya natija qayd etib, bronza medaliga sazovor böldi.

🥉 Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya va sport maşğulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 1-bosqiç magistranti Muhammad Rixsimov F42/63 klassida yadro uloqtiriş bahsida 13,77 metr natija bilan bronza medaliga sazovor böldi.

🥉 Şuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Zuhro Fayzullayeva ayollar örtasida F35 klassida yadro uloqtiriş bahsida 7,57 metr natija körsatib, bronza medalini qölga kiritdi.


Uşbu natijalar sportçilarimizning matonati, qat’iyati va yuksak mahoratini namoyon etib, mamlakatimiz sporti hamda oliy ta’lim muassasalari uçun katta faxrdir.

#ParaOsiyo2026 #Talaba_yutuqlari
#Talabalar_sporti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16🔥8😁4👏2
#Olimpiada #Jarayon

Asosiy olimpiadaning tuman (şahar) bosqiçi davom etmoqda


Ayni kunlarda yurtimiz böylab barça tuman (şahar)larda asosiy fan olimpiadasining ikkinchi — tuman (şahar) boqiçi bölib ötmoqda. Unda iştirok etiş uçun 500 ming nafardan ortiq öquvçi röyxatdan ötgan bölib, jarayonlar 27-oktabrga qadar davom etadi.

4 bosqiçda bölib ötadigan uşbu olimpiada umumiy örta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasbiy ta’lim taşkilotlari öquvçilari örtasida ötkaziladigan, iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning fanlar böyiça bilim va salohiyatini baholaşga qaratilgan respublika miqyosidagi fan olimpiadasi hisoblanadi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/237048

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Pedagoglar uçun kuzgi malaka sinovlari 26-oktabrdan boşlanadi

2026-yilgi kuzgi attestatsiya doirasida maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari taʼlim taşkilotlari pedagoglari uçun malaka (test) sinovlari 26-oktabrdan 28-noyabrga qadar belgilangan jadval asosida ötkaziladi.

Sinovlar hududlar kesimida belgilangan manzillarda taşkil etiladi.

Umumiy örta taʼlim böyiça 32 ta fan va 3 ta yönaliş, maktabgaça taʼlim böyiça 10 ta yönaliş, şuningdek, boşlanğiç taʼlimning matematika, ona tili, öqiş savodxonligi, tabiiy fanlar va tarbiya fanlari böyiça malaka sinovlari ötkaziladi.

Test materiallari özbek, rus va qoraqalpoq tillarida tayyorlangan. Boşlanğiç taʼlim yönalişi böyiça sinovlarni yetti tilda ötkaziş nazarda tutilgan.

Test topşiriqlari ikki bosqiçda aprobatsiyadan ötkazildi. Tarjima qilingan test materiallari esa taşqi ekspertlar jalb etilgan holda ikki marotaba ekspertizadan ötkazildi.

Fanlar kesimidagi test topşiriqlari spetsifikatsiyalari bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.

Barça pedagoglarga malaka sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍8😁1
#YoşlarKuni

Yoşlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz oliy ta’lim taşkilotlarida kötarinki ruhda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etildi. Uçraşuvlar yoşlarning bilim va salohiyatini namoyon etiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlash hamda yoşlar örtasida döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Farğona davlat universiteti;
Termiz davlat pedagogika instituti;
Guliston davlat pedagogika instituti⁠;
Urganch davlat universiteti;
Urganç davlat pedagogika instituti;
Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti;
Jizzax davlat pedagogika universiteti;
Çirçiq davlat pedagogika universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Namangan davlat texnika universiteti;
Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati instituti;
Andijon davlat çet tillari instituti;
Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Guliston davlat universiteti;
Andijon davlat tibbiyot instituti;
Buxoro davlat pedagogika instituti.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11
#Raqamlaştiriş #Reyting

⚡️Vazirlik raqamli transformatsiya reytingida respublika bo‘yicha yuqori natijani qayd
etdi

Davlat taşkilotlarining raqamli transformatsiya holatini baholaş böyiça 2026-yilning birinçi yarim yilligi yakunlariga köra, vazirlik yuqori natijani qayd etdi.

