Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Chirchiq pedagogika institutida 600 oʻrinli talabalar turar-joyi ochildi va yangi yotoqxona qurilishiga tamal toshi qoʻyildi

1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” arafasida Chirchiq davlat pedagogika institutining yangi oʻquv binosi, “Biologiya va geografiya laboratoriya maydonchalari”, talabalar turar-joyi hamda yangi faoliyat boshlagan “Turizm” fakultetining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Katta tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etib, majmualarni tantanali tarzda ochib berdi.

Tadbir avvalida, vazir institut professor-oʻqituvchilarini kasb bayrami bilan qutlab, ularga sogʻliq, shodlik va kelgusi ishlariga rivoj tiladi.

Barcha zamonaviy sharoitlarga ega 1700 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosi, laboratoriya maydonchasi, 600 oʻrinli talabalar turar-joyining foydalanishga topshirilgani institut oʻqituvchilari va talabalari uchun haqiqiy bayram boʻldi.

Vazir, shuningdek, yangi 600 oʻringa moʻljallangan yotoqxona binosi qurilishiga ham tamal toshini qoʻydi.
Vazir sportchi-talabalar bilan musobaqalashdi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boʻlib, universitet tasarrufidagi 600 oʻringa moʻljallangan 1-sonli talabalar turar-joyi hamda yangi qurilayotgan yana ikkita 600 va 800 oʻrinli turar-joy binolari qurilishi holati, yotoqxonalarning talabalar yashash xonalari, ularning jihozlanishi, oshxona va boshqa yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Talabalar turar-joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan muloqot qilib, ularning fikrlari bilan qiziqdi.

Shuningdek, vazir yaqinda foydalanishga topshirilgan universitetning madaniyat saroyida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdi, universitet jamoasini bayram bilan tabrikladi.

Batafsil 👈
——
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗳 #SAYLOV2021

SAYLOVDA BIRGALIKDA ISHTIROK ETAMIZ!!!

🏛 Farg‘ona politexnika instituti o'qituvchi va talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_ehtiromda

Qalbi ezguliklarga yo‘g‘rilgan aziz ustozlar, mehridaryo murabbiylar!

Barchangizni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.💐
__
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehr nuri yog'ar doim ko'zingizdan, ustozlar!

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakultetining Musiqa ta'limi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalari barcha ustozlarni 1-oktabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni bilan muborakbod etadi.

P.Mo'min she'ri. TerDU talabalari ijrosida

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌐 Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oddiy muallimda, oddiy muallim...

1-OKTABR – “OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASINING BAYRAM TABRIGI

💐 BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ USTOZLAR!

@URDU_PRESSA
👍1
Bugun, 2021-yil 2-oktabr, soat 13:00da!

🌐 “OʻZBEKISTON 24” hamda “UZREPORT TV” telekanallari orqali Xalqaro press-klubning oliy taʼlimga bagʻishlangan navbatdagi sonini oʻtkazib yubormang!

👉Ushbu sonda quyidagi masalalar muhokama etiladi:

✔️Qabul yakunlari;
✔️Talabalar oʻqishini koʻchirish masalalari;
✔️Oliy taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar;
✔️Toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlovi tizimi;
✔️Talabalarni turar-joy bilan qamrab olish darajasini oshirish
.

Spiker — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov.

Ishtirokchilar:

➖ oliy taʼlim muassasalari rahbarlari;
➖ professor-oʻqituvchilar;
➖ talaba-yoshlar;
➖ OAV vakillari va faol blogerlar.

Shuningdek, jarayonlarni Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali ham jonli kuzatishingiz mumkin.
———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
Бугун, 2021 йил 2 октябрь, соат 13:00да!

🌐“OʻZBEKISTON 24” ҳамда “UZREPORT TV” телеканаллари орқали Халқаро пресс-клубнинг олий таълимга бағишланган навбатдаги сонини ўтказиб юборманг!

👉Ушбу сонда қуйидаги масалалар муҳокама этилади:

✔️Қабул якунлари;
✔️Талабалар ўқишини кўчириш масалалари;
✔️Олий таълим тизимида рақамлаштириш борасида амалга оширилган ишлар;
✔️Тўлов-контракт ва табақалаштирилган контракт тўлови тизими;
✔️Талабаларни турар-жой билан қамраб олиш даражасини ошириш.

Спикер — Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов.

Иштирокчилар:

➖ олий таълим муассасалари раҳбарлари;
➖ профессор-ўқитувчилар;
➖ талаба-ёшлар;
➖ ОАВ вакиллари ва фаол блогерлар.

Шунингдек, жараёнларни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг Facebookдаги расмий саҳифаси орқали ҳам жонли кузатишингиз мумкин.
———
👀 Eduuzдан йироқлашманг!