Reyting natijalariga köra, vazirlik 95 foiz natija bilan “yaşil” toifadan joy oldi va davlat organlari orasida 2-örinni, vazirliklar kesimida esa 1-örinni egalladi.

Baholaş jarayonida taşkilotlar faoliyati 6 ta asosiy yönaliş böyiça tahlil qilindi:

▪️Oçiqlik va elektron iştirok — 17,2 ball (95,4 foiz);
▪️Elektron davlat xizmatlari — 17,0 ball (94,3 foiz);
▪️Axborot xavfsizligi — 17,2 ball (95,4 foiz);
▪️Faoliyatning raqamlaştirilganligi — 20,3 ball (92,5 foiz);
▪️Taşkiliy yönaliş — 11,7 ball (97,6 foiz);
▪️Sun’iy intellekt — 12,0 ball (100 foiz).

Erişilgan natijalarga vazirlik huzuridagi Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantiriş markazi tomonidan ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş va raqamli infratuzilmani rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar ham munosib hissa qöşmoqda.

Kelgusida ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda ta’lim va boşqaruv jarayonlarida raqamli yeçimlar kölamini kengaytiriş orqali yanada yuqori natijalarga erişiş maqsad qilingan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤24👏8😁5🥰1
#rasmiy_munosabat

Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari doirasida ötkazilgan test sinovlari yuzasidan

Amaldagi qonunçilikka muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqiçida "Axborot texnologiyalari", "Özbekiston tarixi" va "Xorijiy tillar" fanlaridan Bilim va malakalarni baholaş agentligida (hududlar böyiça) maxsus test sinovlarini topşirişlari belgilangan.

Qarorda test sinovlari böyiça ötiş balining quyi çegarasi töplaş mumkin bölgan eng yuqori ballning 55 foizi etib belgilangan bölib, uşbu çegaradan past ball töplagan yoki test sinovlarida iştirok etmagan talabgorlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmasligi belgilangan.

Uşbu qarorga muvofiq, 2026-yilning 10-oktabr kuni 2026/2027-öquv yili uçun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqiçiga tavsiya etilgan talabgorlar uçun Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan hududlar kesimida belgilangan fanlardan test sinovlari ötkazildi. Mazkur test sinovlarida jami 1 460 nafar talabgor iştirok etdi.

Test sinovlari natijalaridan norozi bölgan talabgorlardan vazirlikning “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali apellyatsiya arizalari qabul qilingan. Har bir apellyatsiya arizasida keltirilgan eʼtirozlar va ularga asos bölgan test savollari apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda körib çiqiladi. Eʼtirozlar asosli deb topilgan taqdirda, tegişli apellyatsiya arizalari qanoatlantiriladi. Körib çiqiş natijalari böyiça tegişli maʼlumotlar talabgorlarning “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.


Vazirlik Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarini belgilangan talablar asosida taşkil etiş, talabgorlarning murojaatlarini xolisona körib çiqiş hamda tanlov jarayonining şaffofligini taʼminlaydi.

Talabalardan rasmiy xabarlarni faqat vazirlikning rasmiy sayti va “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali kuzatib borişlarini söraymiz.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤36🤔10🔥8😱5👍4
#xalqaro_hamkorlik

Aşxobodda ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Turkmanistonning Aşxobod şahrida bölib ötayotgan Markaziy Osiyo va Möğuliston davlatlari ta’lim vazirlarining davra suhbati doirasida Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Ilhom Siradjev qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.

Xususan, Turkmaniston ta’lim vaziri Jumamirat Gurbangeldiyev, Tojikiston ta’lim va ilm-fan vaziri Rahim Saidzoda hamda Qirğiz Respublikasi maorif vaziri örinbosari Nadira Jusupbekova bilan muzokaralar bölib ötdi.


Uçraşuvlarda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz örtasida döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik hamkorlik munosabatlari yangi bosqiçga kötarilgani ta’kidlandi.

Asosiy e’tibor ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş, ta’lim sifatini oşiriş hamda qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş orqali mamlakatlarimiz örtasidagi döstona va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalariga qaratildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👏